Mavzu: Sanoat tarmoqlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar


Download 109.89 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi109.89 Kb.
#1492802
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SHEROBOD 3 4


Mavzu: Sanoat tarmoqlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar.
Topshiriq 1. Sanoat tarmoqlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarni guruhlab yozing
Topshiriq 2.Sanoat tarmoqlari odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ularga kiruvchi tarmoqlarni yozing:

  • Хom ashyo birligi bo‘yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari

  • Iste’mol birligi, ya’ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar:

  • Texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog‘i:

Topshiriq 3.
Xoxlagan sanoat tarmog‘ini tanlab uni hududiy joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilib yozing.

Javoblar


Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ko’pgina omillar ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy sharoit - jamiyatning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yaratilgan sharoitlar: aholi guruhlari va ularning ishlab chiqarish ko‘nikmalari, aholi punktlari, sanoat korxonalari, sanoat markazlari mavjudligi va joylashishi, hududlar va markazlarning rivojlanish darajasi va sanoat tuzilmasi, transport va transport tarmoqlari va boshqalar.
Iqtisodiy sharoit sanoat rivojiga va joylashishiga, ba’zan esa atrof-muhit sharoitlariga nisbatan ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy geografik o‘rin. Iqtisodiy-geografik o’rin odamlar (shaharlar, korxonalar, aloqa vositalari, transport yo‘llari va h.k.) mehnat faoliyati natijasida yuzaga kelgan va ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadigan va tabiiy obyektlarga nisbatan pozitsiyani tashkil etuvchi iqtisodiy obyektlar (yaqin va uzoq) munosabati. (xom ashyo va energiya resurslari, tabiiy qurilish materiallari, suv manbalari, tabiiy o‘simliklar, toza havo va hokazo).
Sanoat korhonalarini joylashtirishni rejalashtirishda sanoat va uning iqtisodiy samaradorligi, sanoat markazlari va tugunlarni rivojlantirishga ko‘pincha hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan hududlar va punktlarning iqtisodiy va geografik joylashuvini atroflicha hisobga olish va to‘g‘ri baholash zarur.
Iqtisodiy-geografik o‘rin va uning bahosi o‘zgarishsiz qolmaydi, lekin uning holati baholanadigan obyektning iqtisodiy rivojlanishi va unga nisbatan baholanadigan obyektlar natijasida o‘zgaradi. Sanoat va transport sohasida texnik baholash, xom ashyo va energiyani ishlatish uchun yangi imkoniyatlar yaratib berish, yangi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tovarlar va odamlar tashilishini tezlashtirish va kamaytirish iqtisodiy va geografik vaziyatni baholashga katta ta’sir ko‘rsatadi.

1 2 Sanoat geografisi asoschilaridan biri hisoblangan A.T.Xrushchyov ta’biri bilan aytganda: «Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’i bo’lib, o’z ichiga tabiiy resurslarni qazib olish va xom ashyolarni qayta ishlash jarayonlarini qamrab oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari qayta ishlash jarayonida yetakchi o’rin tutishi, mashinalar majmuiga egaligi, uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni mavjudligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinattsiyalashuv kabi ko’rinishlarining mavjudligi va joylashuviga ko’ra farq qiladi».
Shuningdek, sanoatning muhim xususiyatlaridan biri, qishloq xo’jaligi darajasida tabiiy omillarga bog’liq emasligidadir. Sanoat tarmoqlarida asosan qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan davriylik bilan bog’liqligi ham sezilarli emas. Faqat sanoatning qishloq xo’jalik mahsulotlarini birlamchi qayta ishlovchi tarmoqlarda baliq ovlash, yog’och kesish kabi sohalarida oz ko’rinishda bog’liqlik bor. Sanoatda inson texnologik jarayonlarga ta’sir ko’rsata olsa, bu holat qishloq xo’jaligida sanoatdagi kabi darajaga ko’zga tashlanmaydi. Bunday farqlarni moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan ham ko’rish mumkin. Albatta, bu tabiiy xol. Yaratilgan mahsulot muomilada bo’lsa, qurilish sohasida yaratilgan mahsulot esa o’zining qo’zg’almasligi bilan farqlanadi. Bunday holatlarni transport, aloqa, savdo kabi moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalarida xam ko’rish mumkin.
Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi, ishlab chiqarishni differentsiyallash va ixtisoslashtirish bilan bog’liq.
XVIII asr oxirlarida qishloq xo’jaligi va unga yondosh tarmoqlarning rivojlanishi asta sekin sanoatning paydo bulishiga olib qeldi. Yevropaning rivojlangan davlatlarida, ayniqsa, Angliyada shakllana boshlagan bu jarayon sanoat inqilobi nomini oldi va butun dunyoda yangi texnik davrni boshlab berdi.
Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
Sanoat rivojlanishida aholining qishloq xo’jaligida band bo’lgan qismlari asta –sekin sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadi.
Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
Sanoat korxonalari joylashgan xududlar asta-sekin korxonalar yiriklashuvi natijasida shaharlarga, vaqt o’tishi bilan sanoat rayonlariga aylana berdi.
Foydalanish, o’simlik va hayvonot resurslarini ishlatish, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi. Ishlab chiqariladigan maxsuloti ishlatadigan xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi kabi belgilariga ko’ra sanoat tarmoqlari bir necha guruxlarga ajratiladi. Bu birinchi o’rinda undiruvchi sanoat tarmoqlari va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari. Undiruvchi sanoatga tog’-kon sanoatining barcha yunalishlari, GESlar, o’rmon, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari ovlash kabilar kiradi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga tog’ –kon va o’rmon, yogochsozlik tarmoqlaridan boshqa barchasini o’z ichiga oladi. SHuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan ham sanoat tarmoqlari guruhlashtiriladi.


Download 109.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling