Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 135 Kb.
bet16/25
Sana09.10.2023
Hajmi135 Kb.
#1696109
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
5 mavzu Rivojlanish falsafasi Falsafa metodlari va kategoriyalari

Birinchidan, kategoriyalar-ob’ektiv dunyo eng umumiy qonunlari taraqqiyotining in’ikosidir. Kategoriyalarning ob’ektiv mazmuni inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan voqelik harakatining eng umumiy qonunlaridir.
Demak, kategoriyalarning mazmuni, ya’ni fikrlash shakllari ob’ektiv dunyo taraqqiyotining eng umumiy aloqalaridan bo‘lak narsa emas. Ma’lumki, sababiyat, zaruriyat, qonuniyat va hokazolar g‘oyasi tabiat, voqeiy olam qonunlarining kishi miyasida in’ikos etishidir.
Ikkinchidan, kategoriyalar eng umumiy tushunchalar sifatida inson fikri shakllari bo‘lib va shu taxlitda ular mantiqiy mazmunga ham egadirlar. Kategoriyalarning mantiqiy mazmuni deganda inson tafakkuri hodisalarning mohiyatiga kirib borishi, uning chuqurlashuvi darajasi ko‘zda tutiladi. Kategoriyalar ob’ektiv dunyoning eng umumiy va muhim tomonlarini ifodalabgina qolmay, bilishning pog‘onalari va tayanch nuqtasi hisoblanadilar.
Uchinchidan, kategoriyalar ilmiy bilishda muhim metodologik rolni bajaradilar. Ob’ektiv dunyo hodisalarining eng umumiy qonunlari harakatini o‘rganib, falsafa kategoriyalari, bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq va to‘laroq bilishga yordam beradilar, ikkinchi tomondan, ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalar haqidagi yangi bilimlar olishga va to‘plashga sababchi bo‘ladilar.
To‘rtinchidan, falsafiy kategoriyalarning shakllanishi va rivojlanishi asosida inson moddiy-hissiy faoliyatining yig‘indisi bo‘lgan amaliyot yotadi. Shuning uchun ham falsafa kategoriyalari ijtimoiy amaliyot mahsuli hisoblanadi. Bu erda inson nazariy va amaliy faoliyatining birligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Moddiy ishlab chiqarish faoliyati jarayonida inson sub’ekt sifatida tashqi olamdagi narsalar - ob’ektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro ta’siri jarayonida mantiqiy kategoriyalar vujudga keladi. Tashqi dunyoning qonuniyatlari tafakkur shaklida aks etishi ham amaliyot asosida yuz beradi. Inson amaliyoti mantiq kategoriyalari orqali olingan bilimlar haqiqiyligini tekshirib ko‘radi. Shunday qilib, tafakkurimiz mazmunining ob’ektivligi, tafakkur qonunlariga mos kelishi amaliyot asosida bo‘ladi va uning yordamida isbotlanadi.
Dialektika kategoriyalarini mazkur ta’limotning mazmun-mohiyati, uning predmetini e’tiborga olgan holda asosan uch turkumga bo‘lish mumkin.
Uning birinchi turkumini borliq va uning mavjudlik shakllarini ifodalaydigan kategoriyalar tashkil etadi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling