Mavzu: rossiya imperiyasi va sovet hukmronligi davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar tayanch so‘z va iboralar
O`zbekistonda “madaniy inqilob” va uning oqibatlari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
3-seminar mavzu
O`zbekistonda “madaniy inqilob” va uning oqibatlari: XX asr 20-30
yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma’naviy-madaniy hayotida ham o`z aksini topdi. SHo`rolarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim sohalarini ham o`z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o`choqlari bo`lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o`zining salbiy ta’sirini o`tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatning dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo`q qilish avj oldirildi. Mana shunday sharoitda mahalliy ziyolilar zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o`qituvchilar tayyorlash davr talabi ekanligini teran his etib, zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog’ladilar. Munavvar Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Musulmon Xalq Universiteti (dorilfununi)ni tashkil etish guruhi saylanadi va 1918 yilning 9 aprelida uning hovlisida shu dorilfununining 9 kishidan iborat tashkiliy hay’ati ta’sis etiladi. Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining eski shaharida tantanali ravishda ochildi. Uning 13 ta maktabi 14 maydan ochila boshladi, eng oxirgisi esa 17 iyunda tarkib topdi. Ulardan 4 tasi ayollar maktabi edi. 1918 yilning 31 mayida esa, Musulmon Xalq Dorilfununning oliy ta’lim bosqichi - Musulmon Dorilmuallimini tashkil etiladi. Kompartiyaning madaniy merosni inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorida ham o`z aksini topdi. Buning sababini sho`rolar ”madaniy o`sishda texnik xususiyatga ega to`siqlardan biri bu qoloq transkripsiyadir” hamda ”an’anaviy arabcha yozuv faqatgina diniy musulmon an’analari nuqtai nazaridangina qimmatlidir” deb uqtirib, arab yozuvining mavqeini pasaytirishga harakat qiladilar. SHu munosabat bilan O`zbekiston kommunistlarining III-qurultoyi: (1927 yil noyabr) “YAngi lotin alifbosiga yanada shiddatliroq yo`l bilan o`tish kerak” deb ta’kidladi va 1929 yilda o`zbek yozuvi lotin grafikasiga o`zgartirildi. CHunki, O`rta Osiyoni arablar istilo qilgan VIII asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barcha sohalarida o`n uch asr mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o`lka aholisi amal qilib kelgan huquq manbalari ana shu yozuvda yaratilgan edi. SHu sababdan bu mahalliy xalqni nafaqat dinidan balki madaniyatidan, o`ziga xos huquqidan ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi. 1940 yilda esa lotin grafikasining kirillitsa bilan shoshilinch almashtirilishi, O`zbekiston aholisining bilim darajasining o`sishiga, o`zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Sovet hokimiyati yillarida, ayniqsa, 20-yillarda adabiy-madaniy hayot qizg’in tus oldi. Jadid adabiyoti asr boshidan 20 yillik rivojlanish tajribasiga tayangan holda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko`tarilgan, ham shaklan, ham mazmunan barkamollik kasb etgan hamda mazmun mohiyatiga ko`ra 20-yillarda yangi bir bosqichga ko`tarilib, umumturkiy badiiy tafakkurning zabardast siymolari sifatida etirof etilgan Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo`lponni ma’naviyat maydoniga chiqardi. Oktyabr to`ntarishidan so`ng, respublikamizda bir qancha ilmiy va o`quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko`rsata boshladilar. Tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya, zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir. 1930 yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo`shgan mahallliy millatga mansub olimlar etishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir. Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog’i va ilmiy kadrlar sonining jadal o`sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo`yilishi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo`mitasi ta’sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O`zbekiston filiali (O`zFAN) tuzildi. SHu davrdan O`zFAN O`zbekistonning ilmiy- tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo`jaligi muammolari, tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi. 1943 yilda SSSR FA asosida O`zbekiston Fanlar Akademiyasi (O`zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi. O`zbek matematika atamashunosligi asoschisi, taniqli matematik Toshmu- hammad Qori Niyoziy zamonaviy o`zbek matematik tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo`shgan olimdir. Uning Beruniy mukofotiga sazovor bo`lgan uch jildlik “Asosiy matematik analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi o`zbek tilidagi original qo`llanma ekanligidadir. O`zbekiston xalqlarining madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o`zbek matematika va astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug’bekning astronomiya maktabiga oid asarlar ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling