Mavzu: Sertifikatlashtirish sxemalarini qo‘llanilishi. Reja: Kirish
Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi va vazifalari
Download 38.11 Kb.
|
Sertifikatlashtirish sxemalarini qo‘llanilishi.
Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi va vazifalari.
Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi, mahsulot yoki xizmat turning inson salomatligi va hayoti uchun xavfsizligini ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish, Mahsulotlarning o’zaro almashinuvi va o’rindoshligini ta’minlash, mahsulot va xizmat turlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda xaridor yoki iste’molchining talab va istaklarini himoya qilishdan iborat. O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy muassasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagicha: - Respublika sertifikatlashtirish jarayonini mukammallashtirish va undan foydalanish bo’yicha umumiy yo’nalishini ishlab chiqish; - Tegishli davlat sertifikatlashtirish organlarini qonun ishlab chiqaruvchi va uni bajaruvchi hokimiyat organlari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi; - Sertifikatlashtirish masalalarida chet el va xalqaro tashkilotlarning muxtor organlari bilan o’zaro kelishuv asosida faoliyat ko’rsatishi zaruriy hollarda O’zbekiston respublikasi ushbu tashkilotlar ishida qatnashishini ta’minlash; - Sertifikatlashtirishning hamma uchun yagona bo’lgan qoida va jarayonlarini o’rganishi; - Sertifikatlashtirishning natijalariga ko’ra, tegishli hujjatlarning qayd etilishi jarayonlarini kuzatish; - Respublika va chet ellik xaridorlarni tigishli axborotlar bilan ta’minlash; Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar turlarini sertifikatlashtirish bo’yicha barcha savollar O’zbekiston Respublikasining «Mahsulot va xizmat» turlarini sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonunida hamda ushbu qonunga nos keluvchi respublikamizning boshqa qonuniy aktlari asosida ko’rib chiqiladi. Qoraqalpog’istonda esa bu masala ushbu Respublika qonunlari asosida ko’rib chiqiladi.Sertifikatlashtirishdagi asosiyatamalar va tushunchalar sertifikatlashtirish milliy tizimida quyidagi rasman qabul qilingan asosiy atamalar qo’llaniladi: mofiq, uchinchi tomon, muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni tasdiqlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish, sertifikatlashtirish tizimi, sertifikatlashtirish tartibi, sertifikatlashtirish idorasi, majburiy sertifikatlashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish, nazorat qiluvchi idora, sertifikatlashtirish guvohnomasi, guvohnoma da’vogari, muvofiqlik sertifikati, guvohnoma egasi, muvofiqlik belgisi, sifat sertifikati, sertifikatlashtirish tizimi, laboratoriyaniakkireditlash idorasi, laboratoriyalarni akreditlash mezoni, akkireditlangan laboratoriya, laboratoriyani qayta attestatsiyalash, ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish, sifat tizimlarini sertifikatlashtirish, eksport – auditor, tan olish kelishuvi, bir tomonlama kelishuv, ikki tomonlama kelishuv, ko’p tomonlama kelishuv va boshqalar. Bu atamalar xalqaro tashkilotlar (ISO – MEK - 2) tomonidan qabul qilingan atama va ta’riflar shuningdek GOST 16504 – 81, 1886 – 73 va O’z RTS 5.0.-92 larga mos keladi.Ana shu atamalarni ayrimlarini ko’rib chiqamiz: Mofiq – mahsulot, jarayon yoki xizmat belgilangan barcha talablarga rioya qilish; Muvofiqlikni sertifikatlashtirish – belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy xizmatga mos kelishini yetarli darajada ekanligini tasdiqlash; Sertifikatlashtirish muvofiqlikni sertifikatlashtirish faoliyati tizimini o’tkazish uchun o’z ish tartibi va boshqa qonun va qoidalarga ega bo’lgan tizim. Laboratoriyani akkreditlash – sinov laboratoriyasining ma’lum sinovlar yoki amalgam oshirish huquqlarini rasmiy jihatdan tan olish. Ekspert – auditor – sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs ekspert – auditor faqat nazorat qilibgina qolmay balki maslahatlar ham beradi. Guvohnoma egasi sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tegishli guvohnoma berilgan shaxs yoki idora. Sifat sertifikati – yetkazib berilayotgan molga ilova qilinadigan va uning sifatini tasdiqlaydigan hujjat. O’zbekiston Respublikasi Standartlashtirish Davlat tizimi standartlashtirish ishlarini olib boradigan, bu ishlarni tartibini belgilovchi asosiy standartdir. Bu standartlashtirishning asosiy vazifasi va maqsadi, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi, qonun qoidalari, me’yoriy hujjatlari, standartlar turlari, xalqaro hamkorlik bo’yicha asosiy qoidalar, standartlar va texnikaviy shartlarning qo’llanilishi hamda standartlar va o’lchov, vositalariga tashkilot, davlat nazoratini belgilaydi. Standartlashtirish davlat tizimining standartlar qoidalari barcha davlat, jamoa, aktsionerlik, qo’shma korxonalar, tashkilotlar, konsertlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar tomonidan, ularning idoraviy mansubligi va mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasi Vazirliklari va Davlat boshqaruvining boshqa idoralari, mahalliy o’z – o’zini boshqarish tashkilotlari, fuqarolar tomonidan butun respublika hududida qo’llanilishi shart. Hozirda yagona standartlashtirish sistemasi mavjud bo’lib, u O’zRST 1.0 – 92 bilan belgilanadi va quyidagi me’yoriy hujjatlarga havola qilinadi: O’zRST 1.1. « O’zbekiston Respublikasining Standartlashtirish Davlat tizimi. Respublika Standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi».O’zRST 1.2. «O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelib olish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi». O’zRST 1.3. «O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish Davlat tizimi.Korxona standartlarini ishlab chiqish, kesishib olish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish». O’zRST 1.4. «O’zbekiston Respublikasining Standartlashtirish Davlat tizimi.Standartlar va texnikaviy shartlar bilan ta’minlash tarkibi». O’zRST 1.5. «O’zbekiston Respublikasining Standartlashtirish Davlat tizimi.Standartlar va texnikaviy shartlarni tekshirish, qayta ko’rib chiqish, o’zgartirishlar kiritish va bekor qilish tartibi». O’zRST 1.7. «O’zbekiston Respublikasining Standartlashtirish Davlat tizimi.Me’yoriy hujjatlarda xalqaro standartlarni bevosita qo’llash tartibi». Gost 15. SDT (Standartlashtirish Davlat tizimi) Standartlarning tuzilishi, bayon etilishi, rasmiylashtirilishi va mazmuniga ko’ra umumiy talablar. Gost 2.114 KXT (konstruktorlik hujjatlarining umumiy tizimi) texnikaviy shartlar, tuzilishi, ifodalanishi va rasmiylashtirish qoidalari. Download 38.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling