Mavzu: saljuqiylar davrida davlat boshqaruvi aparati I. Kirish II. Asosiy qism


Download 56.65 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi56.65 Kb.
#1385302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs iwi

Батафсил царанг: Сельджукидн... с. 49—53..~.:
Bunda «cho`gni birovning qo`li bilan ushlash» siyosatidan unumli foydalanishga ko`p harakat qilingan. Chunonchi, saljuqiy Sulton Malikshoh davri da Vizantiya diplomatik yo`llar bilan Xitoyni saljuqiylarga qarshi gij-gijlab, ular o`rtasida urush
chiqarishga obdon harakat qilgani ma’lum. Ammo Sun xonadonidan bo`lmish Xitoy hukmdorlari urushdan ko`rasavdo aloqalari ko`proq manfaatliroq ekanini anglagan holda «shayton yo`lidan» yurmaydilar. Vizantiya bu bilan
tinchimay endi to`gridan-to`g`ri g`arbda, Evropaning o`zida saljuqiylar, aniqrog`i «musulmonlar xavfi»ni bayroq qilib, ularga qarshi kurashga da’vat qila boshlaydi.
Vaholanki, islom dinini endigina qabul qilgan saljuqiylar islomni yo uning «xavfi»ni eltuvchi kuch bo`lolmasdilar. Zero, islom dini zuhuridan keyin din bayrog`i ostidagi biron-bir yurish, istilo yo`qkim, asl maqsadi va manfaati bilan siyosiy, iqtisodiy mo`ljallar bilan uyg`unlashmagan bo`lsin. Demak, saljuqiylar Vizantiya uchun, eng avvalo siyosiy, xalqaro savdo munosabatlarida katta raqib hisoblanardi. Odatda, raqibn yengish ishi unga nisbatan ko`pchilik fikri, ya’ni mafkurasini qarshi qo`yishdan boshlanganidek, Vizantiya saljuqiylarning harbiy-siyosiy xavfiga qarshi mafkura, e’tiqod omilini qo`ydi. Bundan Rim cherkovi va boshqa Evropa mamlakatlari iloji boricha foyDalanishga harakat qildilar: Shu tariqa хИ asrning so`nggi o`n yilligida mafkura bo`yoqlari bilan chaplangan, aslida ta’sir doiralar kurashidagi bir harakatgina bo`lgan salib yurishlari boshlangan. Salibchilarning sharqqa qarab harakatlarini qirqishda saljuqiylarning xizmatlari
' Бата(1кил қаранг: Торихи адабиёт дар Ирон, 2-жилд, 234—241-бетлар.

katta bo`lgan.


Saljuqiylar o`z tobelygida bo`lgan yurtlarda fan vamadaniyat taraqqiyoti o`chun barcha shart-sharoitni yaratib berishga intilganlar. Sadjuqiylar xonadoniga mansub oliy hukmdormi, shahzodami yo malikami, hammalari mamlakatdagi biron-bir shaharda bir yo bir nechta madrasa qurishni o`z vazifalari, deb bilganlar. Ulardan vazirlar, amirlar, mahalliy hokimlar ham o`rnak olib ishtutganlar. Chunonchi, tilga olganimiz mashhur vazir Nizomul mulk o`z davrida ko`plab madrasalar qurdirgan. Harbir madrasada o`nlab, yuzlab ilm toliblari ham diniy, ham dunyoviy sohalarda bilim olganlar. Madrasalarda ham tabiiy-aniq fanlar, ham ijtimoiy-diniy bilim- lardan tahsil olingan. O`quvchilarga oylik nafaqa berib borilib, joy bilan ham ta’minlangan, ularni o`z davrlarining etuk olimlari o`qitganlar, ilm toliblarining ixtiyorida ko`p ming jilddan iborat kutubxonalar bo`lgan. Ba’zi bir madrasalarda o`quvchilar soni minglab bo`lganini bilamiz. Masalan, Nizomul mulk tomonidan asos solingan «Nizomiya» madrasalaridan birida olti ming nafar talaba yashab, ta’lim olgani ma’lum.
Ilmu ma’rifatga bo`lgan an’anaviy jiddiy e’tibor saljuqiylar davrida ham o`z ahamiyatini yo`qotmadi va biz buni yuqorida ta’kidlangan o`nlab madrasalarning barpo qilinishi orqali ham bilib olishimiz mum.kin. Ahvol haqiqatan ham shunday bo`lganini o`sha zamonda yashagan buyuk olimlar, shoirlar faoliyaty ham tasdiqlaydi. Bahoviddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Umar Xayyom, Abulhotam Muzafar Isfizoriy, Zahiriddin G`aznaviy kabi handasachilar, yulduzshunoslar, riyoziyotchilar, Sharaf az-zamon Muhammad Iloqiy, sayyid Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy kabi tabiblar, kimyogarlar, Mu’iziy, Anvariy, Sobir Termiziy, Asiriddin Axsikatiy, Raf’iy Marvaziy kabi yirik shoirlar shular jumlasidandir. Odatdagidek, ular o`z zamonlarining barcha ilmlaridan xabardor bo`lganlar. Masalan, Umar Xayyomni biz ko`proq mashhur shoir, aniqrog`i, to`rtliklar ustasi sifatida taniymiz. Vaholanki, u etuk yulduz shunos va riyoziyotchi ham edi. Xayyom ishtirokida rasadxo-na loyihasi chizilib, so`ng bir yil ichida barpo etilgan. Unda olib borilgan kuzatishlar va boshqa izlanishlar natijasida 1097 yili Umar Xayyom Sulton Malikshoh topshirig`iga ko`ra yangi taqvim (kalendar) tuzadi. Uning anikdigi Grigoriy kalendaridan ham yuqori bo`lishiga qaramay amalda joriy qilinmasdan qolib ketgan. Bundan tashqari matematika tarixida sonlardan butun musbat ildiz topishning umumiy qoidasini birinchi isbotlab bergan ham Umar Xayyomdir.
Yo bo`lmasa, kutubxonalar ahvolini olaylik. Bilim va ma’rifat tarqatishda, buyuk ajdodlarimiz tarixiy-madaniy merosini saqlashda katta ahamiyat kasb etgan bunday muassasalar saljuqiylar davrida bir talay edi. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy (1179—1229) Marvda bo`lganida bu erda o`nta yirik kutubxona borligini ko`rgan. Mazkur kutubxonalarda saqlanayotgan kitoblar Qimmati va soni jihatidan dunyoda biron-bir kutubxona unga teng kelolmaydi deb yozgandi tarixchi.
Xullas, saljuqiylar davri va faoliyati haqida ko`p yozish mumkin. Ammo bir narsa aniqki, Turkistondan chiqqan namoyanda sifatida saljuqiylar mazkur mintaqaning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohadagi ko`p asrlik tajriba va an’analariga suyanganlar, baholi qudrat o`z faoliyatlarida ularni davom ettirishga harakat qilganlar.

Download 56.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling