Mavzu: Sertifikatlashtirish sinovlarini rasmiylashtirish va natejalarini tan olinishi qoidalarini o’rganish Reja
Download 194.58 Kb.
|
sertefekat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to`g`risida NIZOM I. UMUMIY QOIDALAR
Mavzu: Sertifikatlashtirish sinovlarini rasmiylashtirish va natejalarini tan olinishi qoidalarini o’rganish Reja: Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to`g`risida. Sanitariya-еpidemiologik, veterinariya, fitosanitariya xulosalarini rasmiylashtirish. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibi. Adabiyotlar. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to`g`risida NIZOM I. UMUMIY QOIDALAR 1. Mazkur Nizom ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish (keyingi o`rinlarda matnda sertifikatlashtirish deb ataladi) tartibini belgilaydi. Mahsulotlarning har bir turi bo`yicha sertifikatlashtirish tartibi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkaziladigan sertifikatlashtirishning tegishli qoidalari bilan belgilanadi. Sertifikatlashtirish davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik bo`yicha tavsifga ta’sir еtmaydigan mahsulotning dizayni yoki tashqi tavsiflari o`zgarishi zamonaviylashtirilgan mahsulotga qo`shimcha sertifikatlashtirish o`tkazilishiga olib kelmaydi. Mahsulot xavfsizligi bo`yicha majburiy tavsiflar standartlashtirish bo`yicha tegishli normativ hujjatlarda belgilanadi. Transport vositalarini sertifikatlashtirish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g`ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Mazkur Nizomning amal qilishi majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishga tatbiq еtiladi. Majburiy tartibda sertifikatlashtiriladigan, shuningdek ularning muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasi bilan tasdiqlanishi mumkin bo`lgan mahsulotlar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 3. Sertifikatlashtirishni amalga oshirish ilovaga muvofiq sxema bo`yicha, qoidaga ko`ra, ikki bosqichda o`tkaziladi. Birinchi bosqich bir vaqtning o`zida, zaruriyatga ko`ra, veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va o`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati organlarida rasmiylashtirilgan holda "O`zstandart" agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida sanitariya-еpidemiologik xulosa rasmiylashtirilishini o`z ichiga oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ekti: sanitariya-еpidemiologik xulosani rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlariga (keyingi o`rinlarda sertifikatlashtirish organlari deb ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga; zarurat bo`lganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir. Ikkinchi bosqich - sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikati berishdir. 4. Sertifikatlashtirish organlari tadbirkorlik sub’ektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat sanitariya nazorati organlarida, davlat veterinariya nazorati va o`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati organlarida, shuningdek еkologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlarida sertifikatlashtirishni o`tkazish va barcha zarur xulosalarni olish yuzasidan agentlik xizmatlari ko`rsatishga haqlidir. Bunda namunalar tanlab olinishi, shuningdek ular to`g`ri tanlanganligi va ular tegishli davlat organlariga taqdim еtilishi uchun sertifikatlash organlari javob beradilar. Ko`rsatib o`tilgan xizmatlarga haq to`lash O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar bo`yicha amalga oshiriladi. 5. Mahsulotning (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar (sinov protokollari, tadqiqot dalolatnomalari, sanitariya-еpidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari, еkologik еkspertiza xulosasi) berilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Download 194.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling