Mavzu: Samarqandda sarbadorlar harakati. Amir Temurning siyosiy faoliyatining boshlanishi
Amir Temur tomonidan Mavaraunnahr hokimiyatining egallanishi
Download 19.61 Kb.
|
SAMARQAND
8. Amir Temur tomonidan Mavaraunnahr hokimiyatining egallanishi.
Temur huzuriga amir Kayxusrav, amir Joku Barlos, Shiburg‘on hokimi Zinda Chashm Apverdi, Badaxshon hokimi Shohmuhammad va boshqalar ham kelib qo‘shila boshladilar. Ularning barchasi Amir Husaynning fitna-fasodi, riyokorligidan norozi edilar. Temurning taklifi bilan 1370 yilning 29 martida chingiziylardan bo‘lgan Suyurg‘atmish o‘g‘lon xon deb e’lon qilindi. Shu yili 10 aprel kuni Balx ikki kunlik qamaldan so‘ng taslim bo‘ldi. Jome masjidi minorasiga yashirinib olgan amir Husayn qo‘lga olindi. Amir Husayn amir Kayxusrav tomonidan xun olish maqsadida o‘ldirildi. Shu tariqa bir necha yil davomida Movarounnahr taxti uchun bo‘lgan kurash Temur foydasiga hal bo‘ldi. Lashkarboshilar va ittifoqchilar ishtirokida o‘tkazilgan qurultoy qaroriga ko‘ra, Movarounnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga mansub bo‘lgan Suyurg‘atmish (1370-1388) qo‘liga o‘tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo‘liga o‘tdi. O‘ Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib, uni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Mazkur davrga kelib Amir Temurning dono va irodali hukmdor, uzoqni ko‘zlovchi davlat arbobi ekanligi yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Harbiy bo‘linmalar boshliqlari etib amirlardan Joku, Hoji Sayfiddin, Abbos, Iskandar, A’lam Shayx, Alayka qavchin, Ardasher qavchin va boshqalar tayin etildi. 1370 yil iyulda o‘tkazilgan qurultoyda Shiburg‘on hokimi Zinda Chashmdan boshqa barcha amir va qabila boshliqlari Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Zinda Chashm ayirmachilik yo‘lini davom ettirib, Balx va Termiz atroflaridagi yerlarni ham talon-taroj qila boshladi. Zinda Chashm sa’y-harakatlariga qarshi Amir Temur Joku barlos boshchiligidagi qo‘shinni jo‘natdi. Jangda Zinda Chashm mahv etilib, Samarqandga jo‘natildi. Amir Temur unga oliyhimmat munosabatda bo‘lib, avf etdi. Aynan shu davrdan boshlab Amir Temurning dono hamda uzoqni ko‘zlovchi davlat arbobi xususiyatlari aniq namoyon bo‘la boshladi. XIV asrning 70-yillari boshida hukm surgan murakkab va ziddiyatli davrda Amir Temur Movarounnahrdagi birlashtirish siyosatini boshladi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagihududlarni o‘ziga bo‘ysundirib, ularni itoat ettirdi. Farg‘ona, Shosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritish uncha qiyin bo‘lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin O‘rdaga qarashli yerlarni egallashda u bu yerlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi.
Download 19.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling