Mavzu: rossiya imperiyasi va sovet hukmronligi davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar tayanch so‘z va iboralar


Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3-seminar mavzu

Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning 
tarixiy ahamiyat: Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi hokimiyatiga 
qarshi harakatning butun Farg’ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir 
turtki vazifasini o`tadi, xolos. Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo`lgan. Ularga 
shahar aholisining aksariyat qismi: o`ziga to`q badavlat oilalarning vakillari, 
savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba’zi boylar qo`shildi. Harakat 
qatnashchilari safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar-ziyolilar ham 
ko`pchilikni tashkil qilar edi va bir so`z bilan aytganda, ular safida xalqning barcha 
tabaqasiga mansub kishilar bor edi.  
Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik ergash (taxminan 
1885-1918) va Katta ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan bog’liqdir. 
1918 yil 27 fevralda Qo`qon atrofidagi Bachqirda bo`lgan janglarning birida 
Kichik ergash shahid bo`lgach, uning o`rniga Katta ergash (uni Mulla ergash ham 
deyishgan) Farg’ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi 
ozodlik bayrog’ini ko`tardi. Qo`qon uezdidagi harakatning dastlabki tayanch nuqtasi 
Bachqir qishlog’i edi.
Marg’ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek Ahmad-
bek o`g’li-Madaminbek (1892-1920) kurash boshladi. “O`z oldiga sovet 
hokimiyatini ag’darish va Farg’ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo`ygan 
Madaminbek ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi”,-
deb tan olinadi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida. 
Turkiston mintaqasidagi mazkur harakatning muhim xususiyati shundaki, bu 
harakatda maqsadlar va vazifalar qanday bo`lishidan qat’i nazar boshdan oxirigacha 
bir ustuvor g’oya-Turkistonning milliy mustaqilligi yotadi. Bu harakat goh 


kuchayib, goh pasayib turishiga qaramay, unda ishtirok etuvchilarning tarkibi 
o`zgarib turishi va ikkilamchi manfaatlar o`rtada turganligi hamda obektiv va 
subektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta’sir qilishiga qaramay, harakatning 
asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo`lib qolaverdi. 
Turkistondagi bu harakatning uyushgan bir shaklda namoyon bo`lishida qo`r-
boshilar ko`rsatgan g’ayrat-shijoatni alohida ta’kidlab o`tish kerak. Qo`rboshilar 
harakatning harbiy rahbarlari bo`lib, ular o`z jangovarliklari bilan mashhur edilar. 
O`z vaqtida Farg’ona vodiysida Kichik ergash, Katta ergash, Madaminbek, 
SHermuhammadbek, Muhiddinbek, Islom Polvon, Yormat Maxsum, Samarqand vi-
loyatida Ochilbek, Bahrombek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek, Mulla Abdul-
qahhor, Anvar Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Fuzayl Maxdum, Xorazm res-
publikasida Junayidxon kabi qo`rboshilar bu harakatni yagona kuchga birlash-tirish 
uchun rahbarlikni birin-ketin o`z qo`llariga olsalar-da, lekin Turkiston mintaqasidagi 
istiqlolchilik urush harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to`liq uyusha 
olmadi. Bu vaqtlarda Turkistonda beqaror vaziyatdan foydalangan ba’zi kishilar 
talonchilik guruhlari tuzib, xalqni talaganlar. Kommunistik mafkura har ikki toifaga 
bir xil “bosmachilar” tamg’asini yopishtirdi.
Vatan ozodligi va uning tinchligi yo`lida Turkiston ayollari ham kurash olib 
bordilar. Istiqlolchilar safida ayollar nafaqat oddiy jangchi, balki ayrim hollarda 
qo`rboshi sifatida jang qildilar. Farg’ona vodiysida SHakarxon va Muhiddinbekning 
onasi singari o`zbek va qirg’iz yo`lboshchilaridan etishib chiqdi va ular qo`rboshilar 
milliy istiqlol kurashi tarixiga shonli sahifalar qo`shdilar. Karmanalik Nodira qiz esa 
Ibrohimbek qo`shinida maxsus ayollar guruhiga boshchilik qilib, SHarqiy Buxoroda 
qizil askarlarga qarshi mardonavor kurashdi. 
1920-1924 yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj 
oldi. Buxoro va Xorazmdagi milliy muxolifatning ozodlik kurashlari alohida o`ziga 
xos yo`nalish va xususiyatga ega bo`lib, o`ta murakkabligi va ziddiyatliligi bilan 
Turkiston respublikasidagi qurolli harakatdan ajralib turadi. 
Buxorodagi 
qo`rboshilar o`rtasida Ibrohimbek (1889-1932) alohida salmoqqa ega. U amirlik 
tuzumi ag’darib tashlangach, SHarqiy Buxorodagi qo`rbo-shilar guruhlariga 
umumiy rahbarlik qilib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi mustaqillik 
kurashini boshladi. Ibrohimbek 1921 yil sentyabrda bo`lgan Buxoro 
qo`rboshilarining qurultoyida “Islom lashkarboshisi” unvoniga sazovor bo`ldi va 
Buxorodagi barcha istiqlolchilarning Oliy bosh qo`mondoni qilib saylandi. U qisqa 
muddat ichida o`n ming nafardan ortiq askar to`plab, Qorategin va Darvoz 
viloyatlarini qizil askarlar qo`lidan ozod qilishga muvaffaq bo`ldi. 
Xorazm respublikasida ham 1920 yil bahoridan boshlab qizil askarlarning 
misli ko`rilmagan talonchilik va zo`ravonliklariga qarshi harakat boshlandi. Qurolli 
kurashni turkmanlarning yovmut urug’i boshlig’i Qurbon Mamed Sardor-
Junayidxon (1857-1938) boshchiligidagi guruhlar ko`p yillar davomida kurash olib 
bordi. Uning qo`shini saflarida o`zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham ko`pchilik edi. 
Qisqa muddatda Junayidxon o`z qo`shinini 20000 kishiga etkazdi.


Umuman olganda qizil armiyaning bosqini va mustabid sovet rejimiga qarshi 
ko`tarilgan qurolli harakat 1935 yilga kelib butun Turkiston mintaqasida tamomila 
mag’lubiyatga uchradi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling