Mavzu: rossiya imperiyasi va sovet hukmronligi davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar tayanch so‘z va iboralar
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
3-seminar mavzu
Siyosiy qatag’onliklar: 1922 yil 30 dekabrda tashkil topgan SSSR qudratli
unitar (qo`shma) davlat bo`lib, unda rasmiy federatsiya subektlari suveren huquqlar va real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar. O`zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren ruspublika hisob- langan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaram edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o`z maqsad va vazifalariga bo`ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o`ta siyosiylashti- rilib, o`zgacha fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi. 20-30 yillarda mustabid tuzumga qarshi fikr bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda “18 lar guruhi”, “inog’omovchilik”, “qosimovchilik”, “badriddinovchilik” - kabi siyosiy ishlar to`qib chiqarilgan edi. Minglab ziyolilar yo`q qilinishining cho`qqisi 1937-39 yillarga to`g’ri keldi.1937 yil dekabr-1938 yil yanvarida XKS va O`Z KP(b ) MQning “O`zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g’risida”gi qarori e’lon qilingandan so`ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida o`qituvchi kadrlar va talabalarni “tozalash” ishlari avj oldirib yuborildi. Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg’in va qatag’onlarga “xalq dushmanlari, chet el josuslari”-A.Ikromov, F.Xo`jaev, I.Karimov va boshqalar o`zlarining Maorif komissarligidagi “odamlari”- Usmonov, Ro`ziev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon etkazishgan, degan bo`htonlar “asos” qilib olindi: “Ular turli choralar bilan o`zbek xalqini sotsialistik madaniyatning YAngi vakili-buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo`ldilar, yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar... Ular bir tomondan, o`zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o`rganishga imkon beruvchi rus tili o`qitilishiga qarshilik ko`rsatib, ikkinchi tomondan, marksizm-leninizm klassiklarining asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilinishiga to`sqinlik qildilar.” Taniqli o`zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o`zining “YUrak”, “Mehrim, “Norbo`ta, “Naxshon” va boshqa she’riy dostonlari bilan shuhrat qozongan. SHuningdek, u Dobrolyubov, Lermontov asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. Usmon Nosir ham 1944 yilda sovet rejimining begunoh qurboni bo`lgan. O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVDsi “uchlik” lari tomonidan 1937-39 yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi. Millatning Yangi taraqqiyparvar ziyolilari qatag’on qilinishi oqibatida xalqimiz ularning noyob asarlarini o`qishdan uzoq vaqt mahrum bo`ldi. Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo`lsa-da, aslida 30-yillar boshi dindor va e’tiqodli kishilarga zo`ravonlik va siyosiy qatag’onlikning cho`qqisi bo`ldi. 20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag’onlik siyosati jiddiy va fojiali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo`q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to`la-to`kis rivojlana olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma “yo`lboshchi”ning itoatkor quliga aylantirildi. SHunday qilib, har qanday o`zgacha fikrni kuch bilan bo`g’adigan, ommaviy o`zboshimchalik va zo`rlik bilan Vatanga sodiq necha o`n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibot qaror topdi va kuchaya bordi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling