Мавзу: Ўрта Осиё Эвропа сайёхлари наздида


Download 86.81 Kb.
bet1/7
Sana22.02.2023
Hajmi86.81 Kb.
#1221943
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI YEVROPALIK SAYYOHLAR


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
_________________________________________ FAKULTET
_________________________________________ KAFEDRASI
_________________________________________ fanidan

KURS ISHI


Mavzu:________________________________________________________________________________________________________________________


Bajardi:______________ ________-guruh___________________________
(imzo) (ismi sharifi)

Kurs ishi himoya qilingan sana “____”__________202 y.


Baho “_____”_________
Ilmiy rahbar: __________ ___________________________
(imzo) (ismi sharifi)


Komissiya a’zolari: _____________ _________________________
(imzo) (ismi sharifi)
_____________ _________________________
(imzo) (ismi sharifi)


Buxoro – 2022 yil
YEVROPALIK SAYYOHLAR ASARLARIDA O’RTA OSIYO TARIXI


Mundarija
Kirish……………………………………………………………..…….3
I.Bob. O‘rta Osiyoga kelgan ilk sayyohlar.
1.1. Sharq sayyohlarining xotiralari……………………………………6
1.2. G‘arb sayyohlarning ilk esdaliklari………………………………..10
II. Bob. O‘rta Osiyo Yevropa sayyohlari nigohida.
2.1. XIV-XV asrlarda Yevropa sayyohlarining O‘rta Osiyoga kelishi…27
2.1. Rus sayyohlari va mutaxasislarining esdaliklari………………….41
Xulosa………………………………………………………………....66
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...68
Ilova…………………………………………………………………...70


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida erkin demokratik tafakkurga ega bo‘lgan va mustahkam milliy g‘oya kuchi bilan birlashgan jamiyat a’zolarini tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining o‘rni jiddiy ravishda ortmoqda. O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng o‘tgan qisqa davr mobaynida Respublikamiz hayotining barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prizidenti I.A.Karimov tarixchi olimlar va ziyolilar vakillar bilan uchrashuvdagi nutqida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida tarixchi olimlar oldiga, o‘lkamiz tarixini, milliy davlatchilik va o’zbek xalqini kelib chiqish (etnogenez) ni xolisona yoritish xalqimizning ko‘p asrlar qadimiy an‘analarini boy tarixiy – madaniy me‘rosini o’rganish muhim vazifa qilib qo‘yildi. Bugungi kunda o‘z- o‘zini mustaqilligimiz mustahkamlanib borayotgan bir paytda, ona yurtning har bir farzandi uchun o‘z tug‘ilib o‘sgan Vatanini tarixini sevish, o‘rganish, diliga jo etishdan ham muqaddasroq burch bo‘lmasa kerak. O‘lkamizni, vatanimizni tarixini yoritishda o’lkashunoslikni salmog‘i kattadir. Har bir xalq tarixini asrab avaylab keladi. Tarixi ne’matlar bo‘lmish merosdan kelajak sari ildam qadam bosish uchun kuch- quvvat oladi. Xalq ozodligi, farovonligi uchun qurbon bo’lgan milliy qahramonlar jasorati, millat ravnaqi uchun jonbozlik qilgan ilm va fan sohiblarining faoliyati esa har bir avlod uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi. Ularning xotirasini abadiylashtirish esa bugungi va kelgusi avlodlarning muqaddas burchlaridan biridir. Zero, o‘z tarixidan bexabar xalq mazlum xalq, tarixi yolg‘on bilan yozilgan xalq mahkum xalq, tarixini asragan va bilgan xalq-qudratli va tenglar ichida teng xalqdir.
1998 yil iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori e‘lon qilinib, unda respublikamiz tarixchi olimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri “mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimdan hozirgi kungacha o‘zbek xalqi tarixi bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqotlarini tahlil qilish1’’ ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyati bilan keng ko‘lamdagi siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarni amalga oshirishga qaratilgan. Zero, ushbu aloqalar uzoq davrlarga borib taqaladi. Mintaqamiz Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim savdo yo‘llari tutashgan yerda joylashganligi bois, bu hududdan ko‘plab sayyohlar, savdogar va sarkardalar o‘tishgan. “Tarixan hozirgi O‘zbekistonning hududi shunday joy bo‘lganki, bu yerda juda ko‘hna savdo yo‘llari (mashhur Buyuk Ipak yo‘li) tutashgan, jo‘shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini o‘zaro boyitishi jarayoni kechgan”.2
Ana shunday aloqalar natijasi o’laroq, Yevropada O’rta Osiyo haqida har tomonlama ma’lumotlar to’plana borgan.
Yevropalik olimlar asarlarida O‘rta Osiyoga oid ko‘plab ma’lumotlar va manbalarning uchrashining o‘zi ham ko‘hna qit’ada o‘lkamizga qiziqish kuchli bo‘lganligidan darak beradi. Ana shu jihatdan O‘rta Osiyoga kelgan sayyohlar haqidagi ma’lumotlarni chuqurroq o‘rganish va tadqiq etish dolzarb masaladir.
Millati, dini, tili va istiqomat chegaralari bir-biridan uzoq bo‘lgan xalqlar ham O‘rta Osiyo haqidagi manbalarni sayyohlar yordamida yaratishgan va o‘z ma`lumotlarini bir-birlari bilan o‘zaro almashishgan. Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir’’.3
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixini o‘rganishda turli sayyohlar qoldirgan yozma manbalar, ulardagi ma’lumotlar asosiy ma`lumotlardan hisoblanadi.

Download 86.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling