Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va uni takomillashtirish


Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi


Download 52.55 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi52.55 Kb.
#1520410
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
53808-industrial iqtisodiyot referat

Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
Ma’lumki, milliy iqtisodiyot, jumladan, sanoat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar, ya’ni xo‘jalik vazifalari va amaliy chora-tadbirlar belgilanadi. Ular reja shaklida namoyon bo‘ladi. Reja – bu davlat ijtimoiy–iqtisodiy siyosatini, jamoa va shaxs o‘z ishlarini amalga oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli reja va rejalashtirish masalasiga alohida e’tibor beriladi va ularning mohiyati, ahamiyati, mazmuni va vazifalarini chuqur bilish zarurati yuzaga keladi. Reja – bu biror ish, dastur, tadbir va shu kabilarni amalga oshirishning oldindan belgilangan tartibi, loyihasi. Ko‘pincha uni topshiriq deb ham ataydilar. Ishlab chiqarish rejasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish rejasi yoki yagona iqtisodiy kompleksining, ya’ni mamlakat iqtisodiyoti rejasi, milliy iqtisodiyot va uning real tarmog‘i rejasi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va h.k.lar rejasi). Rejaning bir qancha shakllari mavjud:
- vaqti va muddatiga qarab har qanday reja soatlik, kunlik, haftalik, o‘n kunlik, bir oylik, bir kvartallik, bir yillik va bir necha yillik bo‘lishi mumkin.
- rejalashtirishning maqsadi va vazifasiga ko‘ra reja ikki turga: operativ reja va texnik-iqtisodiy rejaga bo‘linadi. Bu rejaning ikkinchi turi o‘z navbatida ikki shaklda, ya’ni joriy (taktik) reja va istiqbolli (strategik) reja shakllarida bo‘ladi. Reja tuzish va uni ro‘yobga chiqarish, ya’ni reja bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish jarayoni “Rejalashtirish“ deb ataladi. “Rejalashtirish“ atamasi haqida so‘z yuritilganida shuni ta’kidlash joizki, turli ilmiy asarlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ensiklopediya va lug‘atlarda turlicha ta’riflar berilgan va ular o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Lekin O‘zbekiston SSR ensiklopediyasida “Reja“ va “Rejalashtirish“ terminlari umuman keltirilmagan, uning o‘rniga “Plan“ va “Planlashtirish“ terminlari ishlatilgan. Mustaqillik, istiqlol va ular tufayli yuzaga kelgan keskin o‘zgarishlar bu kategoriyaning mohiyati, ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalarini tubdan tadqiq qilishni talab etadi. Ayniqsa markazlashgan rejalashtirishning tubdan o‘zgarganligi va tarmoqlar, korxonalar katta erkinlik olganliklari muammolari o‘z yechimini topishi kerak. Bozor va rejalashtirish bir birini taqozo etadi va ularni bir biridan ajratib bo‘lmaydi. Hech kim iqtisodiy tahlil bilan shug‘ullanmaydi, hech kim yil boshida hisob qilmaydi“. Bundan ko‘rinib turibdiki, yil boshida rejalar aniqlanmaydi. Reja va rejalashtirish ma’lum ko‘rsatkichlar tizimi, ya’ni topshiriqlar majmui tariqasida aks ettiriladi. Ular rejaning asosiy g‘oyasi, maqsadi va vazifalarini ifodalaydi hamda natijalarini tavsiflaydi. Ko‘rsatkichlar yordamida bir qator funksiyalarni baholash, hisob-kitob qilish va topshiriqlarning mutanosibligini ta’minlash mumkin. Reja tuzish jarayonida qo‘llaniladigan barcha ko‘rsatkichlarning belgilanish tartibi, ishlab chiqarish xodimlarining xo‘jalik faoliyatida qo‘llanish miqyosi va vazifasiga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Belgilanish tartibiga ko‘ra ular tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Tasdiqlanadigan ko‘rsatkichlar yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. Hisoblanadigan ko‘rsatkichlar esa boshqarishning ma’lum bo‘g‘ini tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Qo‘llanish miqyosiga binoan ko‘rsatkichlar umumiy va differensiyalashgan turlarga bo‘linadi. Umumiy ko‘rsatkichlar sanoat tarmog‘ining barcha bo‘g‘inlariga taalluqli bo‘lib, ular iqtisodiyot va uning tarmoqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashni ta’minlash maqsadida belgilanadi. Differensiyalashgan ko‘rsatkichlar ham sanoatda amalga oshiriladigan ko‘pgina jarayonlarni aniq ifodalashga yordam berib, ularni takomillashtirishga olib keladi. Ishlab chiqarishning xo‘jalik faoliyatidagi vazifasiga qarab, reja ko‘rsatkichlarini miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ajratish mumkin. Miqdor ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish hajmi, ish haqi fondi, xomashyoga bo‘lgan ehtiyojlardan iborat. Sifat ko‘rsatkichlari moddiy resurslar va ishchi kuchidan foydalanish darajasini ifodalaydi. Sifat ko‘rsatkichlari o‘z navbatida sintetik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Sintetik ko‘rsatkichlar (masalan, mehnatunumdorligi, mahsulot sifati, mahsulot birligining tannarxi, foyda yoki daromad) korxona faoliyatini har tomonlama aks ettiradi. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar esa ayrim ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Masalan, uskunalardan foydalanish, mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo, yoqilg‘i va elektr energiya, ko‘p mehnat talab etadigan jarayonlarni mexanizatsiyalash, eng mukammallashgan texnologik jarayonlarni qo‘llash shular jumlasidandir. Ko‘rsatkichlar rejalashtirish tajribasida eng ko‘p ishlatiladigan, belgilanadigan va hisoblanadigan, umumiy va xususiy, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Natura ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning moddiy buyum nisbatlarini, mahsulotni tayyorlovchi va iste’mol etuvchilar orasidagi aloqalarni belgilab, unda mahsulotning turlari yoki ish hajmining o‘lchov birliklari (dona, metr, tonna va hokazolar) ifodalanadi. Tovar-pul munosabatlari sharoitida qiymat ko‘rsatkichlari alohida o‘rin egallaydi. Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning hajmini, sarflarini va moliyaviy natijalarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash yo‘llaridan biri – sanoatni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishdir. Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Bir tomondan, qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini ifoda etsa, ikkinchidan, sanoatning o‘zining shart-sharoitlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarga asoslanib sanoatning texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari aniqlanadi. Sanoat taraqqiyotini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar sanoat tarmoqlarining korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmini natural yoki kompleks o‘lchov birligida, qiymat birligida ifoda etadigan ko‘rsatkichlaridir. Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda qo‘llaniladigan kompleks natural birliklar bo‘lib kilovatt-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr, dekalitr, dona va boshqalar hisoblanadi. Bu o‘lchovlarga tayangan holda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Sanoat mahsulotlarining natural yoki kompleks o‘lchov birliklari orqali barcha sanoat tarmoqlarining rivojlanishini qiyoslab bo‘lmaydi, chunki bir tarmoqning mahsuloti kilovatt-soatda o‘lchansa, ikkinchisiniki tonnada, uchinchisiniki esa kubmetrda o‘lchanadi va h.k. Shuning uchun barcha sanoat tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va bajaradigan ishlarini hisoblashda yagona o‘lchov birligi bo‘lishi lozim. Bu o‘lchov birligi har tomonlama bo‘lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko‘rsatkichlari
bajaradi. Qiymat ko‘rsatkichlari baholar yordamida sanoatning umumiy rivojlanishini, o‘sish sur’atlari va uning tarkibini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Qiymat ko‘rsatkichlarini ishlatishning yana bir afzal tomoni borki, bu har xil tarmoqlar ish faoliyatini bir-biriga taqqoslash imkoniyatini yaratib beradi. Hozirgi davrda sanoat rejasini tuzishda qo‘llaniladigan qiymat ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: yalpi ichki mahsulot, tovar mahsuloti, realizatsiya qilingan mahsulot, normativ sof mahsulot, sof mahsulot. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchta katta guruhga bo‘linadi: mehnat buyumlari, mehnat qurollari va xalq iste’mol mollari. Mehnat buyumlariga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya va boshqa ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan buyumlar kiradi. Bu buyumlar sanoatni yuqori sur’atlar bilan va samarali rivojlantirish uchun ko‘p miqdorda talab qilinadi. Rejalashtirish qanchalik mukammal bo‘lsa, taraqqiyot shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi.


Download 52.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling