Mavzu: Samarqandda sarbadorlar harakati. Amir Temurning siyosiy faoliyatining boshlanishi
Amir Temurning markazlashgan davlat tashkil etishi yo‘lidagi harbiy yurishlari
Download 19.61 Kb.
|
SAMARQAND
Amir Temurning markazlashgan davlat tashkil etishi yo‘lidagi harbiy yurishlari
Amir Temur yagona geosiyosiy hududni o‘z qo‘li ostida birlashtirish, o‘zaro nizo va parokandalikka chek qo‘yish, qudratli va markazlashgan davlat barpo etish maqsadida e’tiborini janubga qaratdi. Aynan kuchli va qudratli saltanatgina hokim va amaldorlar beboshligi, zulm-zo‘ravonlikka chek qo‘yib, xalqlar uchun tinch-totuv va xotirjam turmush tarzini yaratar, savdo-sotiq munosabatlari, madaniyatning rivojlanishiga imkon berar, bunyodkorlik va obodonchilikka keng yo‘l ochar edi. Bu borada Amir Temur o‘z diqqat-e’tiborini Xurosonga qaratadi. Bu davrda Xurosonda Kurtlar sulolasi hukmronlik qilar edi. Mazkur paytda sulolani Hirot hukmdori Malik G‘iyosiddin II Pir Ali (1370-1381) boshqarib, 1380 yil Amir Temur uning huzuriga Hoji Sayfiddinni elchi qilib jo‘natdi. Elchi Hirot hukmdorini qurultoyga taklif etadi. Malik G‘iyosiddin II Pir Ali Amir Temur elchisini ushlab qolib, qudratli raqibiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Bu paytda Amir Temurning shahzoda Jahongir Mirzo boshchiligidagi qo‘shini Balx, Shiburg‘on va Bodhizni egalladi. 1381 yil fevralida Amir Temurning o‘zi Xurosonga yo‘l oldi. Hirot hukmdori inisi Saraxs hokimi bo‘lmish Malik Muhammad bilan o‘z kalitlarini Amir Temurga topshirdi. Yon-atrof qal’alardagi to‘qnashuvlar ham Amir Temur foydasiga hal bo‘ldi. Sohibqiron marhamat ko‘rsatib, asirga olingan 2000 nafar kishini ozod etishni buyurdi. Xuroson sarbadorlarining rahbari Ali Muayyad va Moxon hokimi Alibek Jonqurboniylar o‘z ixtiyorlari bilan buyuk hukmdorga tobelik bildirdilar. 1381-1382 yillarda Kalot, Turshiz, Sabzavor va Mozandaron, 1383 yili Seyiston bo‘ysundirildi. 1384 yili esa Astrobod va Ozarbayjonga qilingan yurish natijasida Omul, Sori, Sultoniya, Tabriz shaharlari egallandi. Natijada XIV asrning 80-yillari o‘rtalariga kelib butun Xuroson Amir Temur qo‘liga o‘tdi. 1388-yildan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyinchalik esa Temuriylar davlati tarkibiga kiradi. Shunday qilib, Yettisuv va Sirdaryo etaklaridagi yerlaridan tashqari Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur qo‘liga o‘tdi. Download 19.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling