Мавзу. Sanoat korxonalarining mehnat resurslari
Tarkibiy bo’limlar xaqidagi nizomlar va lavozim yo’riqnomalarini ishlab chiqish
Download 241.99 Kb.
|
5маруза.сирткигаdocx
Tarkibiy bo’limlar xaqidagi nizomlar va lavozim yo’riqnomalarini ishlab chiqish.
Bo’lim xaqidagi nizom qo’yidagi qismlardan tashkil topishi kerak: umumiy qoidalar, bo’limning maqsadlari, ichki tuzilishi, funukstiya va vazifalari, xuquqlari, boshqa bo’limlar bilan aloqalari, ishni baxolash mezonlari, bo’lim boshlig’ining xuquq va majburiyatlari, bo’limni kengaytirish, qayta tashkil qilish va tugatish tartibi. "Umumiy qoidalar" qismida bo’limning tavsifi va uning tuzilmadagi o’rni, tobeligi, bo’lim boshlig’ini tayinlash va lavozimdan olish tartibi, bo’lim o’z ishida amal qiladigan asosiy xuquqiy, direktiv, normativ va konstruktiv materiallar ro’yxati keltiriladi. "Maqsadlar" qismida bo’limning maqsadlari va ulardan kelib chiquvchi asosiy vazifalari ta’minlab beriladi. "Ichki tuzilish" qismida bo’lim (sektor)ning tarkibiy bo’linmalari nomlari, raxbar lavozimining nomi, bu bo’linmalar kimga bevosita bo’ysunishi va o’z faoliyatida qaysi xujjatlarga amal qilishi ko’rsatiladi. "Funkstiya va vazifalar" qismi nizomning asosiy bo’limi xisoblanadi. Unda bu bo’limning faoliyatiga xar tomonlama tavsif beriladi, bo’lim bajaradigan barcha ish turlari sanab o’tiladi. "Xuquqlar" qismida bo’limning boshqa bo’limlarga nisbatan xuquqlari, uning tavsiya qilish, man etish, bekor qilish va shu kabi boshqa imkoniyattari ko’rsatiladi. Bulimning xuquqlari uning o’z funukstiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan xajmda belgilanadi. "Boshqa bo’linmalar bilan aloqalari" qismi bo’lim o’z faoliyatida boshqa bo’linmalar bilan almashadigan axborotning kirish va chiqish xususiyatini belgilaydi. "Bo’lim ishini baxolash mezonlari" qismida bo’limning ishini baxolashda qo’llanadigan mezonlar (reja va xisobotlarning o’z vaqtida tuzilishi va x.k.) ro’yxati keltiriladi. “Bo’lim boshlig’ining javobgarligi qismida bo’lim boshlig” shaxsan javobgar bo’lgan asosiy pozistiyalar tavsiflanadi. “Bo’limni kengaytirish, qayta tashkil qilish va tugatish tartibi” qismi ushbu masalalarni qaysi idora, qachon va qanday xal qilishini belgilaydi. Lavozimlarni tartibga solishni tashkil etish amaldagi xizmatchilar lavozimlarining umumiy nomenklaturasida belgilangan. Lavozim yo’riqnomalarida xar bir xodimning funukstiyalari, majburiyatlari, xuquqlari va javobgarligi belgilab qo’yiladi. Lavozim yo’riqnomalari lavozim xaqidagi namunaviy nizomga asosan ishlab chiqiladi. Lavozim yo’riqnomalari lavozimning maqsad va vazifalari, xodimlarning majburiyatlari, xuquqlari va javobgarligi, raxbarlar va xodimlarning o’zaro majburiyatlarini aniq belgilashi, boshqaruv mexnatining taqsimoti va birlashtirilishini tartibga solishi lozim. Puxta ishlab chiqilgan Nizomlar va lavozim yo’riqnomalari xodimlarning mas’uliyatini oshiradi. Aniq belgilangan vazifa va xuquqlar, qat’iy o’rnatilgan ishni bajarish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan xodim faol pozistiyani egallaydi, tashabbus ko’rsatadi va ishga ijodiy yondashadi. Lavozim yo’riqnomalari xodimlarga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Nizomlar va lavozim yo’riqnomalari ishga tartib elementini kiritadi, ishni vijdonan bajarish uchun qo’lay ijtimoiy-psixologik muxit yaratadi. Download 241.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling