Mavzu: saljuqiylar davrida davlat boshqaruvi aparati I. Kirish II. Asosiy qism
Download 56.65 Kb.
|
kurs iwi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ……………………………...... 22 III. XULOSA…………………..……………………………………………..33 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…...……………………………35 KIRISH
MAVZU: SALJUQIYLAR DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI APARATI I. KIRISH……………………………………………………………………3 II. ASOSIY QISM: 1.Saljuqiylar davlatining vujudga kelishi va bosqinchilik yurishlari……..……….4 2. Saljuqiylar hukumronligi davrida davlat boshqaruv aparati.……..…………..16 3. Davlat idoralarining vazifasi va vakolatlari…..……………………………......22 III. XULOSA…………………..……………………………………………..33 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…...……………………………35 KIRISH SALJUQIYLAR DAVLATINING VUJUDGA KELISHI VA BOSQINCHILIK YURISHLARI 1.Saljuqiylar davlatining tashkil topishi. Kishilikning eng qadimgi madaniy o`choqlaridan biri hisoblanmish Turkiston tarixiy taraqqiyotiningo`nqir-cho`nqirlariga qaramay doimo o`zining sernufusligi bilan ko`zga tashlanib kelgan. Va, tabiiy ravishda hayot shahar va vohalardan tashqarida — dashtu-biyobonlarda ham qaynagan. Shuning uchun ham Turkistonxalqlari hayotida o`troq, yarim o`troq va ko`chmanchilikturmush tarzi yonma-yon, bir-biriga g`oyatda bog`liq ravishda mavjud bo`lib kelgan. Xorazm, Zarafshon, Farg`ona, Qashqadaryo, Surxondaryo voha va vodiylarida yashaganxalqlar ming yillar davomida asosan o`troq hayot kechiribkelgan bo`lsalar, atrofdagi cho`lu biyobrnlarda, tabiiyravishda, ko`chmanchi, yarim ko`chmanchilar istiqomat qilgan. Shu bilan birga ko`chmanchi muhitdan ham vaqti kelib qudratli siyosiy sulolalar etishib chiqqani ham ma’lum. Bu, ayniqsa, saljuqiylar sulolasi misolida ko`zga yaqqol tashlanadi. Saljuqiylar turkiy o`g`iz qavmi tarkibida dastlab hozirgi Janubiy Qozog`iston hududiga to`g`ri keladigan yaylovlarda, Sirdaryoning o`rta oqimidagi erlarda ko`chmanchi hayot kechirar edilar. Aslini olganda xuddi shu vaqtda saljuqiylar sulolasi hali shakllanmagan edi. Boshqacha aytganda, saljuqiylar bu etnik nom emas. X asrda Balxash ko`lining janubidan to Quyi Volgagacha bo`lgan hududda turkiy xalqlardan bo`lmish o`g`izlar yashardilar. 1 Sadr ad-Din Ali Husayniy. Zubdat at-tavarih, s. 23—24; Tarixi Salojaqa,10-bet; Rohat as-sudur, 86—87-betlar; Agadjanov S. A. Ocherki istorii oguzov iturkmen Sredney Azii Их—хИИИ vv., 1969, s, 179—180. Ular ko`plab qabila va urug`larga bo`linganlar. Ana shundaylardan biri — qiniq urug`idan chiqqan Saljuq ismli shaxs o`zining fazilatlari, bilimdonligi, abjirligi va mardligi orqasida obro`-e’tibor qozonib boradi va bir qancha o`g`iz qabilalari sardori, katta harbiy kuch boshlig`i darajasiga erishadi. Tabiiy ravishda bunday, shaxslarning borib-borib o`z davrasi, ta’sir doirasi vujudga keladi. Saljuqda ham shunday bo`lgan. Bu esa o`z o`rnida muayyan qarama-qarshiliklarni ham vujudga keltirgan. Xullas, iqtisodiy-siyosiy raqobat natijasida Saljuq o`z tarafdorlari bilan yuqorida tilga olingan Sirdaryoning o`rta oqimlarini tark etib, daryoning quyi oqimi chap qirg`og`idajoylashgan Jand viloyati yaqiniga kelib o`rnashadi. Bu voqea taxminan X asrning o`rtalarida sodir bo`lgan. Shu orada ular islom disini qabul qiladilar. Ular xuddi shu asrda Movarounnahrni idora qilayotgan somoniylar, aniqrog`i so`nggi somoniylarni harbiy jihatdan qo`llab-quvvatlaganlarini bilamiz. Saljuqiylarning Movarounnahr siyosiy hayotiga faol aralashuvi ayniqsa somoniylarning qoraxoniylar bilan raqobati yillari kuchaydi. Bu esa saljuqiylar qaramog`idagi o`g`iz qavmlarining Samarqand, Buxoro, Kesh viloyatlariga borib o`rnashishlari uchun sharoit yaratdi. Ular o`z turmush tarzlariga ko`ra yaylovlar, dashtliklarda o`rnashganliklari tabiiy. Shahar va vohalarda esa, avvalgidek, o`troq turkey aholisi istiqomat qilavergan. O`g`iz qavmlarining harakati ikki daryo oralig`i bilan cheklanib qolmagan. Торихи Саложақа, 11-бст; Зубдат ат-таварих, с. 24; Роҳат ас-судур, 87-бет. 2 Роҳат ас-судур, 100—101-бстлар; Зубдат ат-таварих, с. 32; Торихи Саложақа, 14-бет. 3 Роҳат ас-судур, 105-бет; Зубдат ат-таварих, с. 36. 1025 yili ularning bir qismi (4000 oila) Mahmud G`aznaviyning roziligi va bir necha shartlar bilan Saraxs, Farova va Obivard atroflaridagi yaylovlarni o`zlariga makon qiladilar. Shu tariqa ular Xurosonga qadam bosadilar. Saljuqiylar iloji boricha Xurosonda mavjud iqtisodiy, savdo va, albatta, siyosiy sharoitlardan foydalanishga harakat qilganlar. Bu o`z o`rnida shu vaqtda o`lkada hukmdor bo`lgan G`aznaviylar manfaatiga zid kelardi. Shu tariqa o’zararo ziddiyat paydo bo`ladi. 1040 yilga qadar ular bir necha marta o`zaro to`qnashganlar. Oxiri esa ko`rsatilgan yili Dandoniqonda saljuqiylar g`aznaviylarni mag`lubiyatga uchratadilar. Bu vaqtga kelib Saljuq allaqachon oxiratga ravona bo`lgan, uning xonadoni siyosiy faoliyatiga esa nabirasi To`g`rulbek (1038—1063) boshchilik qilardi. Xullas, 1040 yili To`g`rulbek Xuroson hukmdori deb e’lon qilinadi va shu tariqa dunyo saltanatlari tarixida yana bir qudratli sulolaning rasmiy yuksalish yo`li boshlanadi. XI asrning mazkur 40-yillaridayoq saljuqiylar Xorazm, Eron, Kavkazortiga harbiy yurishlar uyushtiradilar. 1055 yili esa To`g`rulbek xalifalik poytaxti Bag`dodni egallaydi va o`z nomiga xutba o`qittiradi. To`g`rulbek hayotligidayoq saljuqiylar Eron, Iroq, Kavkazorti o`lkalarini o`z ta’sir doiralariga tortgan edilar. 1071 yili esa keyingi saljuqiy hukmdor Sulton Alp Arslon (1063—1072) Kichik Osiyoda Vizantiya podshosi Romen IV Diogenni engib, o`zini asirga oladi. Bu o`z o`rnida saljuqiylarning Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o`rnashib olishlari uchun katta zamin tayyorlaydi. Ториш Саложақа, 14—25-бетлар; Зубдат ат-таварих, с. 36. 2 Роҳат ас-судур, 172—173-бетлар. Sulton Malikshoh (1072—1092) zamonida Samarqand, Buxoro, O`zgand (Farg`ona) ham saljuqiylar qo`l ostida birlashadi. Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham saljuqiylar ustunligini tan oladilar. Sulton Malikshoh hukmronligi davrida saljuqiylar saltanati Sharqiy Turkistondan O`rta dengizgacha bo`lgan hududni o`z ichiga olgan. Shu bilan birga, avvallari ham ko`rganimizdek, har qanday saltanatning o`z yuksalish bosqichi bo`lishi bilan birga parchalanish, inqiroz yo`liga kirish davri ham bo`ladi. Saljuqiylar saltanatining zaiflashib parchalanish jarayoni esa XI asrning ikkinchi yarmida boshlanadi. Bunday jarayon sababini saltanatning haddan tashqari ulkan hududda yastanganligi, buning oqibatida uni bir markazdan turib boshqaruvdagi ma’lum qiyinchiliklarning vujudga kelishi, rasmiy sulolaning ko`plab namoyandalari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram o`lkalarning tabiiy ravishda noroziligi, qarshiligi kabilar bilan tushuntirish mumkin. Qisqasi, XI asrning ikkinchi yarmidayoq saljuqiylar xonadoni vakillari faoliyati bilan bog`liq Suriya, Iroq, Anato`liya (Ko`nya), Kermon sultonliklari yuzaga keladi. Sulola ichki nizolari keskinlasha borib, хИИ asr boshlaridayoq saltanat sharqiy va g`arbiy qismlarga bo`linib ketadi (ashinaliylar, qoraxoniylarning ham ichki nizolar sababli xuddi shunday qismlarga bo`linib ketganini eslaylik). Sharqiy qism asosan Xuroson va Movarounnahrdan iborat bo`lib qoldi. Uning chegaralari, ta’sir doirasi qat’iy bo`lmay o`zgarib turgan. Chunonchi, Sulton Sanjar (1118—1157) qudrati avjiga chiqqanvaqtlarda g`arbiy saljuqiylar (Eron, Iroq, Ozarbayjon) uning, ya’ni sharqiy saljuqiylarning siyosiy ta’sirida bo`lganlar. 1141 yili Movarounnahrga sharqdan qoraxitoylarning bostirib kirishi bilan esa Sulton Sanjarning ham kuchi kirqildi. Qoraxitoylarga qarshi saljuqiylar qoraxoniylar bilan birgaliqda lashkar tortgan bo`lsalar-da, ammo mag`lubiyatga uchraydilar. 30 ming kishi, jumladan, 3—4 ming amiru amaldor ham halok bo`ladi. Bu o`z o`rnida saljuqiylarga qaram bo`lgan Xorazm sulolalarining yuksalishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu erdan chiqqan xorazmshohlar (anushteginiylar). XII asrning ikkinchi yarmida g`arbiy saljuqiylarga zarba beradilar. Sharqiy saljuqiylar faoliyatiga esa Sulton Sanjar o`limidan keyin chek qo`yiladi. Boshqacha qilib aytganda, XII asr oxiriga kelib Kichik Osiyodagi Anato`liya (Ko`nya) sultonligidan o`zga biron-bir makonda rasmiy saljuqiy xonadoni qolmaydi. Anato`liya (Ko`nya) sultonligi esa XII asr o`rtalarida mo`g`ullarga qaramlikka tushadi. Ammo nima bo`lganda ham xuddi mana shu saljuqiylar tufayli Kichik Osiyoga turkiy tilli qavmlarning borib o`rnashishi jarayoni kuchayadi va borib-borib mazkur mintaqada turkiy davlat va millatga asos solinishi uchun tegishli zamin yaratdi. Shuning uchun ham hozirgi Turkiyadagi turkiy tilli xalq Turkistonni ota yurtimiz, ya’ni tarixiy vatanimiz, deb e’tirof etadi. Endi saljuqiylar davri davlat qurilishi masalasiga to`xtalsak. Davlat tepasyda oliy hukmdor maqomida saljuqiylar xonadoni namoyandasi turgan. U Sulton (Sulton ul-a’zam) unvoniga ega bo`lgan. 1 Низомул мулк. Сиёсатнома, 12-бет. 2 Ўша жойда, 18-бет. Uning nomidan xutba o`qilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o`tgan. Mulk, er-suv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlaridan boxabar bo`lib turish, qo`l ostidagi amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilib turish uning haq-huquqlari va vazifalari sirasiga kirgan. Shuningdek oliy hukmdor o`z mansabdorlari, xizmatkorlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni, amaldorlarning daromadi, soliq to`plovchilar, ularga boshchilik qiluvchilarning faoliyatini nazorat qilib borishi kerak bo`lgan. Mamlakat obodonligi, sun’iy sug`orish tizimlarini barpo etish, ko`priklar qurish, qishloqlarni obod etmoq, ekinlar ahvolidan boxabar bo`lish, qal’alar, yangi shaharlar barpo etish, oliy binolar qurish, katta yo`llar uzra rabotlar (mehmonxonalar) bino etish, madrasalar ochish kabi qator savobli va har qanday davlat rivoji uchun zarur bo`lgan tadbirlarni amalga oshirish ham oliy hukmdor zimmasida bo`lgan1, Nizomul mulk hukmdorning fuqarolarga munosabatini shunday belgilagan: «Podshohning bir haftada ikki kun zulm ko`rganlarni qabul qilmasdan iloji yo`q. U zulmkorni jazolamog`i, insofga chaqirmog`i, raiyyat so`zlarini o`zqulog`i bilan vositachisiz eshitmog`i kerak. Arzchilar eng muhim so`zlarini aytmoqlari, (hukmdor esa) ular bo`yicha hukm chiqarmog`i lozim. Shunda mamlakatda podshoh ezilgan va adl istovchilarni haftada ikki kun qabul qilib, ularning so`zini tinglar ekan, ovozasi tarqaydi. Zolimlar bundan cho`chiydilar, qo`llarini kalta qiladilar». G`aznaviylar, qoraxoniylar, somonyylar misolida ko`rganimizdek, saljuqiylar boshqaruv tizimi ham ikkiga: dargoh va devonlarga bo`lingan. Dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalarni ko`rsatib o`tamiz: ulug` hojib — dargohdagi sultonga eng yaqin kishi, dargoh bilan devonlar o`rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushtiruvchi. Horis amiri (amiri horis) sulton chiqargan jazo hukmlarini ijro etish bilan shug`ullangan. Saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa, sultonga taalluqli narsalarni saqlash ishini salohdor olib borgan. Dargoh ishlarini boshqaruvchi xos vakil, sulton bayrog`ini tutuvchi alamdor deyilgan. Sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlash janddorga yuklatilgan. Shuningdek dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, chashnegir (sultonning ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxur, toshtdor kabi mansabdorlarning ham o`z o`rni bo`lgani ma’lum. Saljuqiylar boshqaruv tizimida ham bosh vazir xizmati alohida ahamiyat kasb etgan. U markaziy boshqaruv (devoni a’lo) tepasida turgan holda mavjud barcha devonlar (vazirliklar) faoliyatiga rahbarlik qilgan. Xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli ishlab chiqarish muassasalari ishini nazorat qilish uning gardanida edi. Manbalarda bosh vazirni rais ur-ruaso (raislarning boshlig`i), sa’id ur-ruaso (boshliqlarning kattasi), deb ta’riflashlariga ko`ra aytish mumkinki, uning faoliyati mamlakatning ichki va tashqi siyosatidagi barcha sohalarga tegishli bo`lgan. Chunonchi, u sulton nomidanqaram o`lkalar hukmdorlari, xorijiy davlatlar namoyandalari bilan muloqot va muzokarada bo`lish huquqiga ega edi. Ikkinchi tomondan, shunchalik keng ko`lamda faoliyat ko`rsatish uning bir o`ziga og`irlik qilgani tabiiy. Shuning uchun ham bosh vazir o`zining maxsus vakillari, nazoratchilari orqali ham ish yuritgan. Download 56.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling