Mavzu: rossiya imperiyasi va sovet hukmronligi davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar tayanch so‘z va iboralar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694656
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-seminar mavzu

Qatag’onlikning yangi to`lqini: Totalitar tizim sharoitida madaniy-ma’rifiy 
muassasalardan ommaga g’oyaviy ta’sir o`tkazish maqsadida keng foydala-nildi. 
1960 yillar respublikada 2.977 klub bo`lsa, 1970 yilda ularning soni 3.441 taga etdi. 
SHu yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3.418 tadan 5.822 taga; muzeylar 
soni 14 tadan 26 taga; kinoqurilmalar soni 2.178 tadan 3.988 taga oshdi. Lekin, 
bularning ko`pchiligi statistik hisobotlarda oshirib ko`rsatilgan bo`lib, aslida 
o`zlarining bevosita funksiyalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega 
bo`lmadi. Ularning moddiy texnika bazasi past darajada bo`lib, moliya bilan etarli 
ta’minlanmadi. Bu jihatdan O`zbekiston sobiq sovet respublikalari o`rtasida eng 
quyi pog’onada turdi. 
O`zbekistonda ta’lim tizimini yaxshilash uchun o`nlab qarorlar qabul 
qilinardi. Biroq, bu qarorlar milliy maktablarda to`liq bajarilmasdi. Maktablar 
urushdan keyin ham darsliklar bilan to`liq ta’minlamadi. Moddiy o`quv bazasi 
rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi.
1950 yil O`zbekistonda 1760 fan nomzodi 180 fan doktorlari ilmiy ish olib 
bordi. 1965 yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 ga etdi. 50-
60 yillari Respublika Fanlar Akademiyasining olimlari ayniqsa matematika-
mexnanika, tibbiyot, energetika, qishloq xo`jaligi sohalarida ishlar olib bordi. Bir 
qancha ilmiy-tekshirish institutlari travmatologiya va ortopediya, energetika, 
matematika, onkologiya va radiologiya, O`rta Osiyo qishloq xo`jaligini 
mexanizattsyalash va elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar 
shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va Huquq instituti 
tashkil etilib, SHarqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi. 
1951-1954 yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod etildi. 80 
gektar maydonda, ittifoqda yagona tibbiy sharoitda o`sadigan, Toshkent botanika 
bog’i yaratildi. 1956 yili 5 noyabrda O`rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi 
ishga tushirildi. Keyinchalik 1962 yil Urganchda, 1964 yil Nukusda ham televizon 
markazlar ish boshladi. 
O`zbekistonlik olimlarning bir qanchasi, ayniqsa tabiiy fanlar sohasida, 
o`zlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq Ittifoq doirasida, balki jahon 
miqyosida tan olindi va yuqori darajadagi davlat mukofotlariga sazovor bo`ldilar. 
Respublika ziyolilari qatorida 125 mingdan ortiq oliy va o`rta maxsus ma’lumotga 
ega mutaxassislar bo`lib, shulardan 25 mingdan ko`prog’i muhandis va texniklar, 10 
ming qishloq xo`jalik mutaxassislari, 24 ming vrachlar va 60 mingdan ortiq 
o`qituvchilar, yuzdan ortiq yozuvchi, shoir, dramaturglar, rassomlar uyushmasida 
105 kishi, kompozitorlar uyushmasida 26 nafar a’zolari bor edi.
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling