Mavzu: rossiya imperiyasi va sovet hukmronligi davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar tayanch so‘z va iboralar


Xiva xonligining tugatilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
3-seminar mavzu

Xiva xonligining tugatilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi 
va undagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar: Turkiston va Buxorodagi kabi Xiva 
xonligida jadidchilik harakatining shakllanishida tashqi omil, ya’ni Rossiyadan 
kelgan YAngi fikrli ziyolilar, inqilobiy ruhdagi surgun qilingan yoshlar va 
Rossiyadagi o`zgarishlar ham o`z ta’sirini ko`rsatgan. Xorazmdagi jadidchilik 
harakatidan 1914 yil avgust oyida YOsh xivaliklar tashkiloti tuzildi, unga rayis qilib 
Polvonniyoz Hoji YUsupov (1861-1936) saylandi. YOsh xivaliklar harakatida bu 
davrda qozikalon Bobo Oxun Salimov (1874-1929)ning ham o`rni bo`lakcha edi. 
YOsh xivaliklar dasturining asosini mavjud tuzum doirasida islohotlar o`tkazish, 
maktab-maorif ishini yaxshilash, xon hokimiyatini cheklash kabi masalalar tashkil 
qilar edi.
1916 yilda Xivaga qaytib kelgan Junaidxon yolg’izlanib qolgan 
Asfandiyorxon tomonidan “sardori karim”, ya’ni xonning lashkarboshisi qilib 
tayinlandi va xonlikdagi hokimiyat to`la ravishda Junayidxon qo`liga o`tdi. Biroq, 
1918 yil oktyabr oylariga kelganda yosh xivaliklar ta’siri bilan Juna-yidxon va 
Asfandiyorxon o`rtasiga nizo solinadi va buning natijasi o`laroq Junayidxonning 
o`g’li eshshi Asfandiyorxonni qatl qiladi. Uning o`rniga akasi Sayid Abdulloxon xon 
deb e’lon qilinadi. Bu orda Junayidxon Xiva xonligi hududida bolsheviklardan 
mustaqil bo`lgan davlatni saqlab qolishga harakat qiladi va 1918 yil noyabr oyida 
Amudaryoning o`ng qirg’og’idagi erlarda tashkil qilingan sovet hukumatiga qarshi 
bir necha marotaba muvaffaqiyatsiz urush olib boradi. 1919 yil aprel oyida sovet 
hukumati bilan Junayidxon o`rtasida Taxta shartnomasi tuzildi. Unga sovet 
hukumati tomonidan Xristoforov, Xiva xonligi tomonidan Junayidxon imzo 
chekdilar. Bu vaqtinchalik kelishuv bo`lib, unga ikkala tomon ham amal qilmaydi. 
1919 yil 22 dekabrga kelib mustaqil davlat - Xiva xonligi hududi bosib olinadi. 1920 
yil 1 fevralda Junayidxon qo`shinlarini tor-mor qilgan qizil armiya Xiva shahriga 
kirib bordi. 2 fevral kuni so`nggi Xiva xoni Sayid Abdulloxon taxtdan voz kechadi.
SHu yili Xivada Jumaniyoz Sultonmurodov rayisligida Muvaqqat inqilobiy 
qo`mita tashkil etiladi. 1920 yil 26-30 aprel kunlari Xorazm mehnatkashlarining 
birinchi qurultoyi bo`lib o`tib, unda Xiva xonligi xududida Xorazm Xalq Sovet 
Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va Polvonniyoz Hoji YUsupov 
rayisligida Xalq Nozirlar SHo`roi tuzildi.
Xorazmda siyosat va xo`jalik sohasidagi islohotlar ham ziddiyatli tarzda 
kechdi. Albatta, XX asrda iqtisodiy 1920-1921 yillarda agrar sohada dastlabki 
o`zgarishlar amalga oshirilib, 10000 desyatina er dehqonlarga bo`lib berildi. Bundan 
tashqari, ularga urug’, dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratildi. 
Dehqonlarga kredit hisobidan 5000 chorva mol sotildi. eski sug’o-rish inshootlarini 
qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi. YAngi iqtisodiy siyosat (NEP)ning 
e’lon qilinishi bilan karvonsaroylar, korxo-nalar, kullar va to`qaylar ijaraga berila 


boshlandi. Hukumat madaniy-ma’rifiy va sog’liqni saqlash ishlariga ham katta 
e’tibor qaratdi. 1920 yil bahorida Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil 
qilina boshlandi. 1921 yil sentyabrida Xivada ochilgan xalq dorulfununi respublika 
madaniy hayotida katta voqea bo`ldi. Ammo Xivani bosib olish jarayonida kirib 
kelgan qizil armiya, uning qo`mondonlari, evropalik bolsheviklar respublikadagi 
ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta’sir ko`rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq 
ommasi kayfiyati va qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy 
chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda 
Xorazm Kompartiyasi (1921 yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin yordam-
chisiga aylandi. 1923 yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik 
o`zgarishlarga butunlay chek qo`yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o`zining 
yuqori bosqichiga ko`tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha davom etdi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling