Mavzu: sanoat chiqindilarini qayta ishlashning zarurati
Chiqindilarni qishloq xoʻjaligida ishlatish
Download 98.25 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 mavzu SHAXAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaharli chiqindilarni zararsizlantirish va koʻmish
- Foyalanilgan manba: Yormatova D. Sanoat ekologiyasi . Toshkent-2007 B-47-48.
- MAVZU: SANOAT KORXONALARINI TABIIY RESURSLARGA TA’SIRI
Chiqindilarni qishloq xoʻjaligida ishlatish
Bir qator yirik hajmdagi chiqindilar, kaliy o'g'itlari chiqindilaridan qishloq xoʻjaligidda foydalaniladi. Fosfat xomashyosidan fosfor fosfogips sho'rxok yerlarni melioratsiyalashda foydalanish yaxshi natija beradi, chunki uning tarkibida Ca, S,P, Fe, Al, Mg mikroelementlari bor. Qishloq xoʻjaligida hadeb ikkilamchi chiqindilarni ishlatish samara bermaydi, chunki ular zaharli moddalarni ham saqlagani uchun tuproq tarkibidagi makroorganizmlar nobud boʻladi. Fosfogips tarkibida ftor, og'ir metallardan mishyak, selen bor. Zaharli chiqindilarni zararsizlantirish va koʻmish Sanoat chiqindilarini zararsizlantirish va koʻmish bugungi kundagi ekologik zaruriyatlardan biridir. Chiqindilarni zararsizlantirsh juda og'ir, sermashaqqat, serxarajat ish hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan zaharli moddalar miqdori odam boshiga 70 kg bo'lsa, bir tonna zaharli moddani zararsizlantirish uchun 500 dollar (AQSH) sar- flanadi. Chiqindilarni ko'mish va zararsizlantirsh, albatta chiqindi chiqargan korxona yoki tashkilot evaziga bo'ladi va ko'miladigan joy ham albatta shu tashkilotga tegishli bo'lishi kerak. Chiqindi ko'miladigan maydon, yerning geologik qatlami har tomonlama o'rganilgan bo'lishi lozim. Chunki yerning pastki qatlamida suv yaqin bo'lmasligi, qumoq bo'lmasligi va biron-bir sel va qor ko'chkilar ta'siridan shu maydon ko'chmasligi kerak. Shuni ochiq aytish kerakki, bunday maydonlar boshqa hech qa- chon yaxshi strukturali yer bo'la olmaydi, chunki bu yerlardagi zaharli moddalar o'simlik mahsuloti bilan insonlarga yoki hayvonlar va qushlarga yetib boradi. Chiqindi ko'miladigan joylarda sanitariya-gigiena me'yorlariga rioya qilish kerak. Maydonlar doimiy ravishda chiqindilarni to'playdigan bo'lib, ular tarkibidan zaharli, ishlatib bo'lmaydiganlarini davriy ravishda koʻmib, lozim bo'lsa qayta ishlab turadigan bo'lishi kerak. Ammo chiqindi maydonlari bir necha tashkilotlarga tegishli bo'lsa juda ma'qul, zararli moddalar bir joyga to'plansa yaxshi bo'ladi. Chiqindi maydoni tarkibiga uch turdagi ishni bajaruvchi guruh kiradi. 1. Sanoat chiqindilarini zararsizlantiradigan zavod bo'lishi, uning chiqindilarni fizik-kimyoviy jihatdan qayta ishlovchi va kuydiruvchi, boshqa turga o'tkazuvchi, chiqindining hajmini kichraytirib koʻmuvchi imkoniyatlari boʻlishi. 2. Shu maydonda chiqindilarni ko'mish uchun maxsus chuqur kot- lovanlar qazish mumkin boʻlishi va barcha zaharli toksik moddalarni taxlashga sharoit borligi. 3. Zaharli va zararli chiqindilarni tashish uchun maxsus transport mashinalarining doimo mavjud bo'lishi. Chiqindi maydoni yaqinidan oqar suvlar o'tmasligi, odamlar bun- day suvdan ichish va o'simliklarni sug'orish uchun mutlaqo foydalan- masliklari zarur. Maydonning o'zini kanalizatsiyasi boʻlishi mumkin, ammo u hech qayerga ulanmaydi, chiqindi maydoniga radioaktiv mod- dalar hech qachon olib kelinmaydi, shuningdek, neft mahsulotlari qoldig'i ham keltirilmaydi. Chiqindi maydonida bir qator tashkiliy ishlarni uzluksiz ravish- da olib borish zarur. Chunki maydonda xavfsizlikning oldini olish uchun zaharli moddalarni zararsizlantirib, zarur bo'lsa koʻmib, qayta ishlashga yuborib, atrof-muhitni iflos qilmaslik choralarini izlash lozim. Turli tashkilotlardan yo'q bo'lmaydigan zaharli chiqindilarni terib olish yoki yig'ish. Zaharli moddalarni chiqindi maydoniga tezroq avtomobillar bilan jo'natish kabi ishlarni tashkil qilish kerak. Chiqindi maydoni aholi yashaydigan joydan kamida 10 km uzoqlikda joylashtiriladi. Foyalanilgan manba: Yormatova D. Sanoat ekologiyasi . Toshkent-2007 B-47-48. Turobjonov S.M., Tursunov T.T., Niyazova M.M., Pulatov X.L. Sanoat chiqindilarini rekupereatsiya qilish texnologiyasi. Т.: « 0 ‘qituvchi»., 2011. – 280 b MAVZU: SANOAT KORXONALARINI TABIIY RESURSLARGA TA’SIRI Download 98.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling