Mavzu: Saylov huquqi erkinligi-fuqorolikjamiyatining sharti…


Fuqarolar saylov huquqlarining asosiy kafolati


Download 28.67 Kb.
bet4/4
Sana28.10.2021
Hajmi28.67 Kb.
#169407
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Saylov huquqi erkinligi-fuqorolikjamiyatining sharti…

Fuqarolar saylov huquqlarining asosiy kafolati.

O’zbekiston Respublikadi Konstitutsiyasi – siyosiy islohatlarimizning, shu jumladan, saylov qonunchiligi tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Yurtboshimiz ta’biri bilanaytganda, har qanday davlatning konstitutsiyasi unda yashovchi xalqalarning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Ma’lumki, demokratiyaning universal talablari hamma joyda bir xil bo’lib, uning umumiy tamoyillari demokratiyaning ajralmas qismi bo’lgan xalq hokimiyati, xalqaning xohish-irodasi va ochiq, erkin saylovlar hisoblanadi.

Bu- porovard natijada har qanday demokratiyaning eng yuqori pog’onasi bo’lgan fuqarolik jamiyatidir. Saylov huquqi har bir davlatda uning tarixiy an’analari, siyosiy tizim xarakteri, elekrat xulqi vaboshqalar bilan bog’liq bo’lgan o’z xususiyatlariga ega. Shu bilan bir qatorda, demokratik davlatlarda saylov huquqi xalqaro-huquqiy hujjatlarda ifodalangan va umume’tirof etilgan prinsiplarga asoslanadi. Ular qatoriga saylov huquqining umumiyligi va tengligi, yashirin ovoz berish va boshqalar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi saylov huquqining asoslarini belgilab beradi. Chunonchi, demokratik davlatlarda umume’tirof etilgan qoidalar asosida shakllangan hamda amalda bo’lgan saylovo’tkazishning demokratik prinsiplarini Kontitutsiya bilan saylovqonunchiligida mustahkamlab qo’yilishi fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqlarining amalga oshirishga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, demokratik-huquqiy saylov qonunchiligi va uni amaliyotga tatbiq etish mamalakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohatlarning uzviy tarkibiy qismiga aylandi. Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy, davlat va huquqiy tizimlar izchil, bosqishma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida eng yuqori demokratik talablarga javob beradigan saylov tizimi barpo etildi.

Saylovlarning umume’tirof etilgan xalqaro normalar va prinsiplarga javob beradigan samarali qonunchilik, normativ-huquqiy bazasi shakllandi. Markaziy saylov komissiyasi boshchiligida davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishni ta’minlovchi saylov komissiyalarining yaxlit mustaqil tizimi tashkil topdi. Fuqarolar, siyosiy partiyalarnng saylov jarayonlarida erkin, faol ishtirok etishi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan tashkiliy-huquqiy, moddiy- texnik sharoitlar, ularning saylov huquqlari to’liq amalga oshiriladining mustahkam kafolatlari yaratildi.



Mamlakatimizda o’tkazilayotgan saylovlar jarayonlari xalqaro huquqning tan olingan norma va tamoyillarida to’liq mosligini ta’minlashga erishildi. Shuni alohida qayd etish joizki, Asosiy Qonunimizning ko’plab boshqa mamlakatlar konstitutsiyalaridan farqli o’laroq o’ziga xos xususiyatini ko’rsatuvchi asosiy jihatlardan biri, bu unda saylov tizimiga bag’ishlangan maxsus bob ajratilganligidir. Xususan, Konstitutsiyaning XXIII bobi “Saylov tizimi”deb nomlangan. Uning 117-moddasida shaxsning ovoz berishi, o’z xohish-irodasini bildirishi tenglik va erkinlik asosida amalga oshirilishi qonun bilan kafolatlanishi belgilab qo’yildi.

Shu bilan birga Asosiy Qonunimizning 77,90,117-moddalarida umumiy saylov huquqi va to’g’ridan –to’g’ri saylov huquqi, ovoz berish huquqining tengligi, ovoz berish huquqining erkinligi, har bir saylovchining bir ovozga egaligi, yashirin ovoz berish huquqi kabi prinsiplar mustahkamlab qo’yilgan.Konstitutsiyada belgilangangan normalar saylovga oid alohida qonunlar qabul qilish bilan to’la mazmunga ega bo’lmoqda. Ta’kidlash joizki, saylov tizimiga konstitusiyaviy yondashuv saylov huquqning asosiy prinsiplarini ta’minlaydi va alohida qabul qilingan qonunlarga asos bo’lib xizmat qiladi. O’tgan yillarda “Fuqarolar saylov to’g’risida”gi, “O’zbekiston respublikasining referendumi to’g’risida”gi , “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi, “ O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilingani ana shu konstitutsiyaviy normalar ro’yobida ulkan ahamiyat kasb etdi.
Download 28.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling