Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari Reja: Kirish


Download 200.27 Kb.
bet1/12
Sana03.02.2023
Hajmi200.27 Kb.
#1156058
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Daromad oshishiga ta’sir qiluvchi omillar Reja Kirish


Mavzu: Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo'llari
Reja:
Kirish

  1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi mohiyati va uning huquqiy asoslari

  2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning maqsadi hamda vazifalari

  3. Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va omillari

  4. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Mundarija:


Kirish ……………………………………………………………………… 3

  1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi mohiyati va uning huquqiy asoslari……...……………………………… 7

  2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning maqsadi hamda vazifalari ………...…….……17

  3. Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va omillari ……………...29

  4. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari..................................36

  5. Xulosa ………………………………………………………………… 40

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………42

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qiish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng kulamda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport saloxiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.
Shu sababli, global moliyaviy inqiroz sharoitida moliya-bank tizimini qo’llab quvvatlash, sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish va ularning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib xisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “ Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizasiya qilish uchun katta mablag’ sarflaymiz, ko’p miqdordagi xorijiy investisiyalarni jalb etamiz. Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to’liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o’sib ketishiga olib kelmoqda. ” Shuningdek, yurtboshimizning ushbu Jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari asarida xamda inkirozga karshi choralar dasturining aniq bo’limlari - belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni xal etishga karatilgan. Jumladan, “qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish xisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish.
Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 mart kuni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat korxonalarini transformasiya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ma’lumki, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash maqsadida davlat korxonalari transformasiya qilinmoqda. Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, 25 ta davlat korxonasida operatsion samaradorlikni oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi. Hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan, zarar bilan ishlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan butunlay voz kechish kerakligi aytildi. Transport sohasidagi ishlar holati ham ko‘rib chiqildi. Tranzit yo‘lovchilar oqimini oshirish, charter parvozlarga ruxsat berish tizimini soddalashtirish, mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit xabiga aylantirish choralari belgilandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi erkin raqobat sharoitida ishlash uchun zamonaviy yondashuvlarni joriy qilishi, aviachiptalar narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda iqtisodiyotda joriy yilning birinchi choragi yakunida kutilayotgan natijalar tahlil qilindi. Yangi korxonalarni foydalanishga topshirib, ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hokimlar va tarmoq rahbarlariga iqtisodiy asoslanmagan loyihalarning ilgari surilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mutasaddi idoralarga ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, investitsiya loyihalarining bozor iqtisodiyoti talabiga javob berishini o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Eksport masalalari muhokama qilinar ekan, tashqi bozordagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib, transport va logistika masalalarini hal etish, eksport geografiyasini kengaytirish, mahsulotlarni yangi bozorlarga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Jumladan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi eksport yo‘nalishlarini ochish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan viloyat hokimlarining hisoboti eshitildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2018-yil ― Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yilik Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda. Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir.

Download 200.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling