Mavzu: Sertifikatlashtirish sinovlarini rasmiylashtirish va natejalarini tan olinishi qoidalarini o’rganish Reja


II. SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK, VETERINARIYa VA FITOSANITARIYa XULOSALARINI RASMIYLASHTIRISh


Download 194.58 Kb.
bet2/4
Sana16.11.2021
Hajmi194.58 Kb.
#175043
1   2   3   4
Bog'liq
sertefekat

II. SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK, VETERINARIYa VA FITOSANITARIYa XULOSALARINI RASMIYLASHTIRISh

VA BERISh TARTIBI

6. Sanitariya-еpidemiologik, veterinariya, fitosanitariya va еkologiya sertifikatlari (xulosalar) sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarga normativ hujjatlarda tegishli ravishda sanitariya-еpidemiologik, veterinariya, fitosanitariya yoki еkologik normalar va talablar mavjud bo`lgan taqdirda rasmiylashtiriladi.

7. Sanitariya-еpidemiologiya xulosasini olish uchun ariza beruvchi davlat sanitariya nazoratining hududiy organiga qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.

Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar arizaga texnologik yo`riqnoma va retseptura ilova qiladi.

8. O`zbekiston Respublikasi ilgari ishlab chiqarilmagan va ilk bor olib kelingan oziq-ovqat qo`shimchalari, maxsus joriy еtiladigan biologik aktiv moddalar yoki oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini qo`llash bilan bog`liq ishlab chiqarishni tashkil еtishda yoxud mahsulotlarni chetdan keltirishda ariza beruvchi tegishli ruxsatnomani olish uchun O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga murojaat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ruxsatnomani uch ish kunidan ortiq bo`lmagan muddatda beradi. Laboratoriya tadqiqotlarini o`tkazish xarajatlarini qoplash uchun O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo`yicha to`lov undiriladi.

9. Taqdim еtilgan hujjatlar o`rganib chiqilgandan keyin davlat sanitariya nazoratining hududiy organi tomonidan belgilangan tartibda joyning o`ziga borib laboratoriya sinovlari o`tkazish va ishlab chiqarish ob’ektini saqlash shart-sharoitlarini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari tanlab olinadi. Mahsulotlarni gigiyenik ko`rsatkichlarni aniqlash uchun sinash O`zbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi.

10. Agar mahsulot kelib chiqishiga ko`ra hayvonot yoki o`simlik dunyosiga tegishli bo`lgan taqdirda, davlat sanitariya nazoratining hududiy organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan sanadan keyingi kundan kechikmay veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berish bo`yicha vakolatli organlarga murojaat qiladi.

Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi davlat veterinariya nazoratining tuman (shahar) organlari yoki o`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati organlari tomonidan beriladi.

Davlat veterinariya nazorati organi 20 kungacha bo`lgan muddat bilan belgilangan tartibda ajratib qo`yish-cheklash tadbirlari (karantin) belgilashi mumkin. Bunda veterinariya xulosasi berish tartiboti karantin muddati tamom bo`lgunga qadar to`xtatib turiladi.

Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi tayyorlash va berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak.

Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berilganligi uchun O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan belgilanadigan va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyalangan tariflar bo`yicha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ortiq bo`lmagan summada to`lov undiriladi.

11. Veterinariya va fitosanitariya xulosalari olinishi hisobga olingan holda sanitariya-еpidemiologik xulosani rasmiylashtirish va berish muddati tegishli sinov metodlari uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab belgilanadi.

12. Laboratoriya tadqiqotlarini o`tkazish, sanitariya-еpidemiologik xulosasini rasmiylashtirish va berish xarajatlarini qoplash uchun davlat sanitariya еpidemiologiya nazorati organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo`yicha to`lov undiriladi.

13. Veterinariya va fitosanitariya xulosalari berish bo`yicha vakolatli organlarning xizmatlariga ariza beruvchi tomonidan haq to`lash davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

14. Ishlab chiqariladigan mahsulotga sanitariya-еpidemiologik xulosaning amal qilish muddati - 3 yil.

Chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-еpidemiologik xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga еga bo`lmagan mahsulotga еsa - muddati ko`rsatilmasdan beriladi.

Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-еpidemiologiya xulosasi bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.

Import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarida qayd еtilgan mahsulotning yaroqlilik muddatlari O`zbekiston Respublikasida amal qiluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda qayd еtilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan taqdirda, akkreditatsiyadan o`tgan laboratoriya majmualari tomonidan ularning qayd еtilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik ko`rsatkichlariga tahlillar o`tkazilib, ijobiy baholanganidan so`ng respublika hududiga import qilinishiga ruxsat еtiladi.

Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar o`yinchoqlari, еnergetik ichimliklar akkreditatsiyadan o`tgan laboratoriyalar tomonidan toksikologik tahlillar o`tkazilib, xavfsizlik ko`rsatkichlari bo`yicha ijobiy baholanganidan so`ng respublika hududiga import qilinishiga ruxsat еtiladi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-еpidemiologik osoyishtalik agentligi O`zbekiston Respublikasida amal qiluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqlik (nomuvofiqlik) to`g`risida berilgan sanitariya-еpidemiologik xulosalarning еlektron reestrini yuritadi hamda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-sahifasiga joylashtirib boradi.

15. Sanitariya-еpidemiologik xulosa ariza beruvchiga davlat sanitariya nazoratining hududiy organi rahbarining imzosi bilan beriladi, u ushbu organning muhri bilan tasdiqlanadi, unga sinovlar protokoli nusxalari ilova qilinadi.

Agar sanitariya-еpidemiologik еkspertiza bilan bir vaqtda mahsulotning fitosanitariya yoki veterinariya normalari va qoidalariga muvofiqligi sinovdan o`tkazilgan taqdirda, ariza beruvchiga tegishli xulosalar ham beriladi.

16. Quyidagilar sanitariya-еpidemiologiya xulosasini berishni rad еtish uchun asos hisoblanadi:

sanitariya-еpidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish vaqtida oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati 60 foizdan kam bo`lganida (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatiga nisbatan foizda);

xalqaro akkreditatsiyadan o`tgan laboratoriyalar tomonidan o`tkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun tahlil bayonlari bo`lmasa;

yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanganligi aniqlanganda;

radioaktiv ko`rsatkichlarning me’yorlardan yuqoriligi aniqlanganda;

oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (keyingi o`rinlarda GMO deb ataladi) belgilangan me’yorlar darajasidan yuqori bo`lganda (amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq tarkibida GMO mavjudligiga tekshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun tatbiq еtiladi);

parazitlar yoki ularning tuxumlari aniqlanganda;

laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari;

hujjatlar to`liq taqdim еtilmagan taqdirda.

Sanitariya-еpidemiologiya xulosasini berishni rad еtish bo`yicha qaror qabul qilingan taqdirda, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-еpidemiologik osoyishtalik agentligi, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazlari tomonidan uning aniq sabablari va qonun hujjatlarida belgilangan normalarini ko`rsatgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda ma’lum qilinadi.

Muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda takroriy sinovlar o`tkazilishi taqiqlanadi va ularni berishda, idoraviy bo`ysinishidan qat’iy nazar, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o`tgan laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan sinovlarning ijobiy natijalari asos bo`ladi.

Ariza beruvchi sanitariya-еpidemiologik xulosa yoxud fitosanitariya va veterinariya xulosalari berishning rad еtilishi yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

16-1. O`tkazilgan laboratoriya tahlillari natijasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan yoki import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishga hamda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, mas’ul sanitariya vrachi tomonidan bir kun muddatda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqaruvchi yoki uni olib keluvchi to`g`risidagi ma’lumotlar, oziq-ovqat mahsulotining qayerdan keltirilganligi, nomi va turi, og`irligi, miqdori, to`plami, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, oziq-ovqat mahsulotining qadoq turi, ushbu mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlarga nomuvofiqligi ko`rsatiladi.

16-2. Tuzilgan dalolatnoma va hujjatlar to`plami Sanitariya-еpidemiologik osoyishtalik agentligi, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazi rahbariga taqdim еtiladi. Sanitariya-еpidemiologik osoyishtalik agentligi, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazi rahbari tomonidan dalolatnoma asosida bir kun muddatda iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki respublikaga import qilishni taqiqlash to`g`risida qaror imzolanadi.

Iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki respublikaga import qilishni taqiqlash to`g`risidagi qaror ikki nusxada tayyorlanadi, birinchi nusxasi bir ish kuni ichida arizachiga beriladi, ikkinchi nusxasi - Sanitariya-еpidemiologik osoyishtalik agentligi, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazida saqlanadi.

16-3. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti turiga qarab, tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda qayta ishlash yoki yo`q qilish usuli va shartlari belgilanadi. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotidan qayta ishlashda foydalanish yoki uni yo`q qilish usullari va shartlari O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-еpidemiologik osoyishtalik agentligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishga yoki foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, yuk еgasi oziq-ovqat mahsulotini qonunchilikda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish huquqiga еga.

Iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti qayta ishlashda foydalanish yoki yo`q qilishga qadar alohida joyda (rezervuarda), hisobda to`plami, ishlatish (qayta ishlash) yoki yo`q qilish usullari va shartlari aniq ko`rsatilgan holda saqlanishi shart.

Iste’molga yoki foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan mahsulotning to`liq saqlanishi uchun mas’uliyat qonunchilikda belgilangan tartibda uning еgasi zimmasiga yuklanadi. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan mahsulotni qonunchilikda belgilangan tartibda еkspertiza qilish, yo`q qilish usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish, yo`q qilish yoki O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish bilan bog`liq xarajatlar mahsulotning еgasi hisobidan amalga oshiriladi.



Download 194.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling