О’ZBEKISTОN RESРUBLIKАSI ОLIY TА’LIM, FАN VA INNОVАTSIYАLАR VАZIRLIGI
Q ARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH USULLARI FANIDAN
REFERAT
MAVZU: DIREKTIV REJA. INDIKATIV REJALASHTIRISH. IQTISODIYOTNI DASTURLASH, PROGNOZLASHTIRISH, REJALASHTIRISH VOSITALARI YORDAMIDA DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI.
BAJARDI: ARABOV FARRUX
4-KURS, I-161-19-Guruh talabasi
QABUL QILDI: Professor, I.f.d ERGASHEV R.X.
QARSHI-2023
Mavzu: Direktiv reja. Indikativ rejalashtirish. Iqtisodiyotni dasturlash, prognozlashtirish, rejalashtirish vositalari yordamida davlat tomonidan tartibga solishning о‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati.
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………..…..3
I.Bob.Direktiv reja. Indikativ rejalashtirish. Iqtisodiyotni dasturlash, prognozlashtirish, rejalashtirish vositalari yordamida davlat tomonidan tartibga solishning о‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati……………..…5
1.1. Direktiv reja va indikativ rejalashtirish haqida umumiy tushunch………..5
1.2. Iqtisodiyotni dasturlash, prognozlashtirish usullari haqida……..……..…11
1.3. Iqisodiyotni rejalashtirish vositalari yordamida davlat tomonidan tartibga solishning о‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati…………………………….…22
Xulosa…………………………………………………………………………….30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat shakllaridan biri dasturlash va rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining mavjudligi, iqtisodiyotga yo`llanadigan kapital mabla`glar harakati va oqibatlarining uzoq muddatliligi hamda bozor kon`yunkturasini o`rganishi bilan ifodlanadi. Shu boisdan barcha rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va rejalashtiriladi. Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqa muddat, o`rta muddat , uzoq muddatga mo`ljallanadi. Bunda mavjud o`tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish holati, bozor kon`yunkturasining o`zgarib borish tendentsiyalariga asoslanib, kelajaqdagi iqtisodiy ahvolning qanday bo`lishi, qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi bashorat qilinadi. Bu - ekstropolyatsiya usuli deyiladi. Olingan ma`lumotlarga esa xususiy ishbilarmonlarning kapital mabla`glar sarflash rejalarini turli so`rovlar orqali o`rganib borish orqali aniqlik va tuzatishlar kiritiladi. Prognozlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarda iqtisodiyot rivojlanishining moddiy va sotsial maqsadlari ko`rsatiladi. Maqsadlarni amalga oshirish uchun kapital mabla`glar sarflash rejalari tuziladi, ishlab chiqarish hajmi bilan talab o`rtasidagi nisbatlar o`rganiladi. Turli ishlab chiqarish bilan import o`rtasidagi bo`gliqlik, ishlab chiqarish bilan iste`mol, ishlab chiqarish bilan eksport, eksport bilan import o`rtasidagi bo`gliqlar aniqlanadi. Buning uchun tarmoqlararo balansni tuzish, aholi ro`yxatini o`tkazish muhim ahamiyatga ega. Bizda bir necha marta tarmoqlararo balans tuzilgan, aholini ro`yxatga olish amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |