Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va uni takomillashtirish
Rejalashtirish tamoyillari va usullari
Download 52.55 Kb.
|
53808-industrial iqtisodiyot referat
Rejalashtirish tamoyillari va usullari
Rejalashtirish nazariyasida xo‘jalikka rahbarlik qilishning ma’lum fundamental qoidalari, ya’ni tamoyillari masalasi alohida o‘rin egallaydi. Bozor munosabatlari sharoitida bunday tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. Ilmiylik tamoyili; 2. Rejalarni ma’lum maqsadga yo‘naltirish tamoyili; 3. Mutanosiblik va balanslilik tamoyili; 4. Komplekslik tamoyili; 5. Uzluksizlik tamoyili; 6. Barqarorlik tamoyili; 7. Tarmoq va hududiy rivojlanishning uyg‘unligi; 8. Iqtisodiyot va uning tarmoqlari hamda korxona (firma)lar rivojlanishining uzviy birligini hisobga olish tamoyili. Sanoat va uning tarmoqlari, korxonalari, tashkilotlari faoliyatlarini rejalashtirganda yuqoridagi tamoyillarga to‘la amal qilinsa topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish mumkin, iqtisodiy o‘sish kuchayadi va ishlab chiqarish samaradorligi albatta, ko‘tariladi. Yuqorida keltirilgan tamoyillarni amalga oshirish uchun bir qator usullardan, ya’ni balans, maqsadli, normativ, statistik-iqtisodiy, ko‘p variantli, iqtisodiy-matematik matritsa usullaridan foydalaniladi.Balans usuli rejalashtirishning bosh usuli hisoblanadi. Faqat balans usuligina asosiy proporsiyalarni belgilash, resurslarning jamiyat ehtiyojlariga muvofiqligini aniqlash, rejalarni real va natijali qilish imkonini yaratadi. Balanslardan istiqbol va joriy rejalarning barcha bo‘limlarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishda balans usulidan keng foydalaniladi, chunki u iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sohalarini muayyan sharoitda aniq vaqt va ma’lum fazoda yaxlit holda, bir biriga bog‘liq texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida aks ettira oladi. Balanslar ishlab chiqarishning ko‘lami va dinamikasi, uning tarkibi va tuzilmasi hamda samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassamlashtiradi. Ularda sanoat tarmog‘i va boshqa milliy iqtiso-diyot tarmoqlarining o‘zaro munosabatlarini ko‘rish mumkin. Rejalashtirishda balanslarning qiymat, natura-qiymat, moddiy, mehnat va moliyaviy turlaridan keng foydalaniladi. An’anaviy qiymat balanslari qatoriga: yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy daromad balansi, asosiy fondlar balansi, tovar oboroti va resurslar balansi, tashqi savdo va to‘lov balanslari kiritiladi. Balanslarning eng muhimlaridan biri moddiy balans bo‘lib, u mahsulotlarning eng muhim to‘plamini qamrab oladi. Balanslarni ishlab chiqish katta bilim va ilm, tajriba, ijobiy yondashuvlar talab qiluvchi murakkab ishdir. Rejalashtirish amaliyotida natura yoki moddiy balanslarning quyidagi uch turidan: - mehnat qurollarining balanslari; - mehnat buyumlarining balanslari; - xalq iste’moli buyumlarining balanslaridan foydalanish mumkin. Moddiy balanslar ma’lum sxemalar bo‘yicha ishlab chiqilib, unda, bir tomondan, mahsulot resurslari, ikkinchi tomondan, uning ayrim qismlari bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rsatiladi. Balanslarning yana bir eng muhim turi – bu mehnat balanslaridir. Bunday balanslarda mavjud mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari aks ettiriladi. Mehnat balanslariga mehnat resurslarining yig‘ma balansi, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha ishchi kuchi balansi va h.k.lar kiritiladi. Korxona (firma)larda ishlab chiqarish quvvati balansi tuzilib, unda korxonaning ishlab chiqarish imkoniyati, uning tarkibidagi nomutanosibliklar mavjudligi, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar aniqlanadi. Rejani texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashning eng muhim asoslaridan biri bu normativ usuldir. Rejalashtirish jarayonida iqtisodiy normativlarning roli beqiyos. Ular yordamida rejalashtirilayotgan davr sharoitlarini (mahsulot berish topshiriqlari, narx, foydadan budjetga ajratma, ish haqi fondlarini tashkil etish normativlarini) oldindan bilgan holda korxonalar jamoalari ishlab chiqarishni o‘stirishning yuksakroq sur’atlarini, uning samaradorliginiancha oshirishni ta’minlaydigan rejalarni ijodiy tarzda, barcha imkoniyatlarni oshkora qilishdan cho‘chimasdan tuza oladilar. Normativ usulning mohiyati shundan iboratki, unda reja ko‘rsatkichlari rejali norma asosida aniqlanadi. Bu usul yordami bilan ishlab chiqarishdagi ilg‘or tajribalarni umumlashtirishning barcha bo‘g‘inlaridagi balanslari (mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ishchi kuchi, moddiy va moliyaviy balanslari)dan keng foydalanishni nazarda tutadi. Rejalashtirishda norma va normativlarning uch guruhi: iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik guruhlaridan foydalaniladi. Iqtisodiy normativlar resurslardan foydalanish samaradorligining mumkin bo‘lgan eng past miqdorini ifodalaydi. Masalan, rejalashtirish va prognozlashda kapital mablag‘lardan foydalanishning normativ koeffitsiyenti (Yen) ko‘rsatkichidan keng foydalaniladi. Faraz qilaylik, rejalashtirishda uning miqdori Yen = 0,15 kesimida belgilanadi. Bu milliy iqtisodiyot rivojiga sarflangan mablag‘larning har bir so‘mi 15 tiyin bilan qaytishi kerak. Shunday bo‘lsa, sarflangan kapital mablag‘ taxminan 7 yilda o‘zini to‘la qoplaydi. Agarda u har yili 15 tiyindan kam tejam keltirsa, kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) samarasiz foydalanilganligini anglatadi. Ijtimoiy normativlar jamiyat va uning a’zolari ehtiyojlari muayyan davrga qondirilishining mumkin bo‘lgan darajasini, insonning tevarakatrofdagi muhit bilan o‘zaro aloqasi xarakterini belgilaydi. Ayrim mahsulot turlarining bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi normasi ijtimoiy normativlar namunasidir. Masalan, bir kishining bir yilda oyoq kiyimiga bo‘lgan iste’mol normasi 3,3 juft hajmida belgilangan. Texnologik normativlar chiqarilayotgan mahsulot birligiga resurslarining solishtirma sarfi miqdorini ifodalaydi. Masalan, 1kVt soat elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanayotgan yonilg‘i normasi, xom paxtadan paxta tolasini chiqarish normasi. Download 52.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling