Mavzu. Sertifikatlashtirishning qoida va tartiblari. Sertifikatlashtirish sxemalari


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1262123
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu



9-MAVZU. SERTIFIKATLASHTIRISHNING QOIDA VA TARTIBLARI. 
SERTIFIKATLASHTIRISH SXEMALARI 
Mashgʻulotning maqsadi: Sertifikatlashtirish, uning maqsadi va vazifalari, 
amalga oshirish tartib-qoidalari, sertifikatlashtirish sxemalari bilan tanishish. 
Nazariy ma’lumotlar 
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan 
o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab 
olgan har qanday tekshiruvdir.
Sertifikatlashtirish – bu uchinchi tomon tarafidan bajariladigan ishlar ketma-
ketligi bo‘lib, bunda mahsulot, jarayon yoki xizmatning qo‘yilgan talablarga 
muvofiqligi yozma ravishda tasdiqlanadi. 
Sertifikatlashtirishni tayyorlash, o‘tkazish va muvofiqlik sertifikatlarini berish 
tartibi O‘z RH 51 - 062 da aniqlangan. 
O‘z DSt 51 - 95 tomonidan muvofiqlik milliy belgisi kiritilgan. 
Mahsulotlarni, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish 
ishlarini akareditlangan muvofiq idoralar amalga oshiradi. Akkreditlangan idorani 
bo‘lmagani taqdirda uni sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idora hal qiladi. 
Sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) 
amalga oshiradi. 
Sertifikatlashtirish, akkreditlash va tekshirishni o‘tkazish bo‘yicha 
xarajatlarni so‘rovchilar to‘laydilar. Haq to‘lash O‘z RH 51-032-94 da o‘rnatilgan 
tartib bo‘yicha shartnoma orqali amalga oshiriladi. Sertifikat-lashtirish, akkreditlash 
va tekshirish natijalari bo‘yicha appelyatsiyalarni ko‘rib chiqishni O‘zRH-026-94 ga 
muvofiq sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tuzilgan komissiya amalga oshiradi. 
Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari: 
- odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki 
hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat 
etib borish;
- mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
- mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro 
miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda 
ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
- iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsiz-ligidan 
himoya qilish;
- mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat 
ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun umumiy qoidalar o‘rnatiladi. Bunday 
qoidalar majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishni tashkillashtirish va o‘tkazishda 


qo‘llaniladi. Bu qoidalar mamlakatimizda va xorijda tayyor-langan barcha 
sertifikatlashtirish obyektlariga nisbatan tadbiq etiladi [1]. 
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibida sertifikatlashtirish amallarining 
majmuini tashkil etuvchi harakatlarning navbati o‘rnatiladi. Bu tartib va bir turli 
mahsulotni sertifikatlashtirish tarzi sertifikatlashtirish bo‘yicha idoraning 
hujjatlarida uni akkreditlashda o‘rnatiladi. Idorada sertifikat-lashtiriladigan 
mahsulotga me’yoriy hujjatlar va sinash usullari, shuningdek sinashlarni o‘tkazish 
uchun laboratoriyalar mavjud bo‘ladi [1]. 
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotni 
sertifikatlashtirish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 
a) sertifikatlashtirish idorasiga sertifikatlashtirish to‘g‘risida so‘rovnoma 
berish va uni ko‘rib chiqish; 
b) sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulotga oid me’yoriy hujjatni va 
so‘rovnomaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish
v) so‘rovnoma bo‘yicha qaror qabul qilish; 
g) sinovlar dasturini tayyorlash va tasdiqlash (6 va 9-sxemalardan tashqari); 
d) namunalarni identifikatlash (aynan o‘xshashligini aniqlash), tanlab olish va 
laboratoriyaga olib kelish (6 va 9-sxemalardan boshqa); 
e) namunalarni akkreditlangan sinov laboratoriyasida sinashni bajarish (6 va 
9-sxemalardan boshqa); 
j) mahsulotni ishlab chiqarish holatini tekshirish (sertifikat-lashtirishning 3, 4 
va 5-sxemalari uchun); 
z) sifat tizimini baholash (5 va 6-sxemalari uchun); 
i) mahsulotning muvofiqligi to‘g‘risida deklaratsiya yozish (9-sxema); 
k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni 
berishdan voz kechish; 
m) muvofiqlik sertifikatini O‘zbekiston Respublikasi sertifikat-lashtirish 
milliy tizimi Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish. 
Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulot me’yoriy hujjatida gigienik, 
veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‘lgan-da 
sertifikatlashtirish idorasi gigienik va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya 
tekshiruvini o‘tkazish va ekologik sertifikatlashtirish zarurligini aniqlaydi. Mazkur 
amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkazilishi mumkin va 
so‘rovchiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlar 
berilishi bilan tugallanishi lozim. 
Sertifikatlashtirish idorasi tadbirkorlik sub’ektlarining yozma arizasiga 
muvofiq, sertifikatlashtirishni o‘tkazishda davlat sanitariya nazorati idora-laridan
davlat veterinariya nazorati idoralaridan va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat 
idoralaridan, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat idoralaridan barcha zarur 


xulosalarni olishga oid agentlik xizmatlarini ko‘rsatishga haqlidir. Bunda 
namunalarni tog‘ri ajratib olish va ularni tegishli davlat idoralariga berish vazifasi, 
shuningdek mas’ullik sertifikatlashtirish idorasiga yuklatiladi. 
Chetdan kelitiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar 
taqdim etilishi lozim: 
- ishlab chiqariladigan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (amalda bor 
bo‘lgan taqdirda); 
- mahsulot yorlig‘i namunasi yoki mahsulot to‘g‘risida ma’lumot; 
- tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi. Bu nusxaga mahsulotning 
O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi 
qo‘yilgan bo‘lishi shart; 
- amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining 
laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalari yozilgan gigienik sertifikat va 
me’yoriy hujjatda belgilangan boshqa talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar nusxasi 
(veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik sertifikat). 
Sertifikatlashtirish protsedurasiga xorijiy yoki xalqaro idoralar bergan 
muvofiqlik sertifikatlarini tan olish, shuningdek berilgan appelyatsiyalarni ko‘rib 
chiqish, sertifikatlashtirishga so‘rovnomani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish, 
mahsulotga me’yoriy hujjatni tahlil qilish, sinovlar dasturini ishlab chiqish, 
namunalarni identifikatlash va ajratib olish, sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish, 
ishlab chiqarish holatini baholash, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish ham 
kiradi [1]. 
Sertifikatlashtirish bo‘yicha faoliyatni xalqaro talablarga mos keltirish 
munosabati bilan “Muvofiqlikni tasdiqlash” tushunchasi kiritilgan. Bu tushunchaga 
mahsulotni sertifikatlashtirish va ishlab chiqaruvchi tomonidan muvofiqlikni 
deklaratsiyalash faoliyati kiradi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
№318-sonli qarori (06.07.2004 yil) ga muvofiq).
2013 yil 4 oktabrda “Muvofiqlikni baholash” to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni qabul qilindi. Bu qonunning maqsadi muvofiqlikni baholash 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mahsulotlarni certifikatlashtirish tartiboti sxemasi quyidaga 96-rasmda 
keltirilgan. 



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling