Mavzu: robotlarning mexanik tizimi
Download 84.91 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-maruza. pay. rob.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Regional harakatlar
- Lokal harakatlar
- 10.2 – rasm. Robot qo‘li mexanizmining sxemasi
Global harakatlar kattaligi shunday masofaga tengki, u robotning
o‘lchamlaridan katta bo‘ladi va ishlab chiqarish sharoitida ularga sex ichidagi harakatlar kiradi. Global harakatlar sanoat roboti harakatlanish qurilmasining siljishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Regional harakatlar manipulyatorning qo‘zg‘almas asosda bo‘lgandagi siljishlari bilan aniqlanadi va ko‘chirish deyiladi. Bu harakatlar robot ishchi zonasida manipulyatsiya ob’ektini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Lokal harakatlar ikki turga bo‘linadi: orientirlash va operatsion harakatlar. Orientirlash harakati deb ishchi organning o‘lchamlariga mos keladigan harakatlarga aytiladi. Orientirlash harakati manipulyatsiya ob’ektini qayta orientirlash bilan bog‘liq. Qayta orientirlash deganda ob’ektni bir, ikki yoki uch o‘zaro perpendikulyar o‘qlarga nisbatan burish tushuniladi. Shunday qilib, regional va lokal harakatlar sanoat roboti manipulyatorining harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 2.2 – rasmda robot qo‘li mexanizmining sxemasi keltirilgan. 1, 2 va 3 sharnirlardagi aylanma harakat predmetni berilgan nuqtagacha ko‘chirish uchun ishlatiladi (regional harakatlar); 4, 5 va 6 sharnirdagi aylanma harakat manipulyatsiya predmetining berilgan nuqtada orientatsiya qilinishini ta’minlaydi (lokal orientirlash harakatlari). Ishchi organ 7 bir erkinlik darajasiga ega va manipulyatsiya qilinayotgan predmetni ushlashga xizmat qiladi. Sanoat roboti qo‘lining kinematik sxemasi ishchi organni (qisqich qurilmasini) robot ishchi zonasining har qanday nuqtasiga borishini ta’minlash va ishchi organni ma’lum usul bilan orientirlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun mexanik qo‘l oltita erkinlik darajasiga ega bo‘lishi zarur. 10.2 – rasm. Robot qo‘li mexanizmining sxemasi: 1,2,3-regional harakatlar; 4,5,6- orienterlash harakatlari; 7- ishchi organ; Download 84.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling