Mavzu: Ruda konlarini ochish va tayorlash. Reja


Gorizontal qatlamlar bilan qazib olish tizimi


Download 192.5 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1634251
1   2   3
Bog'liq
Ruda konlarini ochish va tayorlash.

Gorizontal qatlamlar bilan qazib olish tizimi
Ushbu tizimning mohiyati bloklar yoki kameralarni qayta ishlash pastdan yuqoriga o’tilgan bo’shliqni to’ldirish orqali gorizontal qatlamlar bilan amalga oshiriladi. Bu o’tish ishlarida ishchi maydonni yaratish va yon jinslarni ushlab turish uchun xizmat qiladi.



8-rasm. Zakladkali gorizontal qatlamlar bilan qazib olish tizimi

Ushbu tizim mustahkam ruda va nomustahkam aralash jinslar bo’lganda, ruda tanasining istalgan yotish burchagi va qalinligida qo’llaniladi. Bu tizim ruda yotqizig’ini o’zgaruvchan, noto’g’ri konturlarda qazib olishga imkon beradi. Ushbu tizim qimmatli rudalar va kon yuqorisidagi yuzani o’pirilishdan saqlab qolish uchun qulaydir. Ruda tanasi qalinligi 5-6 m bo’lganda pog’ona cho’ziqligi bo’yicha oraliq seliklar qoldirmay, 30-60 m li bloklarga bo’linadi. Ruda tanasi qalinligi kattaroq bo’lganda bloklar kesishgan holda bo’ladi va o’tish kameralari kameralar orasiga seliklar qoldiriladi. Pog’ona balandligi 30-50 m ni tashkil etadi.


Tayyorlash bir blokda ko’tarish shtreki va bir yoki ikkita k’tarma o’tishdan iborat bo’ladi.
Qalin konlarda ko’pincha ikkita ko’tarish shtreki, ba’zan esa yana yon tomon jinslarida qo’shimcha maydon shtreki o’tiladi. Ushbu shtreklarning yaxshi saqlanishi uchun ularning ustida shtrekusti seliklari qoldiriladi.
Tozalash ishlari birinchi gorizontal qatlamni qazib olish jarayonidan boshlanadi. Qazib olinayotgan qatlam qalinligi 2 m qilib qabul qilinadi.
Ruda laxm polidan gorizontal yoki vertikal shpurlar bilan ajralib olinadi. Ajratib olingan ruda pol bo’ylab eng yaqin rudatushirgichga yetkaziladi.
Bloklar kesishgan holda bo’lsa, qazib olish osilib turgan yondan yotgan tomonga qarab olib boriladi.
Zakladkali gorizontal qatlamlar bilan qazib olish kichik o’lchamli burg’ulash karetkalari va yuklash-tashish uskunalarini qo’llashga imkon beradi. Bu esa samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi.
Qiya qatlamlar va to’ldiruvchilar bilan qazib olish tizimi.
Ushbu tizim ko’rib chiqilgan tizimdan zaboylarning qiya joylashganligi bilan farq qiladi va buning oqibatida urib olingan ruda o’z og’irligi ta’sirida rudatushirgichlar tomon tushadi. To’ldiruvchi material ham xuddi shu usulda ko’chiriladi.

8.1 rasm. Qiya qatlamlar va to’ldiruvchilar bilan qazib olish tizimi
Qiya qatlamlar bilan qazib olish tizimi gorizontal qatlamlar bilan qazib olinadigan tog’ jinslariga nisbatan mustahkamroq bo’lgan tog’ jinslarida qo’llaniladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. В.С. Хохряков. Открытая разработка месторождений полезных ископаемых. М. «Недра». -1991 г.

  2. Справочник. Открытая разработка месторождений полезных ископаемых. М. «Горное бюро». 1994.

  3. Томаков. П.И. Наумов. И.К. Технология механизация и организация открытых горных работ. М., МГГИ, 1992.

  4. Анистратов. Ю.И. Технологические процессы открытых горных работ. М., Недра, 1985.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling