Moliya va moliaviy texnologiyalar
-2022-yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi
Download 31.56 Kb.
|
moliyaviy texnologiyalar
2019-2022-yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi:
Strategik rivojlanishining maqsadlar: bankning kapitallashuv darajasini oshirish, banklarning xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida tijorat banklarning kapitalining etarligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash; yuqori rentabellik darajasini saqlab qolish va xatar-amaliyotlarni otkazish jarayonida daromad olishning optimal nisbatiga erishish; faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar bazasini son va sifat jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilar kontsentratsiyasini qisqartirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish; aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni so‘ndirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni kelgusida bo‘lmasligini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlarni olib borish; kreditlashning yangi turlarini joriy etish; xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish, xorijiy bank-korrespondentlar tomonidan savdoni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan limitlarni oshirish va rivojlantirish; chakana mijozlarga xizmat ko‘rsatishni universallashtirish tizimini joriy etish; chakana mijozlarni segmentatsiyalash; chakana savdo texnikasini ishlab chiqish va joriy etish; transchegaraviy o‘tkazmalarni joriy etish (mijozning valyuta va so‘m plastik kartasiga pul o‘tkazishning onlayn usullari); bank kartalari (kartalik biznes) sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, turli-xil plastik kartalarni, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalarni chiqarish, shuningdek ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish; mijozlarga xizmat ko‘rsatishning masofaviy shakllarini rivojlantirish, operatsion jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyalarni rivojlantirish va bankning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha ishlarni davom ettirish; ISO 9001:2015 va xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi: qo‘llash bo‘yicha talablar va tavsiyalar”ga muvofiq menejment sifati tizimi standartlariga rioya qilish; yangi mijozlarni jalb qilish va bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish maqsadida bankning oqilona daromadiga rioya etilishini hisobga olgan holda tarif siyosatini optimallashtirish; bank xatarlarini baholash va boshqarish tizimini, xalqaro standartlarga muvofiqligini, mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni rivojlantirish; tegishli hududlarda kuchli hududiy bo‘linmalarni yaratish va ularning moliyaviy natijalar va ishlarni tashkil etish uchun har tomonlama javobgarligi; xodimlar uchun xorijiy banklarda va tashkilotlarda iqtisodiy tadqiqotlar, treninglar, stajirovkalarni tashkil qilish; biznes boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmasini adekvat talablariga muvofiq shakillantirish. Download 31.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling