R E J A: - R E J A:
- Shoirning hayot yo’li.
- So'fi Ollohyorning ijodiyoti.
- So'fi Ollohyor pandnomalarining hozirgi kundagi ahamiyati.
So'fi Ollohyor XVII asrda yashab ijod etgan, dinni nasihat anglab, nasihatlarida esa din talablari, Muhammad Payg'ambar o'gitlari, islomiy ma'rifat, tasavvuf shartlari hamda ilohiy ishq haqida keng fikr yuritgan shoir va allomadir. - So'fi Ollohyor XVII asrda yashab ijod etgan, dinni nasihat anglab, nasihatlarida esa din talablari, Muhammad Payg'ambar o'gitlari, islomiy ma'rifat, tasavvuf shartlari hamda ilohiy ishq haqida keng fikr yuritgan shoir va allomadir.
- Shoirning hayot yoli. So'fi Ollohyor 1620-yilda Samarqandning Minglar qishlog'ida tug'ildi. Uning otasi Olloquli o'z davrining taqvodorlaridan bo'lgan. U ilk savodni oilada oladi. So'fi Ollohyor o'n yoshlarida Buxoroga borib, o'n besh yil Buxoro mad-rasalarida Jo'ybor shayxlaridan ilm o'rganadi. So'ngra Buxoro bojxonasiga ma'mur etib tayinlanadi. U juda qattiqqo'l va rahmsiz bojgir bo'lgan, ko'p kishilar undan jabr tortgan. Jabr ko'rganlar ichida shayx Habibullohning muridlaridan biri ham bo'lgan. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, So'fi Ollohyor shayx Habibulloh huzuriga ziyoratga boradi. Har gapdan xabardor shayx unga qarab "Bu joy mansabdorlarning joyi emas, tolib va g'ariblarning joyidur", deydi.
Bundan ta'sirlangan So'fi Ollohyor Shayx Habibullohning muridlari safiga qo'shiladi va o'n ikki yil shayxning ta'limini oladi. Ta'lim olish yillarida tariqatning riyozatlarini chin e'tiqod ila bosib o'tadi hamda komillik maqomiga erishadi, alloma, karomatgo'y avliyo sifatida kamol topadi. So'fi Ollohyor Buxorada uylanib, Muhammadsodiq, Amina, Halima ismli farzandlar ko'radi. - Bundan ta'sirlangan So'fi Ollohyor Shayx Habibullohning muridlari safiga qo'shiladi va o'n ikki yil shayxning ta'limini oladi. Ta'lim olish yillarida tariqatning riyozatlarini chin e'tiqod ila bosib o'tadi hamda komillik maqomiga erishadi, alloma, karomatgo'y avliyo sifatida kamol topadi. So'fi Ollohyor Buxorada uylanib, Muhammadsodiq, Amina, Halima ismli farzandlar ko'radi.
- Shoirning qabri Surxondaryo viloyatining Denov tumani yaqinidagi qishloqlardan birida joylashganligi ma'lum, biroq vafot yili va unga taalluqli tafsilotlar noma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |