Mavzu: Sertifikatlashtirish sinovlarini rasmiylashtirish va natejalarini tan olinishi qoidalarini o’rganish Reja
Download 194.58 Kb.
|
sertefekat
VI. YAKUNIY QOIDALAR
35. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti SXEMASI
Izohlar: 1. Ariza beruvchi zarur hollarda sanitariya-еpidemiologik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi. Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda laboratoriya sinovlari o`tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va ob’ektni tekshiradi. 1a. Chorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo`natadi. 1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad еtishga sabab bo`lgan aniq qonun hujjatlari normalarini ko`rsatgan holda yozma javob yuboradi. Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolyatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga еga. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar to`xtatib turiladi. 1v. O`simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) o`simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo`natadi. 1g. O`simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi. 2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga sanitariya-еpidemiologik xulosa beradi. 3,4. Ariza beruvchi o`z xohishiga ko`ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun "GS1 Uzbekistan" ga murojaat qilishi mumkin. 5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo`yicha akkreditatsiya qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim еtadi. (Ariza sanitariya-еpidemiologik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin). 6. Sertifikatlash bo`yicha akkreditatsiya qilingan organ 3 ish kunidan ortiq bo`lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini ko`rsatgan holda yozma rad javobini beradi. Adabiyotlar "O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2004 yil, 27-son, 315-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 315-modda;2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 37-38-son, 378-modda; 2007-y., 21-son, 214-modda, 24-son, 250-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda, 33-son, 315-modda; 2008-y., 52-son, 521-modda; 2009-y., 24-son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Мувофиқликни баҳолаш органларини аккредитациядан ўтказиш тартиби тўғрисида Низом (ЎзР ВМ 24.04.2019 й. 349-сон қарорига 1-илова) Товарларнинг келиб чиқишини сертификатлашни ўтказиш тартиби тўғрисидаги Низом (АВ томонидан 13.08.2010 й. 2131-сон билан рўйхатга олинган 19.07.2010 й. Ташқи иқтисодий алоқалар, инвестициялар ва савдо вазирлиги ЭГ-01 /10-4014-сон, Молия вазирлиги 60-сон, Давлат божхона қўмитасининг 01-02/8-10 сон қарори билан тасдиқланган) Download 194.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling