Mavzu: Sana Maqsad
Download 174.75 Kb.
|
2 sinf 3 chorak ona tili fanidan namunali dars ishlanma boshlang\'ich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: . Sana________________ Maqsad
- Me’todi
- II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
- Topshiriq
- V Baholash
Baxmal tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 7-umumiy o’rta ta’lim maktabida Boahlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi Qobilova Muborakning 2023-2024 o’quv yili Mavzu: . Sana________________ Maqsad: DTS talablari asosida shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar haqidagi bilimlarini boyitish. Ta’limiy : O’quvchilarga shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar haqida bilim berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni muomala madaniyatini rivojlantirish. Dars turi: Yangi bilim berish, o’tgan mavzuni mustahkamlash. Me’todi: tezkor savollar, savol-javob, guruhlarda ishlash. Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish. b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Kim bo’lsam ekan” mavzusida suhbat II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Uy vazifasini so’rash.O’quvchilarni dars mavzusi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshitiqlarini bajarishga yo’llash. III Yangi mavzu bayoni 162 –mashq. O’qing. Bolalikda orzular mo‘l bo‘ladi. Kimdir shifokor, kimdir o‘qituvchi, kimdir kulol, yana kimdir san’atkor bo‘lgisi keladi. O‘z ajdodlari kasb-u korini e’zozlagan elda aziz bo‘ladi. Topshiriq: Yozing. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing. O’quvchilar javoblarini tinglash. Ularning fikrlarini to’ldirish. 163 –mashq. O’qing. QISHLOQLAR JAMOLI Mumtozbek dadasi bilan qishloqqa mehmonga bordi. Dadasining do‘sti oilasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tishibdi. Bu mahalladagi hamma uylar bir xilda ekan. Ularda barcha qulayliklar muhayyo. Qishloqda yangi maktab, poliklinika, sport saroyi ham bor. Mumtozbek qishloqning chiroyiga havas qildi. O’ylab ko’ring qaysi so’zlar nimalar? So’rog’iga javob bo’ladi? O’quvchilar javoblarini tinglash. Ularning fikrlarini to’ldirish. IV Yangi mavzuni mustahkamlash O’quvchilar bilan musobaqa o’tkazish: O’quvchilar o’zlariga berilgan oq qog’ozlarga 1 – guruh Kim? So’rog’iga javob bo’ladigan. 2 – guruh Nima? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlar yozadilar. O’quvhcilar ishini nazorat qilish. Topshiriqni natijasini guruhlar o’zaro tekshiradilar. O’quvchilar ishini tekshirish, yakunlash. V Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi. Topshiriq: Yozing. Gap kimlar haqida aytilganini bildirgan so‘zlarning tagiga chizing. V Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI. Uyga vazifa. 166-mashq. Download 174.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling