Mavzu: Saylov huquqi erkinligi-fuqorolikjamiyatining sharti…
Download 28.67 Kb.
|
Mavzu Saylov huquqi erkinligi-fuqorolikjamiyatining sharti…
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylov huquqi – fuqarolarning siyosiy huquqlari sifatida.
Mavzu:Saylov huquqi erkinligi-fuqorolikjamiyatining sharti… Reja. 1.Erkin saylov-fuqorolik jamiyatining sosiy belgisidir 2.O’zbekiston qonunchiligida xalqaro saylov standartlariga asoslanishi. 3.Erkin saylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalarining o’rni. 4.O’zbekistonda “Saylov kodeksi”
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir ( Konstitutsiyaning 117-moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali davlarning eng muhim siyosiy masalalarini muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar ( Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov huquqi- fuqaroning saylovdagi ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish kabi sub’ektiv huquqini ta’riflab berish uchun ishlatiladi. Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir biridan farq qilish kerak. Aktiv saylov huquqi fuqaroni saylash, vakillik organlarini saylashga bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi- saylanish huquqidir. Professor A. Saidov ta’kidlashicha “Saylov huquqi” tushunchasi va ifodasi ikki ma’noda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu saylov huquqi saylab qo’yiladigan davlat organlarini shakllantirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir. Saylov huquqlarini manbalari Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik organlariga saylovlar qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning saylab qo’yiladigan organlarini tuzishda qatnashish, ya’ni unga o’zlarining saylanish (passiv saylov huquqi) va ularning tartibini saylash (faol saylov huquqi) huquqlaridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o’n yil O’zbekiston hududida muhim yashagan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekistonning 25 yoshga to’lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiga yoki Senati a’zolariga saylanishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kunigacha 21 yoshga to’lgan O’zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. Davlar organlari o’zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning ba’zi organlari saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga o’tkaziladigan saylovlar demokratik asosda o’tkaziladi. O’zbekistonda ildiz otib borayotgan demokratiya jahonda tan olingan demokratik an’analarni o’zida mujassamlashtiradi. Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va boshqa cheklashlarni bilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlarini saylash va tuzish tartibi ularning qaysinisining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, “ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi, “ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi va “ O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunlar tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Download 28.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling