Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va uni takomillashtirish


Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 52.55 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi52.55 Kb.
#1520410
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
53808-industrial iqtisodiyot referat

Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Davlatning iqtisodiy strategiyasida boshqaruv va uning eng muhim funksiyasi bo‘lgan rejalashtirishni takomillashtirish alohida o‘rin egallaydi. Chunki u rejalashtirishning barcha darajalari va sohalarida qonuniy jarayon hisoblanadi. Bu esa jamiyatda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar bilan belgilanadi. Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishni takomillashtirish sohasida eng avvalo, quyidagi vazifalarni hal etish lozim:
- rejalashtirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlatishga, sanoatning ilg‘or tarkibini shakllantirishga, uni balansli va mutanosib rivojlantirishga, ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy hamda ilmiy va texnikaviy salohiyatdan samarali foydalanishga ta’sirini kuchaytirish;
- fan-texnika taraqqiyotini jadal va uzluksiz amalga oshirishni oqilona
bashorat qilishga erishish;
- bashorat qilish bilan istiqbolli va joriy rejalashtirish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash. Bu vazifalarni amalga oshirish texnologiyalaridan keng foydalanish;
- reja ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish, ularni pirovard natijalar sari yo‘naltirishni kuchaytirish hamda mehnat, moddiy, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini, mahsulotning sifati va uni yangilash miqyoslarini aks ettiradigan ko‘rsatkichlardan keng foydalanish. Galdagi eng muhim vazifalardan biri rejalashtirishning ilmiy saviyasini, darajasini oshirishdir. Rejalar ilmiy tarzda tuzib chiqilishi, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslab berilgan va to‘la-to‘kis balanslashtirilgan bo‘lishi kerak. Aniqroq qilib aytganda, milliy iqtisodiyot,
jumladan, sanoat rejalarida ko‘zda tutilgan ishlab chiqarishni o‘stirish, yalpi ichki mahsulotni ko‘paytirish sur’atlari va asosiy mutanosibliklar optimal bo‘lishi, ya’ni mavjud imkoniyatlardan yangi jamiyatning obyektiv iqtisodiy qonunlariga muvofiq ravishda eng yaxshi, eng samarali foydalanishni ta’min etish kerak. Hozirgi jadallashgan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida rejalashtirishning eng muhim vazifalaridan biri ilm va texnikaning so‘nggi yutuqlarini sanoat orqali tez sur’atlarda o‘zlashtirib olishni rejalarda, ayniqsa, istiqbolli rejalarda ko‘zda tutishdan iborat. Istiqbolli rejalarning rolini oshirish rejalashtirish uchun ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan normativlar sistemasini vujudga keltirishni talab etadi. Shundagina rejalashtirishda tavakkalchilik yuz berishining oldini olish hamda ishlab chiqarishning natijaliligini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish mumkin bo‘ladi.

Xulosa
Rejalashtirishni yanada takomillashtirish uchun bu jarayon bilan shug‘ullanadigan idoralarni iste’dodli va iqtidorli, bilimdon, obro‘li, o‘z ishining ko‘zini biladigan kadrlar bilan mustahkamlash kerak. Faqat shunday mutaxassislargina bu sohadagi o‘zboshimchaliklar va subyektivizmga batamom barham berishi mumkin bo‘ladi. Reja tuzish ishning bir qismigina xolos. Uning bajarilishi va oshirib bajarilishi har bir rahbar va xodimning aql zakovati, tashabbuskorligi va fidokorona mehnatiga bog‘liqdir. Agarda jamoa va uning har bir xodimi o‘z vazifalarini muntazam, bekami-ko‘st bajarib borsa belgilangan rejalar albatta, muvaffaqqiyatli bajariladi. Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish boshqaruv tizimining ajralmas qismidir. U yordamida milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog‘i – sanoatning rivojlanishiga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlar muayyan vaqtga belgilanadi. Rejalashtirish o‘zining tegishli tamoyil va usullariga ega va ular iqtisodiyot nazariyasida alohida o‘rin tutadi. Sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar berilishi kerak va ular reja shaklida aks etadi. Sanoat rejasi 12 bo‘limdan iborat.Sanoat rejasini tuzish eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi. Chunki bunda taraqqiyotning barcha tomonlarini oldindan ko‘rish, ya’ni bashorat qilish hamda bu taraqqiyotni ta’minlovchi iqtisodiy va texnik salohiyatning samarali variantlarini qidirib topish kerak bo‘ladi. Mustaqillik yillarida rejalashtirishni takomillashtirish borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Lekin iqtisodiyotni, jumladan, sanoatning rejali, mutanosib rivojlanishining bir qator muammolari hali o‘z yechimini topgani yo‘q. Shu sababli bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish va demokratik davlat, bozor iqtisodiyotining talablariga javob beradigan rejalashtirishni yaratish zarur.

Download 52.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling