Bu baytning ma’nosi moturidiya mazhabidagi mo‘tabar asarlardan biri bo‘lgan «Bad’ul amoliy» matni bilan deyarli bir xildir: - Bu baytning ma’nosi moturidiya mazhabidagi mo‘tabar asarlardan biri bo‘lgan «Bad’ul amoliy» matni bilan deyarli bir xildir:
- صِفَاتُ اللَّهِ لَيْسَتْ عَيْنَ ذَاتٍ وَلاَ غَيْرًا سِوَاهُ ذَا انْفِصَالِ
- Allohning sifatlari zotining ayni emas, hamda undan ajraladigan boshqa ham emas.
- Keyingi baytda subutiy sifatlar birma-bir bayon qilingan:
- Hayot, ilm, qudrat ham basoru sam’
- Iroda va kalom takviyndur ey sham’.
- Bu yerda «ey sham’» so‘zi «ey chirog‘im» ya’ni «ey bolaginam» ma’nosida qo‘llangan.
- Mazkur sifatlarning sakkizinchisi bo‘lgan «takviyn» sifati haqida moturidiya mazhabidagi eng mo‘tabar kitoblardan biri bo‘lgan «Aqoidun Nasafiy»da shunday deyilgan:
- التَّكْوِينُ صِفَةُ اللَّهِ تَعَالَى اَزَلِيَّةٌ
- Takviyn Alloh taoloning azaliy sifatidir.
Asarda iymonning ziyoda va noqis bo‘lmasligi quyidagicha bayon qilingan: - Asarda iymonning ziyoda va noqis bo‘lmasligi quyidagicha bayon qilingan:
- Yaqin bilgilki iymon bo‘lmag‘ay kam,
- Erur birdek ziyoda bo‘lmag‘ay ham.
- Bu qarash moturidiya mazhabining asli bo‘lgan «Fiqhul akbar» asaridagi quyidagi matn asosida yozilgan:
- Osmon va yer ahllarining iymoni ziyoda ham, kam ham bo‘lmaydi.
- Asarda farishtalar va insonlar orasidagi afzallik haqidagi masala ham moturidiya ta’limotiga asosan bayon qilingan:
- Dedilar ommai farzandi odam
- Malakning ommasidin fazli ko‘p ham.
- Ya’ni payg‘ambar bo‘lmagan insonlar payg‘ambar bo‘lmagan farishtalardan afzaldirlar. Ushbu «ommai farzandi odam» dan kimlar nazarda tutilgani keyingi baytda bayon qilingan:
- Kitobi «Kofiy» kim pur bosafodir,
- Dedi: «omma bu yerda atqiyodur».
- Ya’ni mo‘tabar kitoblardan bo‘lgan «Kofiy» kitobida «omma farzandi odam» dan taqvodor insonlar nazarda tutilgan, deyilgan.
- Bu haqida moturidiya mazhabidagi mo‘tabar asarlardan biri bo‘lgan «Usulud din» kitobida shunday yozilgan:
- Oddiy insonlar, ular taqvodorlardir oddiy farishtalardan afzaldirlar
Do'stlaringiz bilan baham: |