Mavzu: ruboiy, tuyuq, qit'a va fardning umumiy xususiyatlari. Mundarija


Download 393.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.06.2023
Hajmi393.06 Kb.
#1639920
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RUBOIY, TUYUQ, QIT\'A VA FARDNING UMUMIY

Kurs ishining vazifalari: Ruboiy (arabcha, to‗rtlik so‗zidan) – axloqiy-
falsafiy, ishqiy mavzularda yaratiladigan to‗rt misradan iborat yaxlit, tugallangan 
she‘r. Dastlab fors-tojik she‘riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo 
bo‗lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy 
devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud. 



―Haft qulzum‖ asaring muallifi Qabul Muhammad ruboiy janriga shunday 
ta‘rif beradi: ―Bilgilki, ruboiy lug‗atlarda ikki baytli she‘r deganidir. Vazn va 
qofiyada to‗rttala misrasi ham muofiq kelgan she‘r ruboiy deyiladi. Ruboiyda 
aksar birinchi, ikkinchi, to‗rtinchi misralar qofiyadosh bo‗ladi. Maboda uchinchi 
misra ham kelsa , unga ―ruboiy tarona‖ deb yuritiladi‖. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I.BOB.RUBOIYLARNING MAVZU MUNDARIJASIGA KO‘RA TASNIFI. 
1.1Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar va ma’no tanosubi. 
«FUNUNU-L-BALOG‗A»dan: Ruboiy to‗rt misra‘ bo‗lur. Avvalg‗i va 
ikkinchi va to‗rtinchi misra‘ida qofiya keltirurlar. Va uchinchi misra‘i ixtiyordur. 
Agar qofiya keltursalar ruboiyi musarra‘ derlar. 
Eron olmi Muallim Nojiy ruboiyning har to‗rtala misrasi qofiyalangan shakliga
―ruboiyi musarra (―kushodu ravshan‖ ravshanu oshkor‖ deb nom beradi. 
Ruboiyning bu turi Alisher Navoiy asarida ―ruboiya‖ deb ataladi.BuhaqdaNavoiy 
―Mezonul-avzon‖ asaridashundayyozadi: ―Ruboiy vaznikim, oni ―dubaytiy‖ va 
―tarona‖ hamderlar, hazaj bahrining ―axram‖ va ―axrab‖idin istixroj qilibdurlar va 
ul vaznedur asru xush oyanda vavaznedur bag‗oyatra boyanda‖.Ruboiyni ta‘riflash
XX asr o‗zbek adabiyotshunosligida ham aytib o‗tildi. 
To‗rt misra‘ligina bo‗lub, 1-, 2-, 4-misra‘i qofiyadosh, 3- misra‘i qofiyasiz 
bo‗lg‗an tizmalarga ruboyi deyiladir. Ruboyi forsi(y)ga maxsus bir tizim shaklidir. 
Bizga forslardan kelgandir. Buning maxsus vazni bordir. Arab-fors aruzini 
chig‗atoychada yozg‗an Navoyi ruboiy uchun ―hazaj‖ bahridan yigirma to‗rt vazn 
borligini so‗ylaydir. Biroq bu yigirtma to‗rt vazn bir-biriga shuncha yaqindirkim, 
Navoyining o‗zi ham, misollarini ko‗rsatganda aralashtirib yuboradir‖ (Fitrat) 
Jumladan, 
Navoiy 
poetikasi 
masalalarini 
maxsus 
o‗rganish 
Hodi 
Zarifning«Ruboiy», «Lutfiy va Navoiy» nomli maqolalarida tilga olinib
shoirlirikasining g‗oyaviy-badiiy mohiyati, o‗zbek poeziyasi an‘analariningNavoiy 
she‘riyati taraqqiyotida tutgan o‗rni kabi sohalarda jiddiyfikrlar bayon qilinadi. 
Bundan tashqari, A. Haytmetovning (Navoiy lirikasi) tadqiqotlarida ruboiy bilan 
bog‗liq fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslikdagi ruboiy janri bilan bog‗liq fikrlarni 
umumlashtirgan I.Haqqulov shunday ta‘rif beradi ― o‗ziga xos kompozitsion 
qurilishga, qofiya va badiiy pritsiplarga ega, falsafiy, ijtimoiy, ishqiy va axloqiy 
mavzulardagi, hazajning mahsus vaznida yoziladigan she‘r shakliga ruboiy 
deyiladi‖. 



Ruboiy janri bilan bog‗liq adabiyotshunoslikda yana bir muammo mavjud. Turk 
adabiyotshunosi Muallim Nojiy ―Ruboiy yana ―tarona‖ va ―dubaytiy‖ nomlari 
bilan atalur‖,- deydi. O‗z o‗zidan ko‗rinib turibdiki, ruboiy, tarona, dubaytiy bir-
birigia sinonim bo‗lgan so‗zlarmi degan savol tug‗iladi. 
Dubayti va tarona rub oiyga sinonim bo‗lgan degan qarash fors-tojik va o‗zbek 
adabiyotshunosligida ham mavjud. ―Bizningcha bunday deyishga asos yo‗q. 
Ularning har ikkalasi ham lirikaning o‗ziga xos mustaqil bir janrlaridir‖,-deb 
ta‘kidlaydi I. Haqqulov. Adabiyotshunos olim o‗z fikrini 15 asrda yashagan Vahid 
Tabriziyning ―Jami‘ muxtasar‖ asarida keltirilgan fikr bilan asoslaydi: Unda 
shunday yozilgan: ―Dubayti-ikki baytdan iborat she‘r turi. Uning ruboiyga
o‗xshash 1,2,4- misralari qofiyadosh bo‗ladi. Ammo vazn e‘tibori bilan dubaytiy 
ruboiydan farq qiladi‖. 
―Dubaytiy – deb yozadi Fazlulloh Safo – nomidan anglashilganidek, ikki baytli 
she‘rdir. Unda birinchi, ikkinchi va to‗rtinchi misralar o‗zaro qofiyalanib, uchinchi
misrani qofiyalash shoirning xoxishiga bog‗liqdir. Ba‘zan dubaytiyda faqat 2, 4 
misralar hamqofiya bo‗lishi mumkin. Uning asosiy vazni hazaji musaddasi 
maqsur yoki mahzufga mos keladi‖. I. Haqqulovning ta‘kidlashicha, bir qancha 
manbalarda ham shu fikr ta‘kidlangan. 
Demak, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib ruboiy va dubaytiy o‗rtasidagi 
farqlarni quyidagicha ko‗rsatish mumkin: 
Dubaytiy janridagi she‘rlar hazaji musaddasi mahzuf (maqsur) vaznida 
yoziladi.Ruboiy esa hazajning axramyoki axrab shajaralaridan birida yozilishi 
kerak.Dubaytiyning juft misralarigina ham qofiyalanishi mumkin.Ruboiy esa 
o‗zining qat‘iy qofiya sistemasiga ega 
Bundan tashqari ruboiy va dubayti o‗rtasidagi farq faqat shaklda emas, balki 
mazmunda ham farq bor.Dubaytiy tematikasining tub mohiyati ishq tuyg‗ulari, 
muhabbat hayollari, orzu-armonlarishkil etadi. Ruboiyda esa falsafiy, axlqiy , 
ijtimoiy-siyosiy g‗oyalar ham ifoda etiladi (I. Haqqulov). 



Tarona termini ruboiyganisbat berilganda esa, asosan ikki maqsad ko‗zda tutiladi. 
Birinchida, ruboiy vaznlarining o‗ynoqiligi, ravonligi nazarda tutilsa, ikkinchidan, 
agar ruboiyning to‗rt misrasi ham bir xilda qofiyalangan bo‗lsa, ―ruboiyi tarona‖ 
deyiladi va bu bilan undagi ohangdorlik ta‘kidlanadi. (lug‗atlarda tarona - kuy, 
qo‗shiq deb izohlangan) Demak, ruboiyning 2 xil turi bor: 
1) Xosiy ruboiy yoki ruboiyi xosa(qofiyalanishi: a-a, b-a): 
2) Taronayi ruboiy yoki ruboiya(qofiyalanishi: a-a, a-a): 
Ruboiy muayyan kompozitsiyaga ega bo‗lib, unda mumtoz ruboiy talablariga 
ko‗ra, to‗rt unsur mavjud bo‗ladi. Mazkur unsurlar to‗rt misrada aytilmoqchi 
bo‗lgan falsafiy, axloqiy yoki didaktik fikrning ma‘lum bir yaxlitlikka erishishini 
ta‘minlaydi. SHu ma‘noda to‗rt misrani quyidagi unsurlarga taqsimlash mumkin: 
1) tezis – unda ruboiyda aytilmoqchi bo‗lgan fikr, boshqacha aytganda ruboiy 
mavzusi bayon qilingan bo‗ladi; 
2) antitezis – bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi; 
3) moddai ruboiy – to‗rtinchi misrada aytilmoqchi bo‗lgan fikr uchun ko‗prik 
vazifasini o‗taydi; 
4) sintez– xulosa. 
Lekin bu unsurlarning doimiy mavjud bo‗lish talabi nisbiy bo‗lib, ko‗pincha tezis 
va antitezisning o‗rniga faqat moddai ruboiy va sintezning qo‗llanilganligini 
kuzatish mumkin. 
Har qanday adabiy shakl mazmun tomoni bilan qimmatli. Mazmun uchun xizmat 
qilmagan shaklning ahamiyati to‗g‗risida gap bo‗lishi mumkin emas.Ruboiyda 
ham mazmun asosiy rolni bajaruvchi omil. SHoirlar ruboiyda ishq haqida ham, 
falsafa haqida ham, axloq haqida ham – xullas she‘riyatda foydalanish mumkin 
bo‗lgan deyarli barcha temalarda qalam yuritganlar. Biroq ruboiy mundarijasinin



etakchi yo‗nalishlariga qarab, shartli bo‗lsa-da tematik tomondan uch guruhga 
ajratish mumkin 
Falsafyi ruboiylarIshqiy ruboiylarTa‘limiy –axloqiy ruboiylar. 
Shoir ruboiylarida ham dunyoviy muhabbatning zavqbaxsh onlari 
san‘atkorlik bilan berilgan: 
Ko‗nglumni g‗amu dard ila qon ayladi ishq, 
Ko‗z yo‗lidin ul qonni ravon ayladi ishq. 
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq, 
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq. 
O‗tmishda oriflar ―Ko‗ngil bo‗lmasa, ishq qaerni vatan aylar. Ishq bo‗lmasa 
ko‗ngil nima ishga yarar‖ degan ekan. Yuqoridagi ruboiyning mavzusi ishq. 
Navoiy she‘riyatida ishq va ko‗ngil tushunchalari doim bir-birini taqazo qilib 
kelgan.Ishq hoqimlikka, ko‗ngil tobelikka mahkum. Ishq –o‗t alanga yoqar. 
Ko‗ngil shu olovda yonar. YUqoridagi ruboiyda oshiq ko‗nglini ―g‗amu dard ila 
qon‖ aylagan ―ul qonni‖ ko‗z yo‗lidan ravon aylagan, ―har qatrani beiz pihon 
qilgan‖ va niyahoyat ―bedillikni‖ oshkor aylagan ISHQdir. 
Navoiyshunoslikda shoir ishqi bilan turli xil fikrlar aytilgan.Ibn Arabiyning 
shunday fikri bor: ―...xotin –qizlarning qadrini va ularning sirlarini (nozikliklarni)
anglagan kimsa ularni sevishda zohidlik qilmas, bil‘aks, ayollarni sevmak, oriflik 
kamolidir‖ 
Ko‗z birla qoshing yaxshi, qabog‗ing yaxshi, 
YUz birla so‗zing yaxshi, dudog‗ing yaxshi. 



Eng birla menging yaxshi, saqog‗ing yaxshi, 
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‗ing yaxshi. 
Shoir banday ta‘rif bilan ikki maqsadni amalga oshirgan. Birinchidan, go‗zallik va 
nafosatda yorning tengsizligini ko‗rsatgan bo‗lsa, ikkinchidan, shu go‗zallik va 
nafosat Allohning zuhuri ekanligiga urg‗u beradi. 
Ma‘lumki, A.Navoiy asarlarini ularning iloihy-irfoniy manbalaridan tashqarida 
o‗rganib bo‗lmaydi. Jumladan, «Zumar» surasining 60-oyat karimasida o‗qiymiz: 
«Qiyomat kunida Alloh sha‘niga yolg‗on so‗zlagan kimsalarni yuzlari qoraygan 
holda ko‗rasiz». Ko‗rinadiki, yolg‗onchilik inson atvorida eng yomon illat sifatida
qoralanadi. 
Balo un-insoni min al-lison – Insongabalo tildan kelur. 
Co‗zdin kishikim g‗amu balo hosilidur, 
Har nuktada tili desabalodoxilidur. 
Besirfadegan kishiga tili qotilidur, 
Alqissa, kimsaning balosi tilidur .
Qur‘oni karim "Qasas" surasininng 88-oyatida o‗qiymiz: «Allohga qo‗shib boshqa 
«iloh»ga iltijo qilmang! Undan o‗zga iloh yo‗qdir. Uning ―o‗zi‖dan boshqa barcha 
narsa halok bo‗luvchidir. 
Gardunki, xaloyiqqa vafosi yo‗q aning, 
Javr ichra kichik-uluqqa posi yo‗q aning. 
Har kimki, kichik bo‗lsa baqosi yo‗q aning, 
Sen oni ulug‗ bilki, fanosi yo‗q aning 
«Kishilarning yomoni xalq undan ehtiyot bo‗ladigan odamdir»degan Hazrat Ali 
hikmat she‘riy tarjima qilingan. Hazrat Alining bu hikmati ikki narsaga 



diqqatimizni tortadi: Biri insonlarning yomon toifasi; ikkinchisi – har bir odamning 
shaxsiy xususiyatiga xalqning munosabatidir. Qanday odamni yomon deb 
hisoblash lozimligi Qur‘oni karim va hadislarda takror-takror keladi: qasamxo‗r 
savdogar, takabbur kambag‗al, zinokor keksa, zolim podshoh, g‗azabi tez kelib, 
sekin qaytuvchi banda, qo‗shnilar yomon degan kimsa va hokazo. 
Alisher Navoiy o‗z ruboiysida odamlarni o‗zining yaramas qiliqlari bilan 
bezdirgan kishini birinchi o‗ringa chiqaradi va uning atvoridagi nuqsonlarni birma 
- bir sanab beradi: 
El qochsabirovdin el yamoni bil oni, 
Ahvolidaidbornishoni bil oni, 
Fe‘lichra ulus baloyijoni bil oni, 
Olameliningyamonyamoni bil oni 
– Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri vafo, uchdan biri saxiylikdir. 
Uch qism ila iymong‗a bino fahm ayla, 
Avvalg‗isini oning hayo fahm ayla, 
Ikkinchisini dog‗i vafo fahm ayla, 
Uchunchinibilmasang, saxofahmayla . 
Hayo, vafo va saxiylik – iymon binosining ustunlaridir. Bu go‗zal xulqlar 
insonlarni doim yaxshilik cari etaklaydi, yomon ishlardan saqlaydi. 
Rasululloh(s.a.v): «Hayo faqat yaxshilik keltiradi»,-degan hadislari orqali esa 
hayoning yaxshilikni harakatga keltiruvchi kuch sifatidagi qudratini ta‘kidlaganlar. 
Bu erda ham –ahdga vafo iymonning yana bir nishonasi sifatida keltirilgan. 
«Ahdga vafo qilmaganlarning dini yo‗q»,-deya hukm chiqaradilar ahdga vafoda 
ibrat bo‗lgan zot - Rasuli akram (s.a.v). 


10 
Ma‘lumki, har qanday ijodkor o‗z oldiga qo‗ygan maqsadiga hayotdan tanlagan 
voqealari, ulardan sizib chiqqan saboqlarni munosib shaklda mukammal badiiy 
ifodalay olsagina erishadi. Alisher navoiy o‗zining qator qarashlari uchun ruboiy 
janrini tanladi. Tuyuq — turkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. T. 4 
misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; a-a-b-a, baʼzan a-b-v-
b tarzida va favqulodda xrllarda — a-a-a-a oʻlchovida qofiyalanadi. T. soʻz 
oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz T.lar ham bor. T.ning dastlabki 
namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan T.lar Burhoniddin 
Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, 
biroq 
ular 
mutaqorib 
bahrida 
yozilgan. Alisher 
Navoiy "Mezon 
ulavzon" asarida T.ni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va 
shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida T.ni turkiy sheʼriyat 
shakllaridan biri sifatida baholagan. T. hozirgi sheʼriyatda birmuncha 
boshqacharoq nomlarda uchraydi. 
Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. 
Mumtoz 
adabiyotda Lutfiy, 
Navoiy, 
Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ. 
Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida T. janrining yetuk 
namunalari mavjud. 
Asosiy g‗oya tashuvchi hikmatli so‗z – Hazrat Ali aforizmini Alisher Navoiy 
ruboiyning oxirgi misrasida (ba‘zan baytida) beradi. Qolgan misralar esa ulug‗ 
shoirning erkin ijodining mahsulidir. Ayni misralar jasoratli xalifa hikmatlari
Navoiyni nimalarga ilhomlantirganini kuzatish imkoniyatini beradi. Chunonchi: 
Mo nadimamansakata – Kim sukutsaqlasa,nadomatqilmaydi. 
Harkimsa 
ki, nuktasifarovonbo‗lmas, 
Tilranjigaqolmoqlig‗iimkonbo‗lmas, 


11 
Ko‗pso‗zlaguchig‗ag‗ayrinuqsonbo‗lmas, 
Harkimkixamushbo‗ldi, pushaymonbo‗lmas[105]. 
Bu o‗rinda aforizm – to‗rtinchi misraga jo bo‗lgan. Bunday hollarda Navoiyda 
hikmatda ifodalangan g‗oyani o‗zining teran falsafiy mushohadalari bilan boyitish 
imkoniyati kengayadi. Masalan, tahlil qilayotganimiz ruboiyning uchinchi misrasi 
Hazrat Alining «Ayb ul-kalomi taviyluhu» – Gapning aybi uzunligidadir, degan 
aforizmining she‘riy ifodasidir. 
Alisher Navoiy «Nazm ul-javohir» tarkibidagi ruboiylarda qofiyai tarona qo‗llashi, 
ko‗pgina to‗rtliklarning radifli bo‗lishiga erishishi, misralarni turfa badiiy san‘atlar 
bilan bezashi barobarida, o‗sha badiiy yaratmalar tilining mumkin qadar sodda
aniq bo‗lishiga intilgan. Haya ul-mar‘i satruhu – Kishining hayosi uning 
pardasidir. 
Avji sharaf uzra oftob o‗ldi hayo, 
Bo‗stoni saodatg‗a sahob o‗ldi hayo, 
Mazmum xasoilg‗a hijob o‗ldi hayo, 
El aybig‗a go‗yoki niqob o‗ldi hayo . 
Ruboiydagi ―o‗ldi hayo‖ radifi ikki jihati bilan ahamiyatlidir: Birinchidan, 
ruboiydagi asosiy g‗oyani tashuvchi so‗z birikmasi sifatida qo‗llangan bo‗lsa; 
ikkinchidan, bu so‗z ruboiy ohangdorligi va ta‘sirchanligini ta‘minlagan. Xuddi 
shunday fikrni asardagi boshqa radifli ruboiylarga nisbatan ham aytish mumkin. 
G‗iyos ul-lug‗ot»da keltirilishicha, "Talmeh" deb o‗z so‗zlari mag‗zida Qur‘oni 
majid oyatlari va hadislardan namunalar keltirish" 
Salamat ud-dini mavt ul-ulamai – Dinning raxnasi olimlarning o‗limidir. 
Ilm o‗ldi sharaf din aro har oying‗a, 
Bormoq bo‗lur o‗rgangali oni Ching‗a. 


12 
Dinda ulamo mujib erur tazying‗a, 
O‗lmoqlik alarga raxna soldi ding‗a . 
Ko‗pchilik kitoblarda: «Misralar oxiridagi ohangdosh so‗zlar qofiya deyiladi», - 
deb yozilgan. Ohangdosh so‗zlarning qofiya bo‗lishi to‗g‗ri, ammo qofiya faqat 
misra oxiridagina kelmaydi. Qofiya misra boshida ham, misra o‗rtasida ham, misra 
oxirida ham kelishi mumkin. Masalan, Navoiyning quyidagi ruboiysida qofiya 
misra boshida kelgan. 
Jondin seni ko‗p sevarmen, ey umri aziz, 
Sondin seni ko‗p sevarmen, ey umri aziz. 
Har neniki sevmoq ondin ortiq bo‗lmas, 
Ondin seni ko‗psevarmen, ey umri aziz. 
―Xazoyinul-maoniy‖ni yakunlovchi janr fard bo‗lib, (ar. ―yakka‖, ―yolg‗iz‖) bir 
baytdangina iborat eng kichik mustaqil she‘r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b 
tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‗lsa-da, unda muhim falsafiy-
axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. SHu ma‘noda 
fardlar ko‗pincha aforizm xarakteriga egabo‗ladi: 
G‗ofil o‗lma, nazardin itsaadu, 
SHam‘ o‗churganda, el ko‗rinurmu... 
Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning ―Muhabbatnoma‖ asarida 
uchraydi. Fard (yakka, yolgiz) - fakat bir baytdan iborat she‘r; yozma adabiyotning 
eng kichik janri: Navoiyning 
―Muruvvat – barchabermakdur, emak yuq, 
Futuvvat barcha щtakdur, demak yuk;‖ 


13 
fardining uziyok bu janrning shaklan kiska, lekin mazmunan juda salmokdor 
bulishini kursatadi. Xazratning ―Favoyid ul-kibar‖ devonidan 86 ta fard urin olgan 
va ularda Alisher Navoiy Olam va Odam x,akidagi turfa karashlarini xar tukis 
bayon etganini kuzatish mumkin. 82 tasi qofiyali, 4 tasi esa qofiyasizdir. 
Fardlarning barchasi ―Favoyidul-kibar‖ devoniga kiritilgan. Navoiy fardlari 
shoirning hayotiy tajribalari mahsuli bo‗lmish chuqur mushohadalari va mantiqiy 
xulosalarini o‗zida aks ettirish bilan birga, shoir she‘riy dahosining ayrim qirralari 
haqida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi. 
Fard – ikki misrali janr, albatta unga murabba mazmunini joylash qiyin. Fardda, 
birinchi misrada ko‗pincha bir fikr o‗rtaga tashlanadi, u – g‗oya, kompozitsion 
markaz hisoblanadi, ikkinchi misrada esa bu fikr qiyosiy shaklda muhokama, tahlil 
etilib, xulosa qilinadi yoki aksincha bo‗lishi mumkin: (dam urmoq‖ jumlasi 
vositasida ikki ma‘no: nafas chiqarmoq va gapirmoq ma‘nolari anglashilyapti va 
bu orqali iyhom san‘ati vujudga keltirilgan: 
Kishi aybing, desa, dam urmag‗ilkim, ul erur 
ko‗zgu, 
Chu ko‗zgu tiyra bo‗ldi, o‗zga aybing zohir aylarmu. 
Yoki: 
Kishi aybini yuziga qilma izhor 
Taammul ayla o‗z aybingg‗a zinhor. 
Ushbu hikmatlar ―do‗st do‗stning oynasi‖, ―Avval o‗zinga boq keyin nog‗ora qoq‖ 
kabi xalq maqollari mazmuniga hamohang ko‗rinadi. Maqolladn farqli ravishda 
mazkur hikmatlarda ulug‗ shoirning ma‘rifiy qarashlari yorqinroq aks etgan. Ya‘ni 
fardda insoniy munsabatlar sharti – andishali bo‗lish, o‗z holidan ogohlikka 
erishish hamda kamiliklarni mardona tan olish haqida so‗z boradi. 


14 
G‗oya farddagi bu ikki misrani bir-biriga bog‗lovchi mantiqiy rishtadir, misralar 
esa kompozitsiya unsurlariga aylanadi. Ammo ruboiy sig‗imi bundan kattaroq, 
biroq bu imkoniyat fardni kamsitish uchun dastak bo‗la olmaydi, sig‗imining 
kichikligi fardning aybi emas, balki o‗ziga xosligidir. Demak, gap faqat hayot 
materiali yo ma‘noning katta yo kichikligidagina emas. 
Dnyovu o‗qbo ikkisi jam‘ o‗lmas, ey rafiq, 
Kimki ikki kema uchini tutsa, bo‗lur g‗arq. 
E‘tobo bersak, fardlarning ikkinchi misrasida xalq hikmatlari keltirilishi shoirning 
fikrini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fard mazmunini 
sodalashtirib, xalqona ohinga moslaydi. 
Andoqko‗rundi sabza arosindalolalar, 
Kim sabzxatlarilgidaoltunpiyolalar (A.Navoiy) 
Bu fardning birinchi misrasida maysalar orasida lolalar ko‗ringanligidan xabar 
berilyapti, ikkinchi misrada esa bu lolalar yor 
qo‗lidagi piyolalarga o‗xshatilayotir. Demak, birinchi misradagi kechinma vafikrni 
ikkinchi misra rivojlantiryapti. Bu o‗rinda, albatta, fikr harakati borligi o‗z-o‗zidan 
ma‘lum, lekin bu harakat juda oddiy. Kechinma harakatidagi oddiylik, ruboiy va 
ikki yo to‗rt misrali, qisqa qit‘alar uchun ham begona emas 
Fardlarda esa buyuk Navoiy san‘atkorligi yanada ravshan ko‗zga tashlanadi. 
Masalan, mumtoz adabiyotimizda ko‗zning tashbehi aksariyat qotil, lab esa obi 
hayot manbai sifatida tilga olinadi. 
Navoiy ana shu ancha sayqalanib qolgan tashbehlardan quyidagicha sahli mumtane 
yaratgan: 
Ikki ko‗zingu labing g‗amidin 
Men xasta o‗lib-o‗lib tirildim. 


15 
Baytda «o‗lib-o‗lib» so‗zining ikki bor takrorlanishidan har ko‗zing uchun bir 
marta jon berdim, ammo labing xayoli meni tiriltirdi, degan ma‘no chiqadi. 
Belu og‗zingdin, dedilarkim, degil afsonae, 
Boshladim filholkim: «Bir bor edi, biryo‗qedi». 
Buerda «bir bor» deganda ingichka belni, «yo‗q» deganda og‗izni 
Anglash lozim. Quyidagi fardda ham ajoyib so‗z o‗yini ishlatilgan: 
O‗q edi, eytongki, otting joni mavuslattuni, 
Bu jihatdin yoruma dermen seni har subhidam. 
Vuslat – etishish, qovushish, uylanish 
Fardning birinchi ma‘nosi: ey tong, vuslat tuni jonimga o‗q 
otting (menga yor vaslinasibetgan tun), ana shujihatdan seni men 
Lirik tur va uning janrlari
Lirik turning spеtsifik xususiyatlari. Lirik qahramon
tushunchasi Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari Hozirgi
shе'riyatdagi lirik janrlar xususiyati. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka 
kirish kutubxonasi
oquvchi ozini uning ornida koradi, uning kеchinmalariga turtki
bеrgan holatni his qiladi, konglidan kеchgan kеchinmalarni oz
konglida ham kеchiradi,— ozini korolmaydi. Masalan, tubandagi
shе'rni shu jihatdan kozdan kеchirishimiz mumkin:


16 

Download 393.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling