«Sabotul ojiziyn» asari So‘fi Allohyor qalamiga mansub bo‘lib, ahli sunna val jamoa e’tiqodini nazmiy uslubda bayon etgan mo‘tabar asar hisoblanadi. «So‘fi Allohyor» nomi bilan ham mashhur bo‘lgan ushbu asar 20 asr boshlarigacha O‘rta Osiyo madrasalarida o‘qitib kelingan. - «Sabotul ojiziyn» asari So‘fi Allohyor qalamiga mansub bo‘lib, ahli sunna val jamoa e’tiqodini nazmiy uslubda bayon etgan mo‘tabar asar hisoblanadi. «So‘fi Allohyor» nomi bilan ham mashhur bo‘lgan ushbu asar 20 asr boshlarigacha O‘rta Osiyo madrasalarida o‘qitib kelingan.
- Ilm dargohlarida talabalarning savodlari ma’lum darajada chiqarilgandan so‘ng «Sabotul ojiziyn» asari yodlatilgan. Chunki bu asarda aqoid masalalari bilan birga axloqiy fazilatlar ham sodda va ravon uslubda bayon qilingan. Shuning uchun ham ulug‘ ustozlardan biri bu asarni: «Sabotul ojiziyn» mag‘zi Qur’ondir», deya ta’riflagan.
- «Sabotul ojiziyn» asari 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Qozon, Boku, Toshkent va Buxoro shaharlarida qayta-qayta nashr etilgan. Bu esa asarga talab juda katta bo‘lganiga dalolat qiladi.
- «Sabotul ojiziyn» asari ahli ilmlarni doimo o‘ziga jalb qilib kelgan. Shu sababli unga ko‘plab sharhlar yozilgan va yozilmoqda. Jumladan «Risolai Aziza», «Irshadul ‘aiziyn» va «hidayatut tolibiyn» singari asarlar «Sabotul ojiziyn»ning eng mashhur sharhlari hisoblanadi.
- So‘fi Olloyor o‘z kitobida Alloh taoloning birligi va borligi, uning ism va sifatlari, payg‘ambarlar, farishtalar, kitoblar, avliyolar, qiyomat, jannat va do‘zax kabi aqidaviy masalalar, kamtarlik, shirinsuxanlik kabi fazilatlar, yomon xislatlardan chetlanish, doim xavf-u rajoda bo‘lish singari yana turli masalalarni qalamga olib, kishilarni yaxshilikka chorlagan.
- So‘fi Olloyor e’tiqod durdonlarini turkiy tilda ifodalash bilan bugun biz foydalanib kelayotgan o‘zbek tilining naqadar qudratga ega ekanini isbotlab berdi. Darhaqiqat, “Sabotul ojizin” o‘zbek mumtoz adabiyotining shoh asarlaridan hisoblanadi. E’tiborlisi, asar tili bugungi kun tiliga juda yaqin bo‘lib, uni o‘qigan kishi deyarli hech qanday qiyinchiliksiz adibning purma’no hikmatlarini ilg‘ay oladi. Garchi, asarda arab va fors tillaridagi so‘zlar ham ko‘p uchrasa-da, bu narsa kitobning qiymatini kamaytirmaydi, aksincha yanada rang-baranglikni ta’minlaydi. Muallif Nabiy alayhissalomning mo‘jizalaridan biri bo‘lgan oyning ikkiga bo‘linishini qanday ham chiroyli ifodalagan:
- Madad qilsa Xudoe olamoroy,
- Habib etsa ishorat, ayrilur oy.
Do'stlaringiz bilan baham: |