Mavzu: sanoat korxonalarida mehnatni tashkil etishning moxiyati va axamiyati
Mehnatni ilmiy tashkil etish bo’yicha tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash tartibi
Download 34.6 Kb.
|
BANK BO’LMAGAN KREDIT MUASSASALARI
2. Mehnatni ilmiy tashkil etish bo’yicha tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash tartibi
Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Har qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya‘ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo‘lsa, uning birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi elektr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq bo‘ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko‘proq bo‘lsa, uning 24 xarajatlari kamroq bo‘ladi. Mehnat samarodorligi mahsuldorligi mehnat ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya‘ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha ahzolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o‘zini ham belgilab beradi. Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o‘z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo‘lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ish sifati zarur darajada bo‘lgani holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo‘lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan ta‘min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va mehnatga to‘langan haq xarajatlari bilan o‘lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o‘lchanishi mumkin. SHuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi. Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta‘minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin: korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi; xodimga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatish: mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari bir o‘lchov bilan o‘lchanishi mumkinligi; mehnat miqdori bilan sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik. Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo‘ladi. Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi. Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora ko‘proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko‘payib borgan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir «Unumdorlik» tushunchasi mahsulotning har qanday xarajatlarning turiga yoki barcha turlariga nisbatini aniq ko‘rsatkichlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Statistik mahnoda unumdorlik deyilganda, ishlab chiqarish natijalarining foydalanish omillari sarflariga nisbati tushuniladi, u boshqacha qilib aytganda, xarajat birligi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. SHunga ko‘ra ishlab chiqarish natijasini uning barcha o‘lchash mumkin bo‘lgan omillari majmuiga nisbatan yoki alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin. SHunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) sarflangan ishlab chiqarish omillarning miqdori va sifati (sarf samarasi); 2) sarflangan omillar miqdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish samarasi); 3) ishlab chiqarish omillari kombinatsiyalarining miqdori (substitutsiya samarasi); 4) texnika taraqqiyoti (texnika samarasi); 5) ishlab chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi); 6) alohida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yohud mahsulotning umumiy miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi); 7) alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi o‘zaro aloqalar darajasi va tarkibi (o‘zaro aloqodorlik samarasi). Mehnat unumdorlgini o‘lchash muammosi mazkur iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini aniqlashdan birmuncha murakkabroq. Amalda mehnat unumdorligining o‘sishi va mahsulot ishlab chiqarishni o‘lchashning turli usullaridan foydalaniladi. U yoki bu usulning qo‘llanishi, birinchidan, mehnat unumdorligini o‘lchash darajasiga, ikkinchidan esa, hisoblashni amalga oshiradigan iqtisodiy xizmat oldida qanday vazifa turganligi bilan bog‘liqdir. Mehnat unumdorligini o‘lchash darajasi bo‘yicha bir xildagi mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish o‘rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu o‘rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy) usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bo‘lsada, u faqat bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo‘llaniladi, shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning birigada va uchastkalarida butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qo‘llanilishi mumkin: Mehnat unumdorligini o‘lchashning qiymat usuli turli kasb va malakaga ega bo‘lgan xodimlarning mehnat unumdorligi, masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat unumdorligini taqqoslash imkonini beradi. Biroq bu usul ko‘rinishdan universal usul bo‘lishiga qaramay, bir qancha kamchiliklarga ham ega. Xususan unga narx omili, ya‘ni bozor konhyukturasi va inflyatsiya ko‘proq ta‘sir ko‘rsatadi.Mehnat unumdorligini o‘lchash usullarining har uchalasi ham o‘z afzalliklari bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. 30 Ishlab chiqarish hajmlari va mehnat unumdorligini o‘lchashning qiymat usuli birmuncha murakkab ishlab chiqarish hajmlarini hisoblashda eng maqbul usulni muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqib tanlash mumkin. Ishlab chiqarish hajmlarini o‘lchashning eng ko‘p qo‘llanadigan usuli yalpi, tovar va sotilgan mahsulotlar ko‘rsatkichlaridir. Bu xil ulgurji narxlarda «zavod usuli» bo‘yicha hisoblangan yalpi mahsulot tovar mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini o‘lchaysh bilan, sotilgan mahsulot tovar mahsulotdan sotish uchun mo‘ljallangan, lekin sotilmagan tovar qoldiqlari summasi bilan farq qiladi. SHunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish normasi yalpi mahsulot bo‘yicha aniqlanganda eng aniq natijalar kelib chiqqanday tuyuladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo‘yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko‘payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to‘planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Yalpi tovar va sotilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarni va normalarini o‘lchashning kamchiligi shundan iboratki, ulgurji narxlar barcha barcha moddiy xarajatlarning qiymatini o‘z ichiga oladi. Vatanimiz tajribasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajm ko‘rsatkichlari faqat jonli mehnat bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli foydalinayotgan materiallar sig‘imining va qiymat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga duchor bo‘lmoqda. Moddiy xarajatlarrning har qanday ko‘payishi yoki boshqa korxonalar bilan kooperatsiya bo‘yicha mahsulot yetkazib berish va sotish bo‘lsin, baribir mehnat unumdorligining ortib borish tasavvurini beradi. Material sig‘imining kamayishi esa – mazkur ko‘rsatkichning pasayishi tasavvurini o‘yg‘otadi. Mehnat unumdorligini o‘lchashda material sig‘imining o‘zgarishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajm ko‘rsatkichiga va mahsulot ishlab chiqarish normasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishiga barham berish uchun qo‘shimcha o‘lchov usullaridan foydalaniladi: shartli sof, normativ sof mahsulot bo‘yicha va ishlov berishdagi normativ qiymat usullari tatbiq etiladi. Bu usullarni qo‘llash material sig‘imio‘zgarishlarining salbiy ta‘sirining to‘liq yoki qisman barham toptiradi. SHunga qaramay ularning har biri o‘z kamchiligiga ega bo‘lib, haqiqatla ulardan birontasi ham bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob bermaydi. Download 34.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling