Mavzu Sanoat korxonalarining zaxira manbalari


Download 0.94 Mb.
bet2/2
Sana02.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1320871
1   2
Bog'liq
Mavzu-2

Jismoniy eskirish - asosiy fondlarning ishlatilishi yoki ishlatilmaslik mobaynida o’zining dastlabki iste’mol qiymatini yo’qotib borish jarayoni tushuniladi. Jismoniy eskirish darajasi asosiy fondlar sifati, texnik harakteristikasi, texnalogik jarayon xususiyatlari, ishlash vaqti , ularga xizmat ko’rsatish, ishchilar malakasi kabi omillarga bog’liqdir.
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi tufayli asosiy fondlar o’zlarining texnik xususiyatlari va iqtisodiy samaradorligi bo’yicha qoloq bo’lib qoladilar.
Amortizatsiya normasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Фd - asosiy fondlarning dastlabki qiymati
Фa - asosiy fondlarning chiqarib tashlash qiymati,
Ta - asosiy fondlarning normativ ishlash muddati, yil
Asosiy i/ch fondlaridan foydalanish kursatkichlari
Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti mazkur uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo’yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali aniqlanadi.
Bu erda: txak – uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar; trej – uskunalarning normaga asosan foydalanish muddati, soatlar. Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta’mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib, amalda 5 soat sarflangan bo’lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffitsienti 0,71 (5(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini anglatadi.
fond qaytimi- asosiy fondlar birligiga (qiymati bo’yicha) to’g’ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi.
U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (B) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:
Mahsulotning fond sig’imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo’lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
-smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
-uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
-bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
-ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
-uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
-ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.
Korxona asosiy stexining ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bu erda:
M -stex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
n - tsex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat;
Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, soat.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu erda: Mo’r.yil – korxonaning o’rtacha yillik quvvati; Mn – korxonaning yil boshidagi quvvati; Mv – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati; Ml – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat; n1 , n2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling