Mavzu: Sanoat tarmoqlarda kichik biznesni rivojlantirish istiqbollar. Reja


Download 32.88 Kb.
bet1/2
Sana16.10.2023
Hajmi32.88 Kb.
#1705113
  1   2
Bog'liq
Sanoat korxonalarida KBXT


Mavzu: Sanoat tarmoqlarda kichik biznesni rivojlantirish istiqbollar
.
Reja:



  1. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

  2. Mamlakatda sanoat tarmoqlarini tizimli ravishda modernizasiya qilinish

  3. Kichik sanoat korxonalarida tarkibiy o`zgarishlar

Xulosa
Adabiyotlar ro`yxati
Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koʻplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.
Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga koʻmaklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga 200 milliard soʻm va 50 million dollar mablagʻ ajratildi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.
Bunday amaliy choralar oʻz natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik subyektlari soni 60 mingtaga ortgan.
Yigʻilishda ushbu koʻrsatkichlar islohotlarning dastlabki natijalari ekani taʼkidlanib, asosiy eʼtibor hanuzgacha uchrayotgan muammolarni hal etishga qaratildi.
Davlatimiz rahbari viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerakligini taʼkidladi.
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etish vazifasi qoʻyildi.
Baho berishda korxonalarning yashovchanlik koʻrsatkichi asosiy mezonlardan biri boʻlishi kerakligi belgilandi. Yaʼni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlimlari rahbarlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga oʻtgan haftadagi tashrifi doirasida Xovos tumanini "Tadbirkorlik hududi"ga aylantirish boʻyicha taklif etilgan tashabbusni amalga oshirish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu takliflar asosida tadbirkorlarga ularni amalga oshirish, kredit, yer va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda koʻmaklashiladi.
Videoselektorda sanoat sohasidagi kichik biznes subyektlari va yirik korxonalar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini keng yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmoqlari oʻrganilganda tadbirkorlik subyektlari va yirik sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiya deyarli yoʻqligi, oqibatda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani maʼlum boʻlgan. Achinarlisi, ayrim sanoat korxonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, xaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi.
Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga oʻnta yirik sanoat tarmogʻi, jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korxonalari bilan kichik biznes oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari oʻtkazish, mahsulot va xizmatlar oʻz egasini topishi uchun "Yagona elektron kooperatsiya birja portali"ni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda tadbirkorlik rivojiga toʻsiq boʻlayotgan yana bir muammo – loyihalarni joylashtirish uchun yer ajratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu tizim hanuzgacha ochiq-oshkora ishlamayotgani koʻrsatib oʻtildi. Misol uchun, 3 ming 500 gektar maydon "Yer-elektron" axborot tizimiga taqdim etilgan boʻlsa-da, shundan 1 ming 300 gektari yoki 37 foizi savdoga qoʻyilgan, xolos.
Shu bois, mutasaddilarga yer ajratish masalasini idoralar bilan kelishish, binoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarini tubdan soddalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Banklarning tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishini yaxshilash va ajratilayotgan kreditlar samaradorligini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Hozirda kredit olish istagidagi tadbirkorning murojaati 3 bosqichda, yaʼni tuman-viloyat-respublika darajasida koʻrib chiqiladi. Bankning markaziy idorasi rozilik bermasa, tadbirkor kredit ololmaydi. Oqibatda, bu jarayon ayrim hollarda oylab choʻzilib ketyapti.
Shu bois, banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pogʻonaga oʻtkazish, 70-100 nafar xodim ishlaydigan filiallar oʻrniga 10-15 nafar shtatdan iborat ixcham bank xizmatlari markazlarini koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Tadbirkorlarning kredit foiz stavkalariga oid fikrlari muhokama qilinar ekan, kreditlar boʻyicha kafolat berish va foizlarni qisman qoplash maqsadida tashkil qilingan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini kuchaytirish muhimligi aytildi.
Tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya toʻlash borasida tizimli yondashuv yoʻqligi tanqid qilindi.
Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda koʻp miqdorda kompensatsiya toʻlovlari kelib chiqmoqda.
Hokimliklar buziladigan binolarning oʻrnida yangi korxonalarni qurish boʻyicha investorlarni topib, kompensatsiya toʻlovini ularning hisobidan toʻlanishini taʼminlamayotgani sababli ushbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda.
– Barcha hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman – asosli zarurat boʻlmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yoʻl qoʻyilmasligi zarur va shart, – dedi davlatimiz rahbari.
Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-mulkni buzish va kompensatsiya toʻlash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda sud tizimining kichik biznes subyektlari murojaatlariga yondashuvi xususida ham soʻz bordi.
Maʼlumki, xorijiy tajribada 70 foiz nizolar sudgacha hal etiladi. Chunki ishlarni sudda koʻrib chiqish katta xarajat va koʻp vaqt talab etuvchi jarayon hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat idoralarida nizolarni sudgacha hal etish tuzilmalarini tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Adliya vazirligi, Oliy sud va Savdo-sanoat palatasiga muqobil hakamlik sudlari faoliyatini va mediatsiya institutini kengaytirish masalalarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish agentligi tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur agentlik koʻrsatilgan sohani yuksaltirish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul boʻladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi.
– Faqat katta korxonalar qurib, aholi bandligini va daromadini oshirish, byudjet tushumlarini koʻpaytirish masalalarini toʻliq hal eta olmaymiz. Turmush darajasini oshirishning eng muhim yoʻli tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev sanoatni rivojlantirish, neft-gaz mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molchilarga muntazam yetkazib berish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Joriy yilning 9 oyida ishlab chiqarish hajmi, prognoz parametrlarining bajarilishi bo‘yicha hisobot berdi. Qayd etilganidek, shu vaqt mobaynida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 234,7 trillion so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sgan. Buning 6,5 foizi iqtisodiyot “drayveri” – ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Xususan, avtomobilsozlikda katta o‘sish sur’atlari ta’minlangan. 2018 yilning mos davriga nisbatan yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 40 foiz, yuk mashinalari 33 foiz, avtobuslar 3,8 marta, avtomobil dvigatellari 45 foiz oshgan.
Boshqa tarmoqlar bo‘yicha olganda, trikotaj mato ishlab chiqarish 26 foizga, charm mahsulotlari 22 foizga, sement 18 foizga, kabel-o‘tkazgichlar 23 foizga, iste’mol tovarlari hajmi qariyb 16 foizga o‘sgan. 
Hududlar kesimida eng ilg‘or ko‘rsatkichlar Andijon, Namangan, Xorazm, Samarqand, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan. 
Davlatimiz rahbarining kichik biznes rivojiga e’tibori, bu borada qabul qilingan farmon va qarorlari natijasida yurtimizda tadbirkorlik muhiti tubdan yaxshilandi.
Buni joriy yil boshidan buyon jami 72 ming 400 ta, sanoat tarmoqlarida 16 mingga yaqin yangi kichik biznes korxonalari tashkil qilinganida ham ko‘rish mumkin. Jami kichik sanoat korxonalari soni 2018 yilning mos davriga nisbatan 25 foizga ko‘paygan. 
Tadbirkorlarning sanoatdagi ulushi ham sezilarli ortmoqda. Joriy yilning 9 oyida kichik biznes korxonalari tomonidan jami 81 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu jami sanoat ishlab chiqarishining 34,5 foizini tashkil qiladi.
Sanoat rivoji eksport hajmining 24 foizga ko‘payishini ta’minladi. Jumladan, yengil avtomobillar eksporti 3,3 marta, avtobuslar 2 barobar, yuk avtomashinalari 1,5 karra, transformator va akkumulyatorlar 2,7 marta, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari 2,2 baravar, poyabzal 2,1 karra oshgan. Tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari 25, trikotaj mato 31, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari 38, oziq-ovqat mahsulotlari 14, rangli metallar va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 45, qora metalldan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 54 foiz oshgan.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga sanoat tarmoqlaridagi holatni doimiy ravishda tahlil qilib borish, muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish, hududlarning sanoat salohiyatini yanada oshirishga turtki beradigan tizim yaratish yuzasidan topshiriq berildi. Bunda kichik va o‘rta biznes korxonalari bilan ishlashga alohida ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlandi. 
Yig‘ilishda neft-gaz tarmog‘idagi ishlar holati ham tahlil qilindi. So‘nggi yillardagi keng qamrovli institutsional islohotlar doirasida neft-gaz tarmog‘ida boshqaruv samaradorligini oshirish va tizimni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.
Bu borada, sohadagi ayrim muammolar, belgilangan loyihalarni amalga oshirishdagi kamchiliklar muhokama qilindi. Yil yakuni bo‘yicha ehtimoli bo‘lgan qoloqliklar o‘rnini to‘ldirish, shuningdek, 2020 yilda neft, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda taqsimlash prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 
Bunda uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va eksportga yoqilg‘ini uzluksiz yetkazib berish, texnologik sarf-xarajat va yo‘qotishlarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Energetika vazirligi va neft-gaz tarmog‘i korxonalari rahbarlariga neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yetkazib berish prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, jalb qilinayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish, neft-gaz mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish uchun qo‘shimcha zaxiralarni shakllantirish, quduqlar kesimida qazib chiqarish hajmlarini nazorat qilish va hisobini yuritish tizimini joriy etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklandi.
Respublika sanoat korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlarining jadallashishi natijasida 2017 yilning yanvar–sentabr oylarida 99 060,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi ta'minlanib, o‘sish sur'ati 2016 yilning tegishli davriga nisbatan 105,6 foizni tashkil etdi.
O‘z navbatida, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash natijasida mehnat unumdorligi o‘tgan yilning yanvar–sentabr oylariga nisbatan 3,9 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish indeksi esa 104,1 foizni tashkil qildi. 
Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida ko‘proq qayta ishlash sanoatiga to‘g‘ri kelib, uning ulushi 79,0 foizni tashkil etdi (2016 yilning yanvar–sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur'ati 105,1 foiz). Tog‘–kon sanoati va ochiq konlarni ishlash ulushi 11,7 foizni (o‘sish sur'ati 108,4 foiz), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash ulushi 8,6 foizni (o‘sish sur'ati 107,2 foiz), suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi 0,7 foizni (o‘sish sur'ati 109,9 foiz) tashkil qildi.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab–quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan chora–tadbirlarni amalga oshirilishi, kichik biznes tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2016 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,4 foizga oshishini ta'minladi. Agarda jami sanoatda kichik biznesning ulushi 41,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, qayta ishlash sanoatida uning ulushi 51,0 foizni tashkil etdi.
Tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturining amalga oshirilishi, respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining rivojlanishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi, mazkur dastur doirasida 2017 yilning yanvar–sentabr oylarida 5,8 trln. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, 350,9 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilindi va 2169 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishini rag‘batlantirish va turlarini kengaytirish natijasida iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 2016 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 105,0 foizga va jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushini esa o‘tgan yilning mos davridagi 39,8, foizdan 41,5 foizga o‘sishini ta'minladi.

Qisqa xulosalar
O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va maslahat tadbirkorligi kabi turiari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning yakka tartibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat yuritadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o'z ifodasini topadi. Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga ко'га ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turiari ko'p.Ularni xususiy firmalar; shirkatf irmalari; davlat korxonalari; aralash firmalarga ajratish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarishida kichik biznesning ulushi 14,2 %ni, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 120,0%ni, iste’mol tovarlarining jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 20,0 %ni tashkil etdi
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Olmaliq (46 514,9 ming so‘m), Ohangaron (18 474,7 ming so‘m) va Bekobod (16 386,6 ming so‘m) shaharlarida o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (7 132,1 ming so‘m) ancha yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1 426,1 ming so‘m bo‘lgani holda, Chirchiq shahrida 4999,5 ming so‘mni, Zangiota tumanida 4 289,7 ming so‘mni, Qibray tumanida 2 041,0 ming so‘mni, Ohangaron shahrida 1 818,3 ming so‘mni tashkil.
Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulush Parkent (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 99,2 %), Toshkent (72,1 %), Yuqori Chirchiq (56,9 %) va Quyi Chirchiq (53,2 %) tumanlarida hamda eng kichik ulush Olmaliq (1,7 %), Bekobod (1,7%), va Chirchiq (12,4 %) shaharlarida kuzatildi.
Viloyat bo‘yicha ushbu korxonalarning ishlab chiqarish hajmi eng ko‘proq Olmaliq (salmog‘i 38,7 %), Bekobod (12,9 %), Chirchiq (5,4 %) shaharlari, Zangiota (7,4 %) va Qibray (6,4 %) tumanlariga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi eng yuqori ko‘rsatkichi Bo‘ka (128,4 %), Chinoz(120,6 %) va Yangiyo‘l (108,9 %) tumanlarida aks etdi.
Adabiyotlar

Download 32.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling