Mavzu: Sensor tizimini rivojlanishining xususiyatlari. Reja: Sensor tizimini rivojlanish xususiyatlari


Download 5.36 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi5.36 Kb.
#1771860
Bog'liq
Mavzu Sensor tizimini rivojlanishining xususiyatlari. Reja Sen-fayllar.org


Mavzu: Sensor tizimini rivojlanishining xususiyatlari. Reja: Sensor tizimini rivojlanish xususiyatlari Sensor tizimi faoliyati

Mavzu: Sensor tizimini rivojlanishining xususiyatlari.
Reja:
1.Sensor tizimini rivojlanish xususiyatlari
2.Sensor tizimi faoliyati
Barcha tirik organizmlar ovqat topish va o'z turining boshqa jinsiga mansub vakilini topish, turli xavf-xatarlardan qochish, fazoda chamalash (oriyentir) va uning muhim xossalarini baxolash uchun, atrof-muhit to'g'risida axborot olishga muhtojdir. Aynan shunday imkoniyatni sensor tizimlar (analizatorlar) ta’minlaydilar. Sensor tizim (lotincha sensus — sezish) deganda, asab yo'llari orqali retseptor apparatlari va o'zaro bir-biri bilan bog'langan, MAT ning ma’lum bir tuzilmalarining yig'indisi tushuniladi. Uning vazifasi bir xil fizik tabiatga ega bo'lgan ta’sirlarni tahlil qilib, tashqi signalni kodlash bilan tugallashdan iborat. Sensor tizimi fiziologiyasida obyektiv va subyektiv aspektlar muammosi mavjud. Biz, odam va hayvonlar sezgi a’zolarining birontasini faoliyatini (masalan qon aylanish tizimini o'rganish kabi) kuzatishimiz va tahlil qilishimiz mumkin. Bunday yo'l bi­lan biz obyektiv sensor fiziologiyani o'rganamiz. Biz bunda to'xtamasdan, ilgarilab borishimiz mumkin va tashqi hodisalar, sezgi a’zolari yordami orqali, hosil qiladigan o'z his-tuyg'ularimizni ilmiy tahlil qilishimiz mumkin. Bunday paytda, boshqa odamlar xabar qiladigan analogik tajribani ham asos qilib olishimiz mum­kin. Bu holda, biz, subyektiv sensor fiziologiyasi sohasiga kirib kelamiz. Subyektiv sensor fiziologiya sezish va idrok qilish faoliyati, ya’ni inson ruhiyati (psixika) bilan shug'ullanadi. Obyektiv sensor fiziologiya retseptor potensiallar, bosh miya sensor markazlaridagi impulslar chastotasi va hokazolar bilan shug'ullanadi, ularning barchasi material fenomendir, ya’ni fizikaviy va kimyoviy tushunchalar yordamida ularni yoritish mumkin.Eshituv tizimi - insonlardagi eng muhim distant sensor tizimlardan biri bo'lib, insonlarda nutqning paydo bo'lishi va shaxslarning o'zaro munosabatida muhim ahamiyat kasb etadi. Akustik signallar havoni har xil chastota va kuchda tebratib, ikkala quloqning chig'anog'ida joylashgan eshituv retseptorlarini qo'zg'atadi.
Tashqi va о’rta quloqni bir -biridan 0,1 mm qalinlikdagi nog’ora pardasi ajratib turadi. Unga о’rta quloqdagi suyakchalar (bolg’acha, sandon, uzangi) birlashgan bо’lib, ular tovushga mos ravishda tebranma harakat qiladi va hosil bо’lgan tо’lqinlarni kuchaytirgan holda ichki quloqqa о’tkazadi. Burun-tomoq bilan eshitish yoki yevstaxiyev nayi (3,5 sm uzunlikka, 2 mm kenglikka ega) orqali bog'langan. Kishi yutinganida, esnaganida, chaynash harakatlarini qilganida bu nay orqali havo о’rta quloqqa о’tib, u yerdagi bosim tashqi quloqdagi bosim bilan tenglashadi. Ichki quloq suyakli va uning ichidagi pardali labirintlardan iborat, ularning orasida perilimfa, pardali labirint ichida esa endolimfa suyuqliklari bо’ladi. Ushbu suyuqliklar tovush ta‘sirida nog’ora pardasi tebranishlarini о’rta quloqdagi suyakchalar tebranma harakatiga ko'ra qabul qiladi va ularni nerv impulslariga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Suyakli labirint uchta, ya‘ni daxliz, chig'anoq va yarim doira kanallardan tashkil topgan. Chig'anoq ichida tovush qabul qiluvchi retseptor - spiralli kortiyev a‘zo joylashgan. Kortiyev a‘zoda tovush qabul qiladigan ichki (3500) va tashqi (1200) tukli hujayralar bо’ladi. Ushbu hujayralardan eshitish nervi boshlanadi. Eshitish analizatori uchun adekvat qitiqlagich bu tovush tо’lqinlaridir. Turli tovushlar ma‘lum chastotada (1 sek davomida tо’lqin soni gers (Gs) birligida) va kuchda (tebranish tо’lqinlarining amplitudasiga ko'ra detsibillarda, db) bir-biridan farqlanadi. Odam eshita oladigan eng baland tovush 20.000 Gs ga, eng past tovush esa 12-24 Gs ga teng. Shundan yuqori tovushlar quloqda og'riq paydo qiladi (masalan, reaktiv motorli samolyot tovushi), pasti umuman eshitilmaydi. I.P.Pavlovning analizatorlar haqidagi funksional jihatdan o'zaro bog'langan 3 elementdan:
1.Analizatorlarning periferik qismi, ya'ni retseptordan;
2.O'tkazuvchi qismdan;
3.Miyadagi yoki markaziy qism, yani bosh miya po'stlog'ining tegishli sohasidan iborat bo'lgan yagona sistemani tushuniladi.
Shu yagona sistemadagi har bir qismning roli quyidagilardan iborat. Periferik qism, yani retseptorlar muayyan turdagi ta'sirotni sezishga moslashgan. O'tkazuvchi qism qo'zg'alishni pereferiyadan markaziy nerv sistemaga o'tkazib bosh miya po'stlog'iga olib boradi. Analizatorlarning miyadagi yoki miya po'stlog'idagi qismi ayniqsa yadrosi analizatorlarning oliy bo'limidir. Qo'zg'alish huddi shu yerga keladi. Analizatorlarni miya po'stlog'idagi qismida nozik sintez jarayonlari ro'y beradi. Shu murakkab jarayonlarning natijasida organizm o'zi yashaydigan sharoit bilan mukammal muvozatlashadi. Teri retseptorlarini 4 xilga bo'lish mumkin: og'riq, issiq-sovuq, tegish va bosim retseptorlari. Shu retseptorlardan har biri teridagi maxsus retseptorlarning tuzilishi va teriga joylashishiga ko'ra bir-biridan farqlanadi.
http://fayllar.org
Download 5.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling