Mavzu: Sertifikatlashtirish sxemalarini qo‘llanilishi. Reja: Kirish
Download 38.11 Kb.
|
Sertifikatlashtirish sxemalarini qo‘llanilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotni himoya qilish
- O’zaro almashinuvchanlik
- Davlat nazorati
Uyg’unlashtirilgan standartlar – mahsulot, jarayon va xizmatlarning o’zaro almashuvchanligini va taqdimot etilgan axborotni yoki sinash natijalarini o’zaro tan olishni ta’minlaydigan, standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi turli idoralar bilan birgalikda qabul qilingan va bir xil ob’yektlarga tegishli bo’lgan standartlar. Aynan o’xshash ham mazmunan uyg’unlashgan standartlar:
1. Standartlar belgilari bir xil bo’lishi mumkin. 2. Bunday standartlar turli tillarga aynan tarjima qilinadi. Mahsulotni himoya qilish – mahsulotdan foydalanish, transportda tashish, yoki saqlash chog’ida uni iqlim yoki boshqa noqulay sharoitlar ta’sir qilishidan saqlash.Moslashuvchanlik – mahsulotlar, jarayonlar yoki xizmatlarning o’zaro nomaqul ta’sir ko’rsatmaydigan tarzda birgalikda, topshiriqdagi sharoitlarda belgilangan talabalarni bajarish uchun foydalanishga yaroqliligi.O’zaro almashinuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir xil jarayon, xizmatdan foydalanish o’rniga boshqa bir jarayon, xizmatning yaroqliligidir.O’zaro almashinuvchanlikning funksional jihati «Funksional o’zaro almashinuvchanlik» deyiladi. Bu turdagi mahsulotlar turkumi deb, mahsulotning funksional yo’naltirilganligi, qo’llanish sohasi, konstruktiv – texnologik yechimi va asosiy sifat ko’rsatkichlarining nomlarini bildiradigan eng katta darajadagi yig’indisiga aytiladi.Davlat nazorati – korxonalar, mansabdor shaxslar va fuqarolarni standartlarning majburiy talablariga hamda mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar sifatiga, shuningdek, sertifikatlashtirilgan mahsulotga nisbatan texnikaviy shartlarga rioya etilishini nazorat qilish bo’yicha vakolatga ega bo’lgan davlat idorasining faoliyatidir. XULOSA Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida oziq – ovqat Mahsulotlarining sifati va uni nazorat qilish tug’risida bilimlarga ega bo’lish davr talabi bo’lib qolmoqda maktab o’quvchilariga me’hnat ta’limi darslarida pazandachilik bo’yicha asosiy bilimlarni o’rgatishda oziq – ovqat mahsulotlarining sifati va uni nazorat qilish bo’yicha ham asosiy tushunchalarni o’rgatish katta ahamyatga ega bo’lib qolmoqda.Oziq – ovqat Mahsulotlarining sifatini nazorat qilish uchun maxsus xalqaro standartlashtirish tizimi, O’zbekistonda standartlashtirish davlat tizimi mavjud bo’lib, ular o’zining asosiy qonun – qoidalariga ega ekan.Oziq – ovqat Mahsulotlarining sifatini tekshirgandan keyin ularni iste’molga sotish uchun ruxsat beradigan maxsus sertifikatlashtirish organlari tomonidan sertifikatlar berilishi shart ekan.Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi mahsulotlar yoki xizmat turining inson salomatligi va hayoti uchun xavfsizligini ta’minlash, atrof – muhitni muhofaza qilish, xalqaro savdoda texnik qarshiliklarni olib tashlash, mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda xaridor yoki iste’molchining talab va istaklarini himoya qilishdan iborat ekan.Amalyot shuni ko’rsatmoqdaki, oziq – ovqat Mahsulotlarining sifatini tekshirishda ularning ayrim fizik – kimyoviy xususiyatlari tajribalarda o’lchanishi, olingan natijalar esa o’lchovning yagonaligini ta’minlash uchun xizmat qiladigan o’lchov birliklarda (etalonlar yordamida) ifodalanishi kerak. Download 38.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling