Mavzu: Samsung kompaniyasi


Download 469.57 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi469.57 Kb.
#1310573
Bog'liq
oTb9WVz2vvmVn8AyiemJW2VdGajpMS8llFEuUXYo

Mavzu:Samsung kompaniyasi


Bugungi kun talablariga javob berish maqsadida "Samsung Electronics" kompaniyasi o'z texnikalarining modellarini muntazam ravishda yangilab boradi. 10 iyul kuni Toshkentda kompaniya mahsulotlarining yangi modellari taqdimoti bo'lib o'tdi.
Matbuot-anjumanida ta'kidlanganidek, bu yili birinchi marta O'zbekistonda kompaniyaning yangi mahsulotlari namoyish etildi.
Ular kompaniyaning kishilarning kundalik hayotini yengillashtiruvchi va yaxshilovchi sifatli va qulay texnikalar ishlab chiqirishga sodiqligini namoyish etadi.
Kompaniya taqdimotida LCD televizorlari va monitorlari, uy kinoteratlari, muzlatgichlar, pechlar, konditsionerlar, printerlar, chang yutqichlar, uyali aloqa telefonlari, raqamli fotoapparatlar, kir yuvish mashinalari, MP3 pleerlari va boshqa mahsulotlarning eng yangi modellari namoyish etildi.
“Samsung” mobil telefonlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyaga aylandi.
Ushbu nomni so‘nggi 14 yildan beri Finlandiyaning “Nokia” kompaniyasi o‘zida saqlab kelayotgan edi. Bu haqda, “Strategy Analytics” kompaniyasi ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Tahlilchilarning fikricha, 2012- yilning birinchi choragi davomida “Samsung” 93,5 million dona telefon (smartfonlar bilan birga) yetkazib bergan, bu o‘tgan yilning xuddi shu davridagi ko‘rsatkichdan 36 foizga ko‘p demak. “Nokia” esa 82,7 million dona qurilma yetkazib bergan bo‘lib, uning bozordagi ulushi 30,4 foizdan 22,5 foizgacha kamaygan.
“Strategy Analytics” ma’lumotlariga ko‘ra, 2012-yilning yanvar-mart oylari davomida “Samsung” smartfonlar yetkazib berish bo‘yicha “Apple”ni ham ortda qoldirgan. “Samsung” 44,5 million dona apparat yetkazib berib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tim Kuk boshqaruvidagi kompaniya 35,1 million dona qurilma bilan ikkinchi bo‘lgan.
Ta'kidlash lozimki, soni yildan-yilga ortib borayotgan kompaniyaga hamkorlik qilayotgan do'konlarda "Samsung" kompaniyasining barcha yangi mahsulotlarini xarid qilish mumkin, va ular butun O'zbekiston hududida servis xizmati ko'rsatish kafolati bilan sotiladi. Bugungi kunda butun respublika bo'ylab kompaniyaning 17 ta servis- markazlari faoliyat ko'rsatadi. Ulardan 4 tasi poytaxtda, qolganlari har bir viloyat markazlarida joylashgan.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlarining kengligi tufayli "Samsing" kompaniyasi istalgan didga mos keluvchi va istalgan byudjet doirasida zamonaviy texnikalarni taqdim etgan holda xaridorlarning turli toifalari ehtiyojlarini mumkin qadar qondirishga intiladi.
"Samsung" – simli va simsiz, telekommunikatsiya, raqamli va media texnologiyalar bozorida jahonda yetakchi kompaniya hisoblanadi. 2006 yilda 63,4 mlrd. dollarlik kompaniya mahsulotlari sotildi, kompaniya sof foydasi esa 8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. "Samsung" globar tarmog'ida 56 mamlakatdagi 124 ta ofislarida hammasi bo'lib 138 ming kishi mehnat qiladi.
Bugungi kunda "Samsung Electronics" kompaniyasi eng tez rivojlanayotgan global rusumlardan biri sifatida e'tirof etilgan.
Baholashda farqlarning mavjudligi “Samsung”, “Apple”dan farqli o‘laroq, qurilmalar yetkazib berishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaydi. Chorak yakunlari bo‘yicha “Samsung”ning rasmiy hisobotida, kompaniya yanvar-mart oylari davomida rekord darajada – 4,5 milliard dollar pul ishlab topgani haqida ma’lumot berilgan.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 469.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling