Mavzu: “Sanama aytimlari” mavzusida ssenariy mundarija: kirish. I bob. “Sanama aytimlari” ssenariysi
I BOB. “Sanama aytimlari” ssenariysi
Download 130.5 Kb.
|
NAVRO\'Z YOSHLAR-WPS Office
I BOB. “Sanama aytimlari” ssenariysi
1.1 Xalq og’zaki ijodi "SANAMA AYTIMLARI” MAVZUIDAGI SENARIY Sanamalar-shovqin asosida, sanoq ritmida aytiladigan qo'shiqlar silsilaside. U o'tmishda ham, hozir ham bolalar o'yin faoliyatini boshqarib kelayotgan faol badiha Aysi zamonda, bolalar ijodkorligi namunalari sifatida keng tarqalgan. Chindan ham sananal ko'p vazifali bo'lib, bolalarda ohang tuyg'usini tarbiyalash asosida estetik zavqni oshina yoddan aytish yoki yoshlashga mo'ljallanganligi bilan xotirasini mustahkamlaydi: og'ida fjro etish tufayli bolalar nutqini rivojlantirsa, har so'zga amal va itoat qilishga majburiyat sezdirish tufayli so'zning ijtimoiy qudratini, demakki, so'z va ish birligini, ichki insirom tuyg'usini his qilish, shu asosda majburiyat va burch tuyg'usini tarbiyalashni ta'minlayd Eng muhimi, ichki intizom tuyg'usini negizida amal qiluvchi hayot nizomini o'zlashtirishga yo'l ochadi. Binobarin, sanamalar xalq pedagogikasida uzoq zamoni davomida bolalarning o'z-o'zini tarbiyalash vositasi bo'lib sinalgan o'yin va uning poetic debochasi sifatida alohida ahamiyatga ega. "Sanama" istilohi "sana" - buyruq fe'li va-ma yasovchi qo'shimchalaridan ibora grammatik qismlarining o'zaro qo'shiluvchidan hosil qilingan. Dastlabki qismi buyruq fe shaklida boʻlsa-da, aslida, goh oshkora, goh ohang zamirida, goh ma'nosiz so'zlar aksida o'yinga aloqadorlik tartibini ifoda etishni bildirsa, ma affikasi qo'shilib, hodisa mohiyatini lo'nda va ixcham, to'la va teran ifoda etuvchi istilohiy ma'no kasb etgan. Odatda o'yinda navbatda qoluvchi bolalarni aniqlash vazifasini o'tovchi sanamalarni aytish tartibi ham o'zgacha. Shu sababli sanama ijrochiligi g'oyat mas'uliyati sanalib, bunda onaboshi quyidagi talablarni bajarmog'i: 1) bolalar jamoasini uyushtira oladigan darajadagi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lish 2) o'yinda tanti va adolatli bo`lish; 3) ovoz yorqin, baland, raqam yoki so'zlarni aniq talaffuz qila oladigan, ulardagi sanoq urg'usi va ritmini burro, yaqqol ifodalay biladigan va shu faoliyati bilan boshqalarni o'ziga qaratadigan bo'lishi shart. Sahna palak, ko'za, mis tovoq, tomosha qovoq, milliy anjomlar bilan bezatilgan Derazada osilgan palakning o'rtasida bir cheti tishlangan non osilgan. Bahor pay Daraxtlar gullagan. Bulbullar sayrab xonish qilmoqda. Uzoqdan karnay-surnay eva eshitilmoqda. Davraga doira ohanglari usulida doirachilar chiqib keladi. Yigit: "Qani, o'rtoq, doirangni berib tur"-deydi. Ishtirokchilar atrofini aylanib doirani chaladi. Hamma jonlanib ketadi. Qiz: Doiraning sadosidan kelib chiqib: "Kelinglar sanama o'yinini o'ynaymiz" deydi.
Hamma: "O'yinning sharti qanaqa bo'ladi?"
Qiz: "Sanama o'yinining sharti shuki, oxiri kim chiqsa savollarga shu javob Kelishdikmi? Birinchi bo'lib o'zim sanayman." -Bir, ikki, olma dakki, safar oyi, sariq chumchuq tezroq uchib chiq beradi. Sanoq bir bolada to'xtaydi. Yigit: "Qo'shiqni tugatdim. Endi men sanayman", - deb davraga: Toyuqlar. Qovun palak otdi, Palak emas, gurvak otdi Gurvak qovun shirin ekan, Safdan chiqsin qo'lim tekkan, "Bog'da uchratdim sani" qo'shig'i Yigit:
O'n, yigirma, o'ttiz, qirq 30, 40 deb kim aytdi?
Lola degan qiz aytdi. Nodir qani? Chodir qani? Har ishiga qodir qani? "Shirin jonim "qo'shig'i Yigit:
Bir, ikki, uch, uchdan qolgan puch.
Agar bilog'on bo'lsang, sen joyingdan ko'ch. "Omonyor" qo'shig'i "Chiq, ho chiq" qo'shig'i O'ttiz, qirq bolalar, Bog'da o'sgan bolalar. Guruhimiz soni yigirma, Chalinganda childirma, Chiqqanimi bildirma. "Gulpari" qo'shig'i O'ttiz, qirq deb sanaymiz, Qo'shiqlarni kuylaymiz, Bir, ikki deb o'ynaymiz, Yurt madhini kuylaymiz. "Davrimiz davronimiz" qo'shig'i Bir, ikki, olma dikki, Qiz:
Safar oyim sariq chumchuq
Boqqa kirmay tezroq uchib chiq. "O'zbegimning qizlari" qo'shig'i Yigit:
Qiz:
Bir, ikki, o'n olti O'n olti deb kim aytdi? O'n olti deb men aytdim, Ishonmasang sanab boq. "Chiqdim tog'lar boshiga "qo'shig'i Bom-bom-bom, Nasiba albom, O'qituvchi keldi, jurnalni ochdi, Bir kerakmas, ikki kerakmas, uch kerakmas, to'rt o'rtanchi, besh molodets, olti karatist, yetti yetalovchi, sakkiz sakrovchi, to'qqiz to'qlovchi, o'n haykal, qimirlagan kal. "Buxoro mavrigi" qo'shig'i Bir, ikki, olma dukki, Safar oyi sariq chumchuq, Uyda turmay tez uchib chiq "Ushur uforisi" O'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, Oltmish, yetmish, sakson, to'qson, yuz Yuzga kirgan oppoq qiz, Oppoq qizning o'zisiz. "Chipradalli" qo'shig'i Sanadim sanamani Rosa qiynadi mani Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo’lgan va yozma adabiyotning bunyodga kelishi uchun zamin hozirlagan.Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ahralib turadi.U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, haqiqat, adolat,tinchlik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi.Xalq shoirlari yoki jamoat tomonidan yaratilib, og’izdan-og’izga , avloddan-avlodga o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og’zaki ijodi deyiladi.Xalq og’zaki ijodi fol’klor deb ham yuritiladi.Xalq og’zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq,maqol,matal,topishmoq,afsona,rivoyat,asotir,ertak,latifa,lof,lapar,termalar,doston,askiya,tez aytish,masal,alla,yor-yorlar, kelin salomlar va h.k. Lapar,lof,askiya kabi janrlar tortishuv, bahslashuv,aytishuv, hazil-mutoyiba,mubolag’a asosida ijro etiladi. QO’SHIQ – kuyga solib aytiladigan kichik lirik sher.Qoshiqlarning quyidagi turlari mavjud: 1.Lirik qo’shiqlar. Bunday qo’shiqlarda insonlarning ruhiy olami, ishqiy kechinmalari aks etadi, to’rt misralik bandlardan tashkil topadi, ular kasb,payt,o’rin tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda istalgan kishi xohishiga ko’ra baland ovoz bilan yoki xirgoyi qilib aytaveradi. 2.Mehnat qo’shiqlari: a)Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: qo’sh qo’shiqlar, o’rim qo’shiqlari, yanchiq qo’shiqlari (“Xo’p mayda”lar ), yorg’ichoq qo’shiqlar b)Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar: sog’im qo’shiqlari: xo’sh-xo’sh govmishim, turey-turey, churiyalar. c)Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: charx qo’shiqlari,bo’zchi qo’shiqlari,o’rmak qo’shiqlari (o’zbek ayollarining gilam to’qish bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari), kashta qo’shiqlari 3.Mavsumiy – marosim qo’shiqlari: Yil fasllari tasvirlangan qo’shiqlar mavsum qo’shiqlari deyiladi.Qadimgi qo’shiqlarning namunalari Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit - turk” asari orqali yetib kelgan.Bizgacha yetib kelgan mavsumiy – marosim qo’shiqlari quyidagilar: a)Sust xotin (yomg’ir chaqirish qo’shig’i). Sust xotin qadimgi zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan Tishtiriyaning xalq o’rtasida nomi o’zgarib ketgan obrazidan iborat.Bunda bahor oylarida yomg’ir yetarli yog’masa, qishloq ayollari yig’ilib, poliz qo’riqchisiga o’xshash qo’g’irchoqqa keksa ayol ko’ylagini kiydirib, qishloqdagi barcha xonadonlarga kirishib, Susut xotin qo’shig’ini aytib yurganlar.Xonadon egalari ularni shodlik bilan qarshi olib, qo’g’irchoq ustidan suv sepishib, marosim ishtirokchilariga xayr-sadaqa qilishgna.Marosim tugagach yig’ilgan xayr-sadaqa hisobiga Sust xotinga atab katta is chiqarishgan. b)Choy momo (shamol to’xtatish). Bunday qo’shiqlarda iltijo qilinadigan Choy momo tarixan Chuy momo, ya’ni Shamol momo obrazidan iborat bop’lib, u zardushtiylikning shamol tangrisi hisoblangan.Bu marosim quyidagicha o’tkazilgan: ikki kampir eski kiyim va chopon kiyib, yuzlariga qora quya surtishib, qo’llariga aso ushlab oldinda Choy momo qo’shig’ini aytib yurishgan.Bo’y yetib qolgan beshta qiz boshlariga sholcha yopib, kampirlar ortidan ergashib, qo’shiqqa jo’r bo’lib yurishgan.7-8 yoshlardagi bir yoki bir necha o’g’il bolalar xurjun osilgan eshaklarga minishib, xonadonlardan xayr-sadaqalarni yig’ib yurishgan.Eshakka o’qlog’, yumshoq supurgi va keli sopi sudratib qo’yilgan.Marosim tugagach, yig’ilgan xayr-sadaqa hisobiga shamol tangrisi sharafiga is chiqarilgan.Choy momo marosimlari hozir Qozog’istonning Turkiston,Sayram atroflarida yashovchi o’zbeklar orasida saqlanib qolgan. MAQOL – xalqning dono, purhikmat ifodalari,yirik madaniyat arboblari,olimlar,davlat arboblarining ibratomuz gaplari, xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarni ixcham shaklda ifodalovchi asarlardir.Maqollar she’riy va nasriy tuzilishga ega.Ularda mehnatsevarlik,vatanparvarlik,mardlik,saxiylik,adolat,insof,do’stlik,olijanoblik,chininsoniy g’oyalar,sof muhabbat,ilm olisga da’vat kabilar o’z eksini topgan. Misollar: Azob ko’rmay – rohat yo’q, Ishl;amay yegan – og’rimay o’lar, Tirishgan tog’dan oshar, Vataning tinch – sen tinch va boshqalar. MATAL – ko’chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi.Matal o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z birikmalaridan iborat bo’ladi,unda o’xshatish,kinoya,qochirma so’z va boshqa til vositalari qo’llaniladi.Bunda majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chirilgan ma’nosi o’rtasida mantiqiy bog’lanish bo’ladi. Misollar: Temirni qizig’ida bos, Chumchuq so’ysa ham,qassob so’ysin TOPISHMOQ – narsa yoki hodisalarning ataylab yashiringan belgisi, shakli,xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisaslarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlar.Topishmoqlar o’zbeklar o’rtasida topishmoq, jumboq ushuk, top-top kabi atamalar bilan yuritiladi.topishmoqlar xalq turmush bilan chambarchas bog’liq holda yaratiladi.Ularning zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, ularning olamni bilish va idrok etishga bo’lgan intilishlari yotadi. Misollar: Osh ichida tosh tosh ichida osh (o’rik) AFSONA (legenda) – xayoliy uydirmalar asos bo’lgan kichik nasriy hikoyalar hisoblanadi.Afsona atamasi forscha fusun – sehr,avrash so’zidan olingan.Afsonalar asosida muayyan darajada tarixiy voqea va hodisalar yotadi, uzoq davrlar o’tishi bilan o’zining aniq ildizlarini yo’qotadi, voqelikni yuksak badiiylikda aks ettirmaydi.Afsona ijrochisi xalq ommasidir.Aristotel afsonalarni haqiqatdan xabar beruvchi yolg’on hikoyalar deb atagan.Afsonalar o’z mavzusiga ko’ra tarixiy,toponomik,diniy,maishiy kabi turlarga bo’linadi. Misollar: Xazorasp, Guldursun, Ayoz qal’a, Shohsanam ko’shki, Obshir ota, To’maris, Shiroq va boshqalar.Qadimgi turk adabiyotida afsona sav deb atalgan. RIVOYAT – xalqning tarixiy o’tmishi haqidagi badiiy yodnomalar.Biz rivoyatlar va afsonalar tufayli ajdodlarimiz ko’rsatgan buyuk qahramonliklar haqidagi tarixni bilib olamiz.Rivoyatlar afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi.Ular ham xalq ijodidir.Ertakli ertakchi, dostonlarni baxshilar ijro etganlari holda afsona va rivoyat istalgan kishi tomonidan aytilishi mumkin. ASOTIR – ibtidoiy insonlarning koinot, tabiat hodisalarining mohiyati, paydo bo’lish sabablarini o’zlaricha izohlash maqsadida yaratgan og’zaki hikoyalari.Asotirlarda barcha mavjudot jonli obrazlar vositasida harakat qiladi.Biror narsa yoki hodisaningf paydo bo’lishi (etimologiya) va yo’qolib ketishi (esxatologiya) haqida ham juda ko’plab asotirlar mavjud.Asotirlar ertaklarga yaqin turadi.Ularning har ikkisida ham fantastika, badiiy xayolot yetakchilik qiladi.Asotirlar bir qancha turlarga bo’linadi: a)Etiologik miflar – tabiat hodisalari,tabiatdagi biror predmetlarning paydo bo’lishi haqidagi miflar; b) kosmologik miflar – dunyoning paydo bo’lishi , koinot jismlari haqidagi miflar; c)etnogonik miflar – biror urug’, qabilaning paydo bo’lishi haqidagi miflar; d)antropogonik miflar – insonlarning paydo bo’lishi haqidagi miflar; e) esxatologik miflar – insonlarning kelajagi haqidagi miflar va h.k. Misol: Aziz Momo, Oy bilan kun (oilaviy hayot haqida,bu asotirda qo’llangan Yulduz uchdi degan tushuncha Oy uyquga ketganda, Kun bolalaridan birini olib qochmoqchi bo’lgani bilan bog’liqdir.) ERTAK – hayot haqiqatiga asoslangan,xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo’g’rilgan , odamlarga ibrat o’git beruvchi og’zaki hikoyalar hisoblanadi.O’zbeklar o’rtasida ertaklar varsoq, cho’pchak, masala kabi atamalar bilan yuritiladi.Ertaklarning o’ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar: 1.Og’zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo’lishi; 2.voqealarning ongli tarzda xayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi; 3.estetik vazifaning yetakchilik qilishi; 4.o’ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo’lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo’q ekan… kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi,birga turib, birga yashabdilar,soqoli ko’ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.) Xalq ertaklari mazmunan 3 guruhga bo’linadi: 1.Hayvonlar haqidagi hamda majoziy ertaklar (Susambil, bu ertakda yo’lda eshakka ho’kiz,xo’roz,ikkita kalamush, arilar hamroh bo’ladilar.Ertak qahramonlari – Ho’kiz (munkarnakir), kalamushlar (go’rkovlar), arilar (Azroil), xo’roz (so’fi), eshak (eshon), bo’rilar) 2.Sehrli – fantastic ertaklar (Guliqahqah – bu ertakda Tilla kokilli bola shum kampirning hiylasi bilan Guliqahqahni, qirq qozonni,oynayi jahonnamoni qo’lga kiritadi.Ertak qahramonlari: Tilla kokilli bola, Guliqahqah,chol,qush (o’z farzandini tanimagan podshohga tilla kokilli bola uning farzandi ekanligini aytgan), podsho (ikki xotinini vas hum kampirni otning dumiga bog’lab o’ldirgan), shum kampir va boshqalar. “Bitta dev tishini kavlasa, biror odamning soni chiqibdi” degan mubolag’a ham shu ertakda uchraydi ), Husniyabonu (ertak qahramonlari: Gardanshoh, Nodirai davron, Husniyabonu va boshqalar.Ertakda Husniyabonu o’g’rilarning boshlig’I eshon ekanligini aytganda, podsho darg’azab bo’lib, uni osishga buyuradi, lekin vazirining maslahatiga ko’ra Husniyabonu va uning doyasini dashtu biyobonga tashlab kelishadi, daraxt ostidan topib olgan xazinani Husniyabonu yetim-yesirlarga shahar qurish uchun sarflaydi.) , “Guljamol” 3.Hayotiy-maishiy ertaklar (Malikai Husnobod) Voqelikka hajviy yondashish orqali aks ettirish jihatidan o’zbek xalq ertaklari hajviy va hajviy bo’lmagan ertaklar kabi turlarga bo’linadi.Ishqiy-sarguzasht ertaklarda sevgida vafodorlik kuylanadi.Ertaklarni yozib olish va nashr qildirish, asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlandi. LATIFA - xalq og’zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo’lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyalar.Xalq o’rtasida afandi deb ham yuritiladi.Mustaqil janr sifatida latifa quyidagi xususiyatlarga ega: 1.Yagona qahramon bilan bog’liq holda yaratiladi(Nasriddin obrazi, bu obraz asosan XIX asrdan boshlab o’zbek latifalariga kirib kelgan.XIX asrga qadar latifa qahramoni bir kishi, mashrab, fors-tojik latifalari ta’sirida mushfiqiy, bahlul yoki turkey xalqlar og’zaki ijodida keng tarqalgan aldar ko’sa, ko’sa, kal kabi turlicha nomlar bilan yuritilgan.) 2.Ixcham syujetga ega bo’ladi. 3.Asar konflikti, qahramoni va uning muxolifi o’rtasidagi muloqot dialog orqali hal etiladi.Latifalar mazmuni va voqelikka munosabati jihatidan ikki turga bo’linadi: a) hajviy latifalar – ularda Nasriddin afandi yirik davlat arboblari, saroy ahli,mufti, qozilar, hokim va mirshablar, makkor mullalar va johil tabiblar o’rtasida taxvirlanadi.b) yumoristik alatifalar – ularda Afandi bevosita oilasi,bolalar,qo’ni-qo’shni va mahalla-ko’y davrasida tasvirlanadi.Latifani maxsus ijro etuvchilar yo’q, uni har kim aytaverishi mumkin. LOF – biror voqeani o’ta bo’rttirib aytish, hazil-mutoyibaga asoslangan janr. LAPAR - xalq qo’shiqlarining bir turi, asosan, iki kishi tomonidan yoki ikki taraf tomonidan aytiladi.Lapar aytishuv deb ham yuritiladi. TERMALAR – pand-nasihat,odob-axloq,soz va so’z haqida yaratilgan ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta’rifi va tanqidiga bag’ishlangan baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200 , ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo’lgan lirik,liro-epik she’rlar. DOSTON - xalq og’zaki ijodining eng murakkab,yirik va keng tarqalgan janrlaridan biri.Doston so’zi qissa,hikoya,shonu shuhrat,sarguzasht,ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi.Dostonlar lirik doston (Mirtemirning “Surat”,A.Oripovning “Yuzma-yuz” dostonlari), epik doston (Oybekning “Davrim jarohati, M.Shayxzodaning “Toshkentnoma”, E.Vohidovning “Istanbul fojeasi” dostonlari) , dramatic doston (Fitratning “Shaytonning tangriga isyoni”, A.Oripovning “Jannatga yo’l” dostonlari) kabi uch turga bo’linadi. Xalq dostonlarini do’mbira jo’rligida ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor shoir yoki baxshi deb atalgan. Xalq dostonlarini ijro etish uslubiga ko’ra Bulung’ur,Shahrisabz,Sherobod,Janubiy Tojikiston va Xorazm dostonchilik maktablari mavjuddir. Fol’klorshunoslar tomonidan o’zbek xalq baxshilarining aytib turishi asosida 150 dan ortiq (variantlari bilan 400 dan ortiq) dostonlar yozib olingan bo’lib, ularning ko’pchiligi kitob holiday nashr qilingan.Bu dostonlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Qahramonlik dostonlari: bunday dostonlar urug’chilik zamonlari bilan, xalqning ko’chmanchilik hayoti bilan bog’liq. “Alpomish”, “Yodgor”. 2.Jangnoma dostonlar: bunday dostonlarda o’zaro jangu jadallar, afsonaviy yoki tarixiy urushlar, bunday urushlardagi qo’shin yoki yakka shaxsning jasoratlari tasvirlangan. “Yusuf va Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “Xoldorxon”. 3.Ishqiy-romantik dostonlar : bunday dostonlarda sevgi romantikasi va fantastic sarguzashtlar uyg’unlashib ketadi. Murodxon, Rustamxon, Kuntug’mish,Malikai ayyor 4.Tarixiy dostonlar: bu turdagi dostonlarda tarixda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar,ayrim tarixiy shaxslarning faoliyati ifoda etilgan. Edega, Shayboniynoma, Oychinor. 5.Kitobiy dostonlar: ular yaratilishi jihatidan yozma adabiy manbaga ega bo’lgan bevosita yozma adabiyot ta’sirida yaratilgan dostonlardir. Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Zevarxon, Rustami doston. ASKIYA - o’zbek xalq og’zaki jodining xushchaqchaq va kulguli bir janri.Askiya atamasi arabcha zakiy so’zidan olingan bo’lib, zehni o’tkir, so’zamol,zakovatli ma’nolarini bildiradi. Zakiy so’zining ko’plik shakli askiyo bo’lib, talaffuzda askiya ko’rinishini olgan.Askiyalarning o’z syujeti va kompozitsiyasi bo’ladi.Bu ayniqsa payrov turida ravshan ko’rinadi.Payrov askiya aytuvchilar tanlagan mavzudir. TEZ AYTISH – ma’lum so’zni,so’z birikmasini yoki tovushni to’g’ri talaffuz qilishga , uni boshqa tovushglardan farqlashga o’rgatadigan,xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o’stiradigan janr hisoblanadi. ALLA - bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi. Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodi ning turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga moye ravishda shakllanib, avloddanavlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad. namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan. Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan (qarang Ibtidoiy sanʼat). Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan. Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar, mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan. Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻrikxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folkloretnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir. Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bogʻlangan boʻlib, qad. odamlarning diniyeʼtiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroqqad. folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda, keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi, shoir, dramaturg) faoliyat bilan bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan birgalikda yonmayon yashab keldi. Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi ularning oʻzlariga xos spetsifik xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz sanʼatining mustaqil 2 turi — ogʻzaki va yozma turi sifatida rivojlanishda davom etdi. Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barkarorligi (turgʻunligi), matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki tushib krladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor) salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida kagiylashgan puxta anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi badihagoʻylik folklor asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi. Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turlituman ijrochi va ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolish va keng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, baʼzan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq bunda barkarorlashgan va qatʼiylashgan jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi. Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa, yaʼni ularning namunalaridan har bir kishi ozmikoʻpmi ayta olsa, boshqalarining (mas, doston, ogʻzaki drama singari) ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan. Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va ijro etishda oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan. Oʻzbek folklorida ijodkor va ijrochilarning kasbiylashuvi nihoyatda rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi professional sanʼat boʻlib, uni egallash uchun boʻlgʻuvchi ijodkor maxsus tayyorgarlik koʻrishi va muayyan ustozdan taʼlim olishi zarur boʻlgan. Afsona, rivoyat, lof, latifa, maqol, topishmoq, ertak, doston, qoʻshiq, assiya, ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari boʻlib, ular soʻz sanʼati namunalari boʻlish bilan birga muayyan ijtimoiymaishiy funksiyalarni ham ado etadilar. Mas, hoʻp mayda, hoʻshhoʻsh, tureyturey, chureychurey kabi qoʻshiq turlari mehnat jarayonlariga aloqador boʻlsa, yoryor, oʻlan, lapar, kelin salom, yigʻiyoʻqlov, badik, suyet xotin singarilar har xil marosimlar bilan bogʻliqdir. Folklor janrlari gʻoyaviybadiiy xususiyatlari bilan emas, balki ijro usullari (yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, sozli, sozeiz kabi) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi aytib berish, hikoya qilish uchun, boshqasi koʻrsatish, namoyish etish uchun yoki ham kuylash, ham oʻynash, ham aytish uchun moʻljallangan boʻladi. Folklor janrlari qanchalik xilmaxil, baʼzan oʻta funksionallashgan va qatʼiy vazifador boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy tizimni tashkil etadi. Folklor janrlari ijtimoiyiktisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqkiyoti va tarixiytipologik nuktai nazardan qaraganda, eng kdd. davrlarda koʻpchilik xalklarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsummarosim folklori namunalari, mehnat qoʻshikdari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan. Patriarxalurugʻchilik munosabatlarining yemirilishi va ilk davlatlarning shakllanishi davrida qaxramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki drama, latifa va loflar paydo boʻlgan. Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzuumidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat turlari — adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. Xalq musiqasi (musiqiy folklor) — ogʻzaki anʼanadagi musiqa turi. Ibtidoiy sanʼatda paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholgʻu kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoni (urfodat, marosim, bayram va boshqalar)ga bevosita bogʻlanganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar maʼnosida emas, kundalik hayot (maishiy, mehnat, marosim va boshqalar) vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Koʻpgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar boʻlib, bularda kuyohanglar soʻz (koʻshiq, terma, lapar), raqs (oʻyinraqs kuylari), tomosha (musiqiy tomosha) bilan uygʻunlashgan holda yuzaga keladi. Muayyan badiiy anʼana va shakl (mas, ohang) andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda (mas, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va muhitiga qarab) oʻzgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud boʻladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi (mas, oʻzbek xalq musiqasida Buxoro—Samarqand musiqa uslubi, Surxondaryo—Qashqadaryo musika uslubi va boshqalar). Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla, madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish sharoitiga qarab — maishiy, marosim qoʻshiqlari, mehnat qoʻshiqlari va boshqa turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq (omma) badiiy ongining mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa va boshqalar), sozanda (doʻmbrakash, dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir (qarang Xalq kuylarini qayta ishlash). Musiqiy folklor, oʻz navbatida, professional musiqa sanʼati bilan oʻzaro chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va oʻzgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud. Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilmaxil. Ular bir xalqqa (mas, qirgʻizlarda koʻmuz, ukrainlarda bandura) yoki asriy tarixiymadaniy aloqadagi turli xalqlarga (mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar) mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi namunalarini ijro etish muhiti va boshqa xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy folkloristika (etnomusiqashunoslik) shugʻullanadi. Xalq teatri — xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq sanʼat turi. Ilk koʻrinishlari ov oʻyinlari, dehqonchilik va chorvachilik bilan bogʻliq qad. marosim hamda bayramlarda paydo boʻlib, taraqqiy etgan, xalq sanʼati darajasiga koʻtarilgan. Dastlabki davrlarda xalq teatrida soʻz va oʻyin bilan bir qatorda qoʻshiq, raqs, nayrangbozlik va boshqa aralash boʻlgan. Keyinchalik ja.. miyat taraqqiyoti davomida xalq teatri mustaqil ijodiy soha sifatida ajralib chiqqan. Jahon xalqdari xalq teatrida jonli aktyorlar teatri va qoʻgʻirchoq teatri mavjud. Xalq qoʻgʻirchoq teatri qoʻgʻirchoqlarning koʻrinishi, ularni oʻynatish usuliga koʻra xilmaxil. Ularda koʻproq ertak, afsona va boshqa sahnalashtiriladi. Xalq teatri toʻla maʼnoda professional boʻlmasada, qatnashchilari malakali, isteʼdodli kishilardir. Mas, Qad. Rimda mimlar, Gʻarbiy Yevropada shpilmanlar, jonglyorlar, Rossiyada skomoroxlar, Oʻrta Osiyoda masxarabozlar, shuningdek, turli mamlakatlardagi qoʻgʻirchoqbozlar va boshqa Xalq teatri aktyorlari yolgʻiz yoki toʻdalarga uyushib, shaharmashahar va qishloqmaqishloq yurib, toʻy, sayil va bayramlarda, koʻpincha ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatishgan. Ular repertuaridan xalq ogʻzaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli adabiy asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari oʻrin olgan. Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik xalq teatri uchun (umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar oʻyin davomida tomoshabinlar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Xalq teatrining, odatda, na sahnasi, na dekoratsiyasi boʻlgan. Unda diqqat, asosan, tomosha qahramoni xarakterini ochishga emas, balki vaziyat, holatlarning kulgili va fojiaviy chiqishiga qaratilgan. Xalq dramasida ikki — dramatik (qahramonlik yoki romantik) va komik personaj mavjud. Dramatik personajlarga, asosan, dabdabali muomala uslubi, komik qahramonlarga esa xazil va hajviy usullar, soʻz oʻyini xosdir. Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng, vayang—orang va boshqa, Xitoyda szatszyuy, chuantsi va boshqa, Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va boshqa Xalq teatrining oʻziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan. Xalq raqsining qad. namunalari kishilarning hayvonot va tabiat olamini kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xalqdarning raqslari yovvoyi va uy hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari, qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha „Burgut“, „Tulki“, turkmancha (laylak harakatlarini ifodalovchi) „Ximmil“, xorazmcha „Chagʻaloq“ („Baliq qush“), „Toʻrgʻay“, yoqutcha „Ayiq“, Shimoliy Afrikadagi „Tuya“, Amerika hamda Markaziy va Janubiy Afrikada ommalashgan „Ovchilar“ raqslari va boshqa Qishloq xoʻjaligi mehnati bilan bogʻliqraqslarda turli mehnat jarayonlari badiiy ifodasini topgan. Mas, latishcha oʻrimchilar, gutsulcha oʻtin yoruvchilar, beloruscha zigʻirkorlar, oʻzbekcha „Pilla“ raqslari va h.k. Hunarmandchilik va boshqa mehnat turlari yuzaga kelishi bilan yangi xalq raqslari paydo boʻlgan: ukraincha bondar, karelcha toʻquvchilar, oʻzbekcha chevarlar raqsi va boshqa Xalq raqslarining koʻpligi marosim va ibodatlar bilan bogʻliq boʻlgan. Kishilar raqsning sehrli kuchiga ishonib, oʻyinraqslar bilan ajdodlar ruhiga, tangrilarga sigʻinishgan, yomon jinlarni haydashgan va h.k. Xalq raqsi orasida jangovarlik va bahodirlikni ulugʻlovchi raqslar ham koʻp uchraydi (gruzincha xorumi, oʻzbekcha qilich va tayoq bilan oʻynaladigan raqslar va boshqalar). Har bir xalqsa oʻz raqs anʼanalari mavjud. Gʻarbiy Yevropa xalqlarining raqslari aksar oyoq harakatlariga asoslanadi. Oʻrta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida diqqat koʻpincha qoʻl va tana harakatiga qaratilgan. Xalq raqsi negizida Yevropada sa^na raqsi, Sharqda (jumladan, Oʻzbekistonda) mumtoz raks yuzaga kelgan. Hozirda xalq sahna raqsi ansambllari deyarli barcha mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda qad. ommaviy (Beshqarsak kabi) oʻyinraqslari bilan birga yakka xalq raqslari ham keng oʻrin olgan (qarang Yalla, Xalfa, Mavrigi). 1920-yillardan boshlab Ashula va raqs ansamblinint havaskor va professional jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda. Xalq sirkining kelib chiqishi qad. marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari toʻqilgan arqonning mustahkamligini koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat marosimlari bilan bogʻliq edi. Professional akrobat, ekvilibrist, jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda, Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta asrlarda sayyoh artistlar shahar va qishloq maydonlarida chiqishlar qilib, akrobatika nomerlarini namoyish qilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida va toʻybazmlarda xonanda, sozanda, qiziqchi va masxarabozlar bilan bir qatorda sirk artistlari ham tomosha koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy, rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, dorbozlik, simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot, nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik, jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan. 20-asrning 2-yarmida xalq sirki sohasida Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl), Usmonjon Nishonboyev, Madaminjon Yusupov, Kimsan Nazaraliyev (Andijon), Ergash va Hokimjon Parpiyevlar (Asaka), Lochin Usmonov (Fargʻona), Qosim Abdullayev (Buxoro), Qadam Jabborov (Xiva), Joʻraxoʻja Norxoʻjayev (Namangan) va boshqa samarali ijod qiddilar. Hozirgi Oʻzbekistonda 20 dan ortiq oilaviy sirk guruxlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl), Yunusali Gʻoziyev (Andijon), Toʻlqin Boltaboyev (Parkent), Ahmad Murodov (Qoʻqon), Ahmad Nabiyev (Fargona), Tursunali Mamajonov (Fargona), Bahrom Jabborov (Xiva), Abdimurod Ergashev (Samarqand), Saʼdulla Mamadaliyev (Qashqa d ar yo), Anvar Moʻydinov (Guliston) va boshqa rahbarligidagi xalq sirki jamoalarining ijrochilik mahorati sezilarli darajada oshib, repertuari anʼanaviy sirkning turli janrlari bilan boyib kelmoqda. Xalq sirki jamoalari barcha koʻriktanlovlarda qatnashib keladi. Koʻpgina xalq sirki jamoalari chet el gastrollarida boʻlib qaytmoqdalar. Oʻzbekistonda xalq ijodining turli yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish, xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik markazi shugʻullanadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda muntazam ravishda folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari, milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining Respublika koʻrikfestivallari, „Boysun bahori“ xalqaro ochiq folklor festivali va boshqa oʻtkaziladi. Xalq meʼmorligi insonning oʻzini tashqi muhitdan muhofaza qilish, oʻziga yashash uchun qulay sharoit yaratish yoʻlida qilgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab turgan joyning iklim sharoiti, landshaftini inobatga olgan holda boshpana kurgan. Qurilgan uylarda imorat tarhining qulayligi, konstruktiv asoslarining mustahkamligi, mahalliy xom ashyolardan keng foydalanish yoʻllari, imoratning tabiat injiqliklariga bardoshligi takomillashib borgan. Inson tafakkurining boy olami unda imoratning estetik jihatdan bezash orzuhavasini ham uygʻotadi. U xonalardan ayrimlarini rangbarang naqshlar bilan bezay boshlaydi. Sinfiy jamiyat shakllangach, mehnat taqsimoti natijasida imorat qurish, uni bezash bilan bogʻliq aloxida sohalar yuzaga kelgan (ganchkorlik, natssoshlsh, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi). Bu sohalarni egallagan xalq ustalari, meʼmorlari asrlar davomida sinovdan oʻtgan tarh, tarz va konstruktiv asoslardan foydalanib kelgan. Natijada xalq meʼmoriy anʼanalari yuzaga kelgan, ayrim imoratlar sanʼat durdonasiga aylangan. Xalq meʼmorligi insonning nafaqat ijtimoiymaishiy va maʼnaviy talablarini qondirish, balki uning hayot xavfsizligini ham taʼminlab kelgan. Shuning uchun har bir oʻlka, viloyat, shahar, togʻ vohasi xalq meʼmorligi tarh, tarz, kompozitsiya jihatidan bir-biridan farq qiladigan anʼanalarga ega. Xalq ijodi anʼanalari 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida qurilib, hozirgacha saqlanib kelgan turar lsoylarda yaqqol yeyeziladi. Jumladan, Buxoro uylari ikkiuch (darun—ichkari, berun — tashqari va xoʻjalik) hovlidan tashkil topgan. Asosiy yashash xonalari yozgi va qishkiga boʻlinadi. Yozgi xonalar oldida baland ayvon boʻlishi odat boʻlgan. Hovli kompozitsiyasi bir-biriga mutanosib joylashtirilgan baland ayvon va ayvonchalar hamda ularning xushbichim ustunlari bilan boyitilgan. Xona kompozitsiyasida shohnishin — mehmon oʻtiradigan boʻlinma did bilan bezatilgan. Boy xonadonlarda mexmonxonalar yon devorlari poddan shiftgacha koʻtarilgan tokchalarga ega boʻlgan. Ularning yuqori qismi ravoq shaklida boʻlib kosasimon sharafalsh) bilan bezatilgan. Tekis yuzali devorlar ham zanjira — rutalar bilan boʻlinmalarga taqsimlangan. Ular ichiga nihollari hamma tomonga yoyilgan, gullari qiygʻos ochilgan rangbarang guldastalar ishlangan. Samarqand turar joylari ham darun va berun (ichki va tashqi) hovlilardan tashkil topgan. Samarqandda ikkinchi qavatdagi ayvonlar koʻchaga qaratilgan holda ham uchraydi. Xona ayvon yoki dahliz bilan „G“ harfi shaklida, uzunasiga, yonmayon tarhda birlashib, turli boy mujassamotlar tashkil qilgan. Mehmonxona koʻproq tashqi hovlida boʻlib, boy badiiy bezakka ega boʻlgan. Xona toʻridagi devor uch boʻlinmaga ajralib, koʻpincha oʻrtada tokchaband, ikki yonida oʻrinkoʻrpa uchun taxmon joylashtirilgan. Xona yon devorlarida kattakatta tokchalar toq sonda oʻrnatilgan. Hovliga qaragan devorda xona kattaligiga qarab ikki yoki uchta darcha nazarda tutilgan. Ular serhasham oʻymakori bagʻdodi eshiklar bilan hovli tomondan toʻsib qoʻyilgan. Darchalar oraligʻida kattakatta tokcha boʻlinmalari mavjud. Xona shifti koʻpincha kabza uslubida boʻlib, vassa va toʻsinlar rangbarang oʻsimliksimon naqshlar bilan toʻdsirilgan. Xiva turar joylarida hovli kichikroq boʻlib, asosiy qismi katta (ulu) ayvon va kichik (ters) ayvon bilan yopilgan. Ayvonlardagi katta va kichik oʻymakor yogʻoch ustunlar mayda naqshlar bilan bezatilgan, marmar kursilarga oʻrnatilgan. Xona havosi almashuvini taʼminlash uchun ulu ayvon xonadan ancha baland qilib qurilgan. Katta ayvon oʻzining joylashishi, oʻymakor baland ustunlari bilan hovli kompozitsiyasini bezab turadi. Xiva uylarida xona devorining yuqori qismiga devor yuzasidan boʻrtib chiqqan tokchalar bir chiziqda joylashtirilgan. Ular yuzasi nafis ravoqchalarga ega. Fargʻona turar joylari oʻzining simmetrik tarhi va tarzi bilan ajralib turadi. Bu yerda ikki xona oʻrtasida dahliz joylashtirilgan, ular koʻpincha hovli tomondan uzun ayvon bilan birlashtirilgan boʻladi. Mexmonxona oʻzining serhasham bezagi bilan qolgan xonalardan farq qiladi. Dahlizda turli tuzilishdagi bezakli moʻri oʻrnatilgan. Toshkent turar joy meʼmorligida ham tashqi hovli uylari ikki qavatli qurilgan. Ikkinchi qavat markazida shiypon nazarda tutilgan. Shiypon yonidagi xonalar uchun usti berk, atrofi ochiq hovli vazifasini bajargan. Toshkent xalq turar joy meʼmorligida dahdiz yoki ayvon bir xona bilan yonmayon yoki ikki xona oraligʻida, ikki yoki uch xona burchagida boʻladi. Bu yerda qashqarcha ayvon keng qoʻllangan. Mehmonxona koʻpincha tashqi hovlining ikkinchi qavatida boʻlgan. Interyeri oʻzining ichki hashamatli bezagi bilan qolgan xonalardan ajralib turgan. Xona toʻridagi devor koʻp hollarda uch boʻlinmadan tashkil topgan. Ulardan oʻrtadagi yoki ikki chetidagisi taxmon boʻlishi mumkin. Xona yon devorlaridagi bitta yoki ikkita boʻlinma mayda tokchaband qilingan, qolgan boʻlinmalari kattakatta tokchalarni tashkil qiladi. Tokchalar ichiga binafsha va pushti rangda guldastalar ishlangan. Oʻzbekiston shahar va qishloq xalq meʼmorligida imorat devorlari guvala, paxsa va yogochli sinchdan quriladi. Yakkasinchli va qoʻshsinchli devorlar shahar xalq turarjoy meʼmorligida keng qoʻllanadi. Koʻshsinchli devor mustahkam boʻlib, uning magʻzida taxmon va tokchalar oʻrnatilgan. Xonada tokchali devorlarshshg soni qoʻshsinchli devor soni bilan belgilanadi. Shuning uchun Samarqand uylari xonalarida ikki devor, Buxoroda — bir yoki ikki, Fargona va Toshxentda toʻrt devor qoʻshsinchli boʻladi. Tokchalar xoʻjalik buyumlarni saqlash, taxmonlar koʻrpatoʻshak va sandiqlarni joylashtirish imkonini beradi. Ular oppoq ganch hoshiyali boʻlib, mayda nafis naqshlar va ular zamiridagi kizil, koʻk, sariq ranglar xonaga oʻziga xos goʻzallik bagʻishlagan. Oʻzbekiston togʻ hududidagi turar joylari ham oʻziga xos meʼmoriy anʼanalarga ega. Togʻning qiya yon bagʻrida joylashgan qishloqlar panoramasi uzoqsan koʻp qavatli yaxlit kompozitsiyali uyga oʻxshab ketadi. Uylarning tuzilishi, loyihasi koʻproq oʻsha joy tabiiy iqlim sharoitiga va landshaftiga bogʻliq hodda shakllangan. Shu sababli har bir viloyat togʻ vohasi va daralarda qurilgan uylar mujassamotini bir necha turga boʻlish mumkin. Jumladan, Nurota togʻ qishloqlari xalq meʼmorligida pillapoya tuzilishidagi yoki ustmaust qurilgan ikki qavatli uylar, kam nishab maydonda bir qavatli qurilgan uylar asosiy oʻrin tutadi. Qashqadaryo togʻ turar joy binolarida sovuq obhavosidan himoyalanish maqsadida yashash xonalari, asosan, ayvon (baʼzida ikki, uch yoki hamma tomoni berk boʻlgan peshayvon) atrofida joylashgan. Ikkinchi qavatda uch tomoni xona bilan oʻralgan kichik hovlichalar tashkil etilgan. Surxondaryo togʻ uylari koʻpincha choʻzinchoq shaklda qurilgan, odd tomonidan uzun ayvonga ega boʻladi. Birinchi qavat tomi ikkinchi qavat uchun hovli vazifasini oʻtaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo togʻ xalq meʼmorligida qishki xona kirish eshigi yonidagi devor oldi yana bir devor bilan toʻsilgan. Ikki devor oraligʻida oʻchoq nazarda tutilgan. Fargʻona, Toshkent viloyati togʻli hududlarida ham oʻziga xos xalq meʼmorligi anʼanalari rivoj topgan, jumladan, uylar tarxdsa tomonlari teng katta xonalar koʻp uchraydi. Togʻ xalq meʼmorligida qurilish materiali sifatida sinch, paxsa, guvala bilan birga tosh devor ham ishlatilgan. Yana q. Amaliy sanʼat. XULOSA 8 mart kuni dunyoning qator davlatlarida bayram sifatida nishonlanadi. Jumladan, O‘zbekiston hududida ham. bu kunning tarixi haqida turli-tuman taxminlar, mishmishlar va afsonalar yuradi. o‘tmishga nazar solsak, 8 mart haqida hali biz eshitmagan ma’lumotlar talaygina ekanligiga guvoh bo‘lamiz. 1) 1914 yil boshida Xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta rasmiy bayram sifatida kiritildi. 2) 1909 yilning 28 fevral kuni AQSH ilk bor Ayollar kunini nishonladi. 3) 1911 yilda Daniya, Avstriya, Shveysariya va Germaniya Ayollar kunini nishonlashdi boshladi. 4) 1913 yildan e’tiboran Xalqaro ayollar kuni 8 martga ko‘chirildi. 5) Avval bu bayram 23 fevralda nishonlangan 6) 2000 yildan boshlab dunyoning aksari davlatlarida Xalqaro ayollar kuni rasmiy bayram sifatida qabul qilindi. 7) Avstraliyada ilk bor bu bayram 1911 yilning 19 martida nishonlangan. 8) Aynan shu kuni jahonda ilk bor ayollarning norozilik namoyishlari va mitingi boshlandi. 9) 1956 yildan e’tiboran ushbu sana dam olish kuni deya tasdiqlandi. 10) Qadimgi Rimda ham bu bayram nishonlangani haqida ma’lumotlar mavjud 11) Bu bayramni jahonning 31 ta davlati rasmiy ravishda nishonlaydi. 12) 8 mart Suriyada “Revolyutsiya kuni” sifatida nishonlanadi. 13) 1910 yil Daniyaning Kopengagen shahrida Klara Setkin ushbu kunni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlashni taklif qilib chiqdi. 14) Bu kun Armanistonda “Onalar kuni” sifatida bayram qilinadi. 15) 1914 yildan boshlabgina 8 martni bayram sifatida rasmiy qabul qilingan. 16) Statistikaga ko‘ra, 100 nafar odamdan faqat 4 nafari ushbu bayramni restoranda nishonlashni istaydi. 17) “8 mart” degan atir faqat sobiq ittifoqda bo‘lgan. 18) Daniyaning Kopingagen shahri ushbu bayram asoschisi deya e’tirof etildi 19) 1702 yilning 8 martida Anna Buyuk Britaniyaning qirolichasi bo‘lgan bo‘lsa, 1728 yilning shu kunida Petr II Rossiya imperiyasining taxtiga keldi 20) 1968 yilda Yangi Zelandiya ushbu kunni bir yilda 4 marta nishonladi Xulosa qilib aytganda, loyiha doirasida o'zbek milliy folklor san'ati va etnomadaniy qadriyatlari haqida fikr yuritilar ekan, O'zbekistonning turli tarixiy etnografik mintaqalarida yashovchi o'zbeklarning tarixiy tajribasini ilmiy tahlil etishda ijtimoiy tafakkurning rivojlanishi natijasida milliy an'analarning yosh avlodga yuksak ma'naviy tarbiya berish, bilim berishda amaliy ahamiyati beqiyos ekanligi ko'rsatib berildi. O'zbek xalqining boy va rang-barang folklor merosiga egaligi uning etnik tarkibining serqatlamligi va tarixiy taraqqiyot yo'lining dunyo tamadduni o'choqlaridan bo'lmish Markaziy Osiyodagi ikki daryo oralig'ida kechganligi bilan ham chambarchas bog'liqdir. Chunki Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi hudud qadim-qadimdan xalqlarning buyuk ko'chishlari hamda turli siyosiy, madaniy, iqtisodiy munosabatlardagi yuksalish va tushishlarda bir chorraha vazifasini oʻtagan. Bu borada birgina Buyuk Ipak yo'lining ushbu hududni deyarli to'liq kesib o'tganligini eslashning o'zi kifoya. O'z navbatida, qaysi yerdan savdo yo'llari o'tsa, o'sha joyda iqtisodiy-siyosiy va madaniy yuksalish jarayonlari kechganligi tabiiydir. O'zbek xalqi tom ma'noda boy madaniy meros yaratgan. Jumladan, uning folklori hajm va badiiyati bilan ham alohida e'tiborga loyiq. Uning kelajak avlodni har tomonlama g'oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalashdagi ahamiyati beqiyosdir. O'zbek xalq poetik ijodi uzoq asrlar davomida shakllanib, rivojlanib bugungi kungacha yetib kelgan. Folklor asarlarining asosiy xususiyatlaridan biri-yaratuvchilik va ijro jarayonlarning o'ziga xos ko'rinishlarga egaligidir. Istiqlol tufayli xalq og'zaki poetik ijodini rivojlantirishga, xalq yaratgan ma'naviy- madaniy merosni avvalgidek sinfiylik nuqtai nazaridan emas chinakamiga san'at namunalari sifatida chop etish va tahlil etishga imkoniyati yaratildi. Xalq donoligining nodir namunalari bo'lmish folklor asarlari mag'zidagi ezgu g'oyalar haqida Prezidentimiz shunday yozgan: "Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy til bilan aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopokka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon boʻlishi kerak»,- deganlarida hozir o'sib kelayotgan yosh avlod uchun nihoyatda kerakli bo'lgan ma'naviy tarbiya masalasi ko'zda tutilgan edi. Shunday ekan, komil inson tarbiyasida xalq donishmandligining manbai hisoblangan xalq og'zaki ijodi namunalari eng muhim ma'naviy boylik hisoblanadi. Download 130.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling