Mavzu: Rudani yetkazish usullari Rudani yetkazish


Rudani portlash kuchi bilan yetkazish


Download 1.97 Mb.
bet5/5
Sana13.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1770691
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rudani yetkazish usullari

Rudani portlash kuchi bilan yetkazish. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, massivdan ajratilgan ruda portlashda olgan kinetik energiyasi hisobiga qazib olingan bо‘shliq bо‘ylab uloqtiriladi hamda transheya va voronkalarga tushadi. Ruda qazib olingan bо‘shliqdan о‘z og‘irligi bilan yetkazish kabi chiqariladi. Odatda ruda qatlamida skvajinalar yelpig‘ichsimon sxemada joylashtiriladi. Bu skvajinalar ruda tanasi yotgan tomonida barpo etilgan burg‘ulash lahimidan burg‘ulanadi. Rudani massivdan ajratish qatlamlab amalga oshiriladi. Rudani portlash kuchi bilan yetkazish asosan qiya yotgan ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi va qazish natijasida hosil bо‘lgan bо‘shliqga odamlar kirishi man etiladi. Amaliyotda rudani portlash kuchi bilan yetkazish ruda tanasining qalinligi 6–30 m bо‘lgan holatlar kо‘proq qо‘llniladi. Rudani portlash kuchi bilan yetkazish masofasi ruda tanalari yotish burchagi 12–300 bо‘lganda 30–50m, yotish burchagi 30–450 bо‘lganda esa 50–80m bо‘lishi mumkin.Rudani portlash kuchi bilan yetkazish qо‘llanilganda blok asosini tayyorlash va kesish ishlarining tartibi 6-rasmda kо‘rsatilgan.
Rudani portlash kuchi bilan yetkazishning afzalliklari: shamollatish ishlarini sifatli olib borilishiga sharoit yaxshiligi, rudani о‘z og‘irligi ta’sirida yetkazish usuliga taqqoslaganda rudani eltish uchun chiqaruvchi kon lahimlari butun blok maydonida о‘tilmasdan faqat pastki qismida barpo qilinadi, kesish lahmlarining hajmi kamligi.Kamchiligi: skvajinalarni bir qatorli portlatishi (yoki ikki qator orsidagi portlash interval vaqtining oshirilishi) ishlarni tashkillashtirishni murakkablashtiradi va rudaning maydalanish darajasini yomonlashtiradi; portlovchi modda solishtirma sarfining yuqoriligi.



6-rasm. Rudani portlash kuchi bilan yetkazishda blok asosini tayyorlash va kesish ishlari:
1-panel tashish shtregi; 2-panel shamollatish shtregi; 3-shamollatish yuqorilovchi lahimi;
4-burg‘ilash shtregi; 5-shamollatish shtregi; 6-yuklash yо‘lagi (kamerasi).



Rudani gidravlik usulda yetkazish. Bu usul asosan qalinligi 0,7-1,2 m bо‘lgan qiya ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi. Kо‘p holatlarda ruda tanasining yotgan yon tomonidagi notekisliklarida (rudani о‘z og‘irligi, portlash kuchi ta’sirida va mexanizatsiyalashgan usullarda yetkazishdan keyin) qolgan mayda ruda bо‘laklarini tozalashda foydalaniladi. Ruda bо‘laklari monitor nasadkasidan (maxsus qurilma) bosim ostida chiqayotgan suv oqimi energiyasi hisobiga siljiydi. Bu turdagi ruda yetkazishda suvning sarfi soatiga 15–30 m3 ni tashkil qiladi. Suv bilan birga ruda parchalari yuklash lahmiga oqib tushadi va shu yerda tashish vositalariga yuklanadi.
Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling