Moliya va moliaviy texnologiyalar


Aksiyadorlik banki aktivi tarkibi va tahlili


Download 31.56 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi31.56 Kb.
#1197563
1   2   3   4
Bog'liq
moliyaviy texnologiyalar

2. Aksiyadorlik banki aktivi tarkibi va tahlili
Bankning jami aktivlari (mln. soʻm) 10221,0 ustav kapitali 2002,4, kredit portfeli 3802,5, foyda 130,7, zaxira kapitali 778,6. Joriy likvidlik koeffitsiyenta 72,3%, kapital yetarliligi koeffitsiyenti 34,0%.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining sifat siyosati
1. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining (keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) sifat siyosati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3270-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan eng yuksak bank amaliyotiga asoslangan va bankning sifat sohasidagi tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadlar, vazifalar va yo‘nalishlarini belgilaydigan bank-moliya tizimidir.
2. Bankning sifat menejmenti tizimi mijozlar va manfaatdor tomonlarning talablariga javob beradigan bank xizmatlarini ko‘rsatishni muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uzoq muddatli, barqaror daromad va doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun izchil choralar ko‘rishga mo‘ljallangan.
3. Bank rahbariyati va xodimlari sifat sohasida o‘z oldilariga asosiy maqsad qilib - yuqori sifatli moliyaviy hizmatlarni taqdim etuvchi yirik moliyaviy barqaror tijorat banki sifatida mijozlar va barcha manfaatdor tomonlarning bankka bo‘lgan ishonchni qo‘lga kiritish va mustahkamlash vazifasini qo‘ygan.
4. Sifat sohasida asosiy maqsadga erishish va amalga oshirish uchun Bank asosiy yo‘nalish va vazifalarni belgilab oldi:
a) menejmentning xalqaro prinsiplari va usullari hamda korporativ boshqaruv Kodeksini joriy qilish orqali Korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
b) mijozlar, aksiyadorlar va Bank hamkorlarining istak va talablarini hisobga olgan holda, Bankning samaradorligi va uning raqobatbardoshligini oshirish;
v) bank mijozlariga taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar turlarini yanada kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
g) bank filiallari tarmog‘ini kengaytirish orqali taqdim etiladigan bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
d) muhim sohalarda biznesning o‘sishini ta’minlash yoki rejalashtirilgan mutlaq ko‘rsatkichga erishish;
e) moliyaviy resurslarni jalb qilish manbalarini (mijozlar depozitlari, o‘z mablag‘lari, depozit sertifikatlari va mablag‘larni jalb qilishning boshqa vositalari) va aktivlarning tarkibini tizimli ravishda keng diversifikatsiya qilish;
yo) mijozlar bazasini kengaytirish va ularning miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib borish;
j) yangi yuqori texnologiyali bank mahsulotlarini ishlab chiqish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini, operativ samaradorligi va boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida bankning mavjud biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish;
z) Kadrlarni boshqarish tizimini doimiy takomillashtirish orqali korporativ madaniyat darajasini oshirish, jamoaviy mehnatni rag‘batlantirish, kasbiy va martabaviy o‘sishni rag‘batlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
i) Bankning ijobiy imidjini yaratish va jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek bankning umumiy strategik maqsadlariga muvofiq marketing strategiyasini amalga oshirish uchun zamonaviy marketing va PR usullaridan faol foydalanish.
5. Belgilangan strategik yo‘nalishlarni bajarish uchun Bank rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
a) bank sifat menejmenti tizimiga qo‘yiladigan barcha qonunchilik va me’yoriy talablarga rioya qilish;
b) mijozlar va manfaatdor tomonlarning sifat sohasidagi barcha talablarini bajarish;
v) sifat sohasidagi maqsad va vazifalarni aniqlash;
g) Bank va uning filiallari faoliyatini muntazam ravishda tahlil qilish, mijozlar va manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari, sifat siyosatini amalga oshirish natijalari va maqsadlariga erishish;
d) sifat menejmenti tizimini takomillashtirish maqsadida tahlil natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar va tuzatish ishlarini amalga oshirish;
e) Sifat siyosati to‘g‘risida bankning barcha darajalari va filiallari hodimlarining xabardorligini ta’minlash;
yo) xodimlar tomonidan tashabbus namoyon bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va Sifat siyosatining maqsad hamda vazifalariga erishish uchun zarur resurslarni taqdim etish;
j) Sifat siyosati bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
z) tasdiqlangan Sifat siyosatining dolzarbligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uni muntazam ravishda tahlil qilish.
3. Aksiyadorlik banki faoliyati, yo’nalishlari.
Trastbank asosan, yuridik va jismoniy shaxslarga joriy va valyutadagi xisobvaraklar ochish va yuritish; milliy va chet el valyutasidagi mablagʻlarni kredit, depozit va xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllarda jalb qilish va joylashtirish; davlat toʻlov hujjatlarini va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish va saklash, chet el valyutasini sogish va sotib olish, faktoring, lizing xizmatlari kabi 12 turdagi amaliyotlarni bajaradi. Kapitalining yetarliligi boʻyicha respublikadagi 3 ta birinchi oʻrta banklar guruhida turadi.
Trastbank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
kreditlash;
hisob-kassa xizmatlari;
tashqi iqtisodiy faoliyat.
Bank innovatsion mahsulotlarini samarali joriy etish va xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish nuqtai nazaridan faoliyatning strategik yo‘nalish deb hisoblaydigan chakana biznes rivojlanishining strategik yo‘nalishi hisoblanadi;
Faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha strategik ko‘rsatmalarga erishish banklar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga olib kelishi kerak, bu esa bankka barqaror rivojlanayotgan bankning yetakchi iqtisodiy o‘rnini egallash imkonini beradi.

Download 31.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling