Mavzu: Rossiya imperiyasi va Sovet mustamlakachiligi. Dars maqsadi: a
Download 0.5 Mb.
|
5 sinf rossiya imperiyasi va sovet m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetensiya
- Tashkiliy qism
- II. O’tilgan mavzuni so’rash.
MAVZU: Rossiya imperiyasi va Sovet mustamlakachiligi. Dars maqsadi: A) O’quvchilar Sovet davlati va uning vatanimizda olib borgan siyosati, yurtdoshlarimizning yurtimiz mustaqilligi uchun olib borgan milliy ozodlik kurashlari yuzasidan bilim va tushunchalarga ega bo’lishadi. B) O’quvchilarning Vatan , millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissi shakllantiriladi va rivojlantiriladi. S) O’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olishadi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan tog’ri qo’ya olishadi va javob bera olishadi. Kompetensiya:Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etishga va faol ishtirok etishga, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi va unga rioya qilishga ko’nikma hosil qilishadi. Dars turi: Yangi tushuncha ,bilimlarni shakllantiruvchi. Dars uslubi: Xotira charxi, Venn diagrammasi , Keys stadi texnologiyasi, ma’ruza, Rasmli test, SWOT tahlili. Dars jixozi: ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mavzuga oid xarita va rasmlar, texnik vositalar, doska, bor. Adabiyotlar: Tarixdan hikoyalar darsligi, I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”asari ,O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: Salomlashish, darsga hozirlik ko’rish, dunyodagi ro’y berayotgan siyosiy xabarlar bilan tanishish, navbatchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish II. O’tilgan mavzuni so’rash. O’quvchilar darsga hozirlik ko’rib bo’lishgach, ulardan o’tgan dars mavzusi va uyga berilgan vazifa so’rab olinadi. O’tgan dars mavzusi va uyga berilgan vazifa xotira charxi, Venn diagrammasi va keys stadi uslublari asosida so’rab olinadi. “XOTIRA CHARXI” O’quvchilar xotirasini mustahkamlash hamda sinash maqsadida o’quvchilarga mavzudagi yillar monitor orqali birin ketin ko’rsatiladi va tarqatiladi. O’quvchilar tezkorlik bilan javob berishadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling