Mavzu: Sabzavot va Mevalar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Mevalar va sabzavotlarni saqlash


Download 0.65 Mb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1413421
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Meva va sabzavotlar (2)

3.Mevalar va sabzavotlarni saqlash
Mevalar va sabzavotlarni saqlash — hoʻl va sersuv mahsulotlarni isteʼmol etish yoki qayta ishlashga qadar saqlanishiga yordam beradigan tadbirlar majmui. Yetishtirilgan mahsulotni nest-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saklash va undan foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri boʻlgan. Saqlashni toʻgʻri tashkil etish mahsulot sifatining uzok, vaqt buzilmasligini va nobudgarchilikning oldini olishni taʼminlaydi.
Oʻzbekistonda meva va sabzavotlarni saklashning eng kad. usullari koʻmib yoki ilib saqlash, qoqi qilib quritish kabilar keng qoʻllanilgan. M. va s s.dagi asosiy vazifa ularning fizik va kimyoviy tarkibini, rangi, taʼmi, oziqlik qiymati va boshqa xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. M.va s. s.ni sakutshdagi asosiy qiyinchilik bu mahsulotlar tarkibida erkin holatdagi suvning koʻpligi bilan bogʻliq. Harorat yuqori boʻlgan sharoitlarda bu narsa hujayra va toʻqimalarning nafas olish, pishib yetilish va qarish jarayonlarini faollashtiradi, bugʻlanishni va patogen mikroflora rivojlanishini kuchaytiradi. TTTu sababli saqlashda saqlanadigan mahsulotlar va makroorganizmlar hayot faoliyatini susaytiradigan sharoitlar yaratilishi kerak.
Yigʻim terimdan key-ingi dastlabki kunlarda sersuv mahsulotning nafas olishi kuchayadi. Soʻngra, ayniqsa, meva va sabzavotlarni tez sovitilganda nafas olish jadalligi sekinlashadi. Saqlash jarayonida havo namligi pasayganda bugʻlanish, nafas olish va patogen mikroorganizmlarning rivojlanishi kuchayadi. Nafas jadallashuviga omborxonalardagi havo tarkibi ham taʼsir koʻrsatadi. Kislorod miqdorining kamayishi, karbonad angidridning ortishi meva, sabzavotlarning saqlash muddatini uzaytiradi.
Kasalliklar (chirish, mogʻorlash va boshqalar) keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarning rivojlanishi katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga va mahsulotlarning oʻz-oʻzidan qizib ketishiga sabab boʻladi. Natijada mahsulotning koʻp qismi nobud boʻladi.
Meva va sabzavot omborlari, sovuqxonalar yangi hosil joylashidan oldin formalin yoki oltingugurt gazi bilan yuqumsizlantiriladi, yangi soʻndirilgan ohak bilan oklanadi, quritiladi, mahsulotlar saqlanadigan haroratga qadar sovutiladi. Olma, nok, asosan, ostiga qogʻoz yozib (noklarni qogʻozga oʻrab) joylangan yashchiklarda —0,5, —0° da va nisbiy namligi 90— 95%da saqlanadi. Kartoshka xonalarda yerga qazilgan oʻralarda, faol shamollatiladigan omborlarda devorli xirmonlarda 3,5–5 m balandlikda, karam uyumlarda, xandaklarda va turli doimiy omborlarda, yashchiklarda saqlanadi. Harorat —3°, —G; havo namligi 70—75% dan oshmasligi kerak. Qo-vun—tarvuzlarni xashakka joylab yoki osib +3°da 4 oyga yaqin saklash mumkin.
Sabzavotlarni saqlashda ishlatiladigan idishlar. Sabzini sun’iy sovitiladigan
omborlarda ham saqlash mumkin. Bunda mahsulot sig’imi 30-50 kg konteynerlardan yoki polietilen qoplardan foydalaniladi. Sabzini sovitilgan holda uzoq muddat (200 kundan ortiq) saqlash mumkin. Uni konteynerlarda saqlash yuklash va bo’shatish ishlarini mexanizasiyalashga imkon beradi. Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli perspektiv usul hisoblanadi. Mahsulot nafas olishi natijasida qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90- 95%) hosil bo’ladi va kerakli mikroda karbonat angidrid (3-5%) to’planadi. Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi, shakar va vitaminlarning yo’qotilishi ancha kamayadi. Ildizmevalar handaqlarda aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi. Ildizmevalarni handaqlarda yashiklarga joylanib ham saqlanadi. Faqat bunda handaq kattaroq qilinadi eni 3-3,5 m, balandligi 1,5 m ga etkaziladi.
Maxsus omborlarda ildizmevalar ancha yaxshi saqlanadi. Bunday omborlarda ular yashiklarga va konteynerlarga solinib hamda 1,5 m qalinlikda uyulib ham saqlanadi. Karamni saqlashda 30-40 kg li konteynerlardan ham foydalanish mumkin. Karamni teshikli polietilen qoplarda ham saqlash yaxshi natija beradi. Pomidor omborlarda yashiklarga solinib saqlanadi. Bunda yashiklar eniga ikki qator, tepasiga sakkiz-o’ntadan qilib, uzunasiga esa istalgancha joylanadi. Taxlar orasida 0,6-1,5 m li yo’lak yashiklar o’rtasida esa 5-10 sm oraliq qoldirish tavsiya etiladi. Bodringni terish vaqti va terish sifati uni saqlashda katta ahamiyatga ega. Terish texnologiyasining buzilishi uning barraligi tez yo’qolishiga, burishib sarg’ayishiga va eb bo’lmaydigan bo’lib qolishiga olib keladi. Pishib o’tib ketgan bodringning urug’i va po’sti zichlashadi, eti dag’allashadi. Bodring odatda ertalab, issiq boshlanguncha terib olinishi lozim. Kechki bodringni kun bo’yi terish mumkin. U yashiklarda yoki maxsus savatlarda tashiladi. Uzum, meva, rezavor meva va sabzavotlarni tashish va saqlashda turli qutilardan foydalanish. Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib etilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning ertapishar navlari kam muddatga, 7 kechki navlari esa 7-8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog’ozga o’ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog’oz yoki qirindi solinsa ham bo’ladi. Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo’lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo’yiladi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib etilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va xushbo’yligi o’zgarmaydi.
Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o’zgartirib turish lozim. Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2-3 oy saqlashga qo’yiladi. Ular yashik, karton quti va konteynerlarda saqlanadi. Mevalarni konteynerlarda saqlash omborning 1 m3 hajmidan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Bunda 1 m3 foydali hajmda mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250-300 kilogramm, konteynerlarda 400 kilogrammni tashkil qiladi. Olmani saqlashda ularni polietilen plyonkalarga joylashtirish keng qo’llanilmoqda. Bunda sig’imi 1-3 kilogramm polietilen xaltachalardan foydalaniladi. Bunday xaltachalar ichida 1,5-2 oy ichida kislorodning mikroi 14- 16% ga, karbonat angidrid esa 5-7% ga etadi. Polietilen xaltachalarni omborga joylashtirgach, ularning og’zi ikki-uch kun ochib qo’yiladi olma sovitilgandan so’ng ularning og’zi yopiladi. Polietilen xaltachalar konteynerlarga joylashtirilgan holda omborlarga joylashtiriladi. Olmani saqlashda polietilendan yasalgan konteynerlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda 600-800 kg meva sig’adigan konteynerlar qo’llaniladi.
Polietilendan yasalgan konteynerlarga gaz muhitini boshqarish uchun maxsus tuynuklar qo’yiladi. Nok odatda pishib etilish oldidan uzilib, toza va quruq yashiklarga joylashtiriladi. Yashiklar tagiga qog’oz yoyib qo’yiladi, qog’ozning ikkinchi uchi nokning ustiga yopiladi. Qog’oz ustiga qirindi sepiladi yoki karton yopiladi. Nokni shaxmat usulida joylashtirib qator orasiga qirindi sepish ham mumkin.
Yashiklar xuddi olma singari taxt qilib qo’yiladi. Gaz muhiti boshqarilib turiladigan omborlarda nok 300-350 kilogrammli konteynerlarda saqlanadi. Behi saqlash uchun yashiklarga joylashtirilganda tagiga kog’oz to’shaladi va oralariga qirindi solinadi. Behi 35 kg yashiklarga yoki konteynerlarga (gaz muhiti boshqariladigan omborlarda) joylashtiriladi. Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalarning saqlashga chidamliligi past bo’lib, ular o’zidan suvni tez yo’qotib, so’liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi. Yirik va o’rtacha kattalikdagi o’riklar to’g’ri qatorlarga terilib, maydalari esa to’kma qilib yashiklarga joylanadi.
Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog’oz to’shaladi uning ustiga ham qirindi sepiladi.
Olxo’rini saqlash uchun yashiklarga to’g’ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo’ri yashikka to’kma qilib solinadi. Olxo’ri harorati 0-1S, nisbiy namligi 90- 8 95% bo’lgan omborlarda saqlanadi. 1S haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi. Polietilen xaltachalarda -1S haroratda 2-3 oy saqlash mumkin. Sanoatda №1 nomi bilan ataluvchi yashikning sig’imi 8 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi.
Omborning foydalanish koeffisienti 85%. Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda xirmonlarda to’kma holda, konteynerlarda, yog’och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki ushbu referatda biz savzavotlar va mevalar haqida bir qancha ko’plab tushunchalarga ega bo’ldik.Bunda sabsavotlar va mevalarning kelib chiqish tarixi va ularing foydali xususiyatlari haqida ko’plab ma’lumotlarni bilib oldik.
Yigʻim terimdan key-ingi dastlabki kunlarda sersuv mahsulotning nafas olishi kuchayadi. Soʻngra, ayniqsa, meva va sabzavotlarni tez sovitilganda nafas olish jadalligi sekinlashadi. Saqlash jarayonida havo namligi pasayganda bugʻlanish, nafas olish va patogen mikroorganizmlarning rivojlanishi kuchayadi. Nafas jadallashuviga omborxonalardagi havo tarkibi ham taʼsir koʻrsatadi. Kislorod miqdorining kamayishi, karbonad angidridning ortishi meva, sabzavotlarning saqlash muddatini uzaytiradi.
Kasalliklar (chirish, mogʻorlash va boshqalar) keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarning rivojlanishi katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga va mahsulotlarning oʻz-oʻzidan qizib ketishiga sabab boʻladi. Natijada mahsulotning koʻp qismi nobud boʻladi.
Meva va sabzavot omborlari, sovuqxonalar yangi hosil joylashidan oldin formalin yoki oltingugurt gazi bilan yuqumsizlantiriladi, yangi soʻndirilgan ohak bilan oklanadi, quritiladi, mahsulotlar saqlanadigan haroratga qadar sovutiladi. Olma, nok, asosan, ostiga qogʻoz yozib (noklarni qogʻozga oʻrab) joylangan yashchiklarda —0,5, —0° da va nisbiy namligi 90— 95%da saqlanadi. Kartoshka xonalarda yerga qazilgan oʻralarda, faol shamollatiladigan omborlarda devorli xirmonlarda 3,5–5 m balandlikda, karam uyumlarda, xandaklarda va turli doimiy omborlarda, yashchiklarda saqlanadi. Harorat —3°, —G; havo namligi 70—75% dan oshmasligi kerak. Qo-vun—tarvuzlarni xashakka joylab yoki osib +3°da 4 oyga yaqin saklash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mevasabzavotlarni saklash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi, T., 2000. Dyachenko V. S, Bolezni i vrediteli ovoshey i kartofelya pri xranenii, 2 izd. M., 1985.
2. Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O. - Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash. T., “Mexnat”, 1997 y.
3. Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O. - Dala ekinlari mahsulotlarini saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. UzME., T, 2004 y.
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling