IV.Mustahkamlash:
Mustahkamlashda savol va topshiriqlar asosida ishlanadi.
1.Yangi hovliga ko`chib kelgan Tillayev oldida Qurbonboy o`zini qanday tutdi?
Javob: yuklarni mashinadan tushirdi, polni o’zi yuvdi, gilamni ham o’zi qoqib keldi.
2.Qurbonboy yetaklab kelgan itning oti nima edi?
Javob: Qoplon
3.Tillayevga yaqinlashib olgan Qurbonboy qanday manfaatlar ko’rdi?
Javob: Oddiy mashina yuvuvchidan garaj mudiriga muovin qilib qo’ydi.Uyiga 180ta shifer, 30 ta tunuka tushirildi.
4.Tillayev bod kasali tutib ishdan bo`shagach Qurbonboy nima qildi?
Javob: Qoplonni aylantirib kelaman, deb olib ketdi.
5.Ancha vaqt o’tib ko’chada Qurbonboyni qoplon bilan ko`rgan Tillayev chaqirig`iga kim qaradi?
Javob: It qaradi-yu Qurbonboy qaramadi
6.Tillayev Qoplonni kimning uyida ko’rdi?
Javob: Yangi direktorning
7.Asarning g’oyasini ayting.
Javob: Yozuvchi bu bilan Qurbonboylar kabi kimsalar, ablah odamlarni jamiyatda, insonlar orasida o’rni bo’lishi kerak emas degan g’oyani ilgari suradi.
Har bir guruhga Tillayev va Qurbonboy timsollariga “Sinkven” tuzish vazifasi topshiriladi.
Tillaev
Rahimdil, ishonuvchan
Oldi, ko`chdi, chiqdi
Yetti, o`ttiz, bir, yuzta
Tillaev Qurbonboyning so`zlariga juda ishondi.
1.Qurbonboy
2.Oriyatsiz, surbet
3.Tushirdi, yuvdi, qoqdi,
4.bir yuz sakson, yuz, yetti, bir
5. Qurbonboyni yangi xo`jayinning uyida ko`rishdi.
V. Dars yakuni:
Dars o’qituvchining xulosasi bilan yakunlanadi.
Baholash va rag`batlantirish:
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantirilib, barcha o`quvchilar ishtirokiga ko`ra baholanadi.
VI.Uyga vazifa: ,,Qoplon‘‘ hikoyasidan olgan taassurotlari asosida ijodiy ish tayyorlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |