Moliya va moliaviy texnologiyalar


Download 31.56 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi31.56 Kb.
#1197563
  1   2   3   4
Bog'liq
moliyaviy texnologiyalar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


SIRTQI FAKULTETI
MOLIYA VA MOLIAVIY TEXNOLOGIYALAR”
FANIDAN MUSTAQIL ISH


Bajaruvchi: SMM-50 guruh talabasi Anvarjonov Abdulboqiy
Qabul qildi: Botirov.A

Toshkent-2023
Mavzu: “Trastbank” aksiyadorlik banki faoliyati.
Reja:

  1. Aksiyadorlik banki strategiyasi.

  2. Aksiyadorlik banki aktivi tarkibi va tahlili.

  3. Aksiyadorlik banki faoliyati, yo’nalishlari


KIRISH
1994 yilda tashkil etilgan «Trastbank» aksiyadorlik birja banki O‘zbekiston Respublikasidagi eng etakchi banklaridan biri bo‘lib, u o‘z mijozlariga barcha turdagi keng ko‘lamli bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bank tarixi mustaqillik yillarida respublikamiz bank sektorining muntazam rivojlanish sur’atlarini aks ettiradi.
1994 yil 21 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 44-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi va 1994 yilning 19 iyulidan "Trastbank" ABBning Amaliyot boshqarmasi o‘z ish faoliyatini boshladi.
1996 yil 24 mayda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 36-sonli Bosh litsenziyasiga muvofiq xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritdi. 1996 yil 3 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 54-sonli kassa operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi. 1997 yilning 23 aprelidan Bankning birinchi «Toshkent» filiali ochildi. Shaharning aholisi gavjum Chilonzor tumanida tashkil etilgan. 2009 yilda Namangan va Surxondaryo viloyatlarida birinchi mintaqaviy Namangan filiali hamda Termiz filiali ochildi.
2004 yilda «Trastbank» aksiyadorlik birja banki o‘zining birinchi so‘m plastik kartochkalarini muomalaga chiqardi. 2008-yilda esa «Trastbank» XOABB VISA International to‘lov tizimi a’zoligiga qabul qilindi va bankning VISA Electron, VISA Classic, VISA Business, VISA Gold kredit kartalarini chiqardi.
2010 yilda «Trastbank» XOABB «BANKEXPO-2010» yillik milliy ko‘rgazmasida O‘zbekiston Banklari orasida «Axborot texnologiyalarini faol qo‘llash» nominatsiyasi bo‘yicha oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. 2017 yil 31 yanvarda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi, defolta emitentida (RDE), uzoq muddatli reytinglarini “V” darajaga oshirdi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V ” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada tasdiqladi. 2020 yilning 29 iyulida “Trastbank” XAB va Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) a’zosi bo‘lgan Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) o‘rtasida umumiy qiymati 8 mln. AQSh dollari miqdorida “Savdoni moliyalashtirish liniyasi”ni ajratish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
2021-yil 25-noyabr kuni “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (EDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “b” darajasida ekanligini qayta tasdiqladi. “Trastbank” ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ushbu sertifikatga ega bo‘ldi. Bugun xalqaro ekspertlar tomonidan Bank rahbariyatiga mazkur sertifikat topshirildi. 2022-yil 16-noyabr kuni “Standard&Poor’s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XAB reytingini bank tarixida ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqladi.


Download 31.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling