Mavzu: sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish texnologiyasi reja


Download 23.37 Kb.
bet7/7
Sana23.09.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1685325
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sabzavot sharbati

3.Lavlagi sharbati
Lavlagining ta’mi shirin, u davolash xususiyatiga ega.
Lavlagining azotli moddalari oqsil, aminokislota, amidlar va boshqa moddalar ko‘rinishida shakllangan. Betain (metillangan glikokol) –da biologik aktivlik mavjud, uning tuzilishi quyidagicha
(SN3)3N+ — CH2COO —.
Lavlagining qizil rangi undagi betalainlar guruhiga mansub bo‘lgan batanin glikozidi tufayli, uning tarkibiga ikki pirrol qoldig‘i va uch karboksil guruhi kiradi. Betanin rN 4,0-7,0 oralig‘ida stabil rang berib turadi, temperatura oshishiga hamda gamma va ultrabinafsha nurlariga chidamsiz.
Etsiz sharbat ishlab chiqarish uchun lavlagi kalibrlanadi, yaxshilab yuviladi, inspeksiyalanadi, kesiladi va bug‘ bilan 1050S temperaturada ishlov beriladi. Yuqoriroq temperaturalarda ishlov berish mumkin emas, chunki sharbat rangi o‘zgarib ketadi. Bug‘langan lavlagining po‘stlog‘i olinadi, ishqalovchi ishchi organli mashinada maydalanadi, va presslanadi. Siqib olingan sharbat oqizib olinadi, 10%-li qand siropi bilan 1:1 proporsiyada askorbin va limon kislotalari qo‘shib aralashtiriladi va 0,5 l-li taraga qadoqlab 40 daqiqa davomida 1200S temperatura va 250 kPa bosimda sterillanadi. Tayyor mahsulot tarkibida quruq modda 11%-dan kam bo‘lmasligi, qandlar miqdori 7%, kislotaliligi 0,5% va rN 4,4 -dan oshmasligi kerak.
Etli sharbat olish uchun lavlagi pyuresi 10%-li qand siropi bilan 1:1 nisbatda limon va askorbin kislotalari qo‘shilib aralashtiriladi. Lavlagi sharbatiga olma sharbati qo‘shib kupajlash ham amalda mavjud. Aralashtirilgan mahsulot gomogenizatsiyalanadi, deaeratsiyalanadi va germetik tarada konservalanadi.
Sharbatlar boshqa sabzavotlardan ham olinadi: masalan bodring, karam, qo‘zoqli qalampir, salat, shpinat, petrushka, rediska va b. Bijg‘italgan karam sharbati ham ishlatiladi.


Asosiy adabiyotlar.
  1. Bo`riev X.Ch., Rizaev R. Meva-uzum mahsulotlarini biokimyosi va texnologiyasi. - T.: Mehnat, 1996.


  2. Bo`riev X.Ch., Jo`raev R.. Alimov O. Meva-sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlov berish. - T.: Mexnat, 2002.


  3. Rasulov A, Kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlash. - T. Mexnat, 1995.


  4. Shaumarov X.B., Islamov S.Ya. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. - T. Tosh DAU, 2011.





Qo`shimcha adabiyotlar
  1. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qabul qilingan qonunlar to`g`risida, 1998.


  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. - T. O`zbekiston. 1994.


  3. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida. - T. O`zbekiston, 1995.


  4. Shirokov E.P. Praktikum po xraneniyu i pererabotki plodov i ovoshey. -M. Kolos, 1989.


  5. Bo`riev X.Ch., Jo`raev R.. Alimov O. Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish (o`quv qo`llanma). - T.: Tosh DAU, 2003.






Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling