Mavzu: rossiya imperiyasi va sovet hukmronligi davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar tayanch so‘z va iboralar


O`zbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694656
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
3-seminar mavzu

O`zbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning 
oqibatlari: 1920 yillar tarixga o`ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va 
kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyacha 
munosabatlar mustahkamlanayotgan, o`lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga 
aylangan sanoat, transport, qishloq xo`jaligini tiklash, ya’ni sovetlarning “tinch 
sotsialistik qurilish” yo`liga o`tish davri bo`lib kirdi. Ushbu davrdagi eng dolzarb 


masalalardan biri bu- hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa xokimiyat 
masalasini birinchi navbatda xalqning o`z taqdirini o`zi belgi-lashda ko`rishar edi. 
Sanoat va qishloq xo`jaligining inqirozi, ochlik, inqilobcha zo`ravonlikning 
kuchayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining ochiqdan-ochiq inkor etilishi 
Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar orasida sovet hokimiyatiga nisbatan 
ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqarmoqda edi.
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo`lgan qishloq 
xo`jaligini tiklash vazifasi ko`ndalang bo`lib turdi. Buning asosiy sababi esa 
dehqonlarning ko`plab ko`tarilishlari bo`ldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko`rib 
chiqish, sanoat bilan qishloq xo`jaligi o`rtasida ta’sirchan iqtisodiy aloqalarni yo`lga 
qo`yish zaruratini keltirib chiqardi. O`zbekistonda qishloq xo`jaligi respublika 
milliy daromadining asosiy qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini 
tashkil etganligi tufayli sovet xokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala 
markaziy o`rinni egallardi.
Markaz Turkiston o`lkasiga asosiy xomashyo bazasi sifatida qarab kelganligi 
bois, o`lka qishloq xo`jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni 
rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratdi. Xususan, RKP (b) MKning 1922 yil 11 
yanvaridagi “Turkiston Kompartiyasiga” deb nomlangan xatida, Turkiston 
Kompartiyasining qishloq xo`jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o`ringa 
sug’oriladigan erlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda 
mavjud sug’orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlandi. 
Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 yilda 
Bosh Paxtachilik Qo`mitasi va paxta etishtiruvchi respublikalarda unga 
bo`ysunuvchi paxtachilik qo`mitalari tuzildi. Turkiston respublikasidagi barcha 
haydaladigan maydonlar, selektsiya stantsiyalari, irrigatsiya inshootlari, Paxtachilik 
qo`mitasi ixtiyoriga o`tkazildi.
Yangi iqtisodiy siyosat tufayli qishloq xo`jaligida kooperativ va shirkatchilik 
harakati ham avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo`jaligi va kredit 
kooperatsiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda shakllandi deyish mumkin. 
Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki yo`nalishda olib borildi. Bir tomondan, 
kooperatsiya mayda tovar xo`jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va 
jamoa manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan 
kooperatsiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb qaraldi. Biroq, 
har kimni ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. 
Kambag’allarga ustivorlik berilardi. Aholining o`ziga to`q qatlamlariga nisbatan 
qat’iy talablar belgilangan edi. 1927 yildan esa kooperativ uyushmalarini 
“davlatlashtirish” siyosati boshlanib, uning xo`jalik hisobi asosidagi negizlari tobora 
ko`proq qo`porildi.
20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotining alohida 
xususiyati-bu o`lka mahalliy aholisining milliy o`z-o`zini anglashining o`sganligi 
deyish mumkin. Hokimiyat pog’onalaridagi milliy rahbar kadrlar ham tuzumga, 


uning siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholining 
manfaatlarini himoya qildilar.
Lekin milliy rahbarlarning vatanparvarlik chiqishlari Markazning keskin 
noroziligiga sabab bo`ldi. Markaz ularga qarshi siyosiy quvg’inni avj oldiradi. 
Q.Otaboev va A.Rahimboevlar “qo`pol xatolari” uchun o`z lavozimlaridan 
bo`shatildi. Nazir To`raqulov ham qatag’onlik to`lqinidan qutulib qolmadi va 1939 
yilda otib tashlandi. YAna bir millatparvar rahbarlardan biri, etuk davlat arbobi 
Inomjon Xidiraliev edi. U 1922 yilning oxirida Butunrossiya MIQga maxsus xat 
bilan murojaat qilib, “Mahalliy aholining barcha qatlamlarini sovet ishlariga jalb 
qilishga, bu ishlarni aholining milliy turmush tarziga moslashtirgan holda amalga 
oshirishga, Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi tiliga o`tkazishga” e’tiborini 
qaratgan edi. Mana shunday rahbarlar qatoriga yana A. Ikromov, Y. Oxunboboev, 
F. Xo`jaevlarni ham kiritish mumkin edi.
1925 yilning 13 fevralida O`zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan I -
Umumo`zbek qurultoyida “O`zbekiston SSR tuzilgani to`g’risida deklaratsiya” 
qabul qilindi. O`zbekiston SSR sovetlari MIQning raisi etib Yo`ldosh Oxunboboev 
saylandi. O`zbekiston XKS rayisi etib F. Xo`jaevni tasdiqladi. Tuzilgan O`zbekiston 
SSRga tugatilgan Turkiston ASSRdan Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand 
viloyatlarining katta qismi, Buxoro respublikasidan uning markaziy va g’arbiy qismi 
(Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan 
Xorazm vohasi kirdi. 
1930 yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi.1932 yilning 
20-martida esa, SSSR MIQ Rayosati “Qoraqalpog’iston avtonom viloyatini 
Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi 
to`g’risida” qaror qabul qildi. O`sha yilning may oyida avtonom respublika 
Sovetlarining I Ta’sis qurultoyi xukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ rayisi etib, 
Koptleu Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi rayisi etib esa Qosim 
Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va 
unga ko`ra QQASSRning O`zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko`zda tutilgan edi. 
Buning asosiy sababi hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo`lganligi deb e’tirof 
etildi. 1937 yil 12 fevralda O`zSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O`sha 
yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e’lon qilinadi. 
Qoraqalpog’iston O`zbekiston tarkibida bo`lganida, o`zbek va qoraqalpoq xalqlari 
o`rtasidagi do`stlik yanada mustahkamlandi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling