Mavzu. Sertifikatlashtirishning qoida va tartiblari. Sertifikatlashtirish sxemalari


-rasm. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1262123
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu

 
96-rasm. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasi. 
96-rasmga izohlar: 
1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigiyenik xulosa olish uchun hududiy 
sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi. 
Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan 
holda laboratoriya sinovlari o‘tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va 
obyektni tekshiradi. 
1a. Chorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza 
beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) 
veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi. 


1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati 
organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo‘lgan aniq 
qonun hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda yozma javob yuboradi. 
Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolatsiyalash-cheklash (karantin) 
choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosa-sini berish tartiboti 
karantin muddati tugagunga qadar to‘xtatib turiladi. 
1v. O‘simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan 
hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) o‘simliklar 
karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi. 
1g. O‘simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda 
fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi. 
2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya 
xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza 
beruvchiga gigiyenik xulosa beradi. 
3,4. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan 
mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun "GS1 
Uzbekistan" ga murojaat qilishi mumkin. 
5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo‘yicha 
akkreditatsiya qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim 
etadi. (Ariza gigiyenik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi 
mumkin). 
6. Sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organ 15 ish kunidan ortiq 
bo‘lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini 
ko‘rsatgan holda yozma rad javobini beradi. 
Sertifikatlashtirish tartibotining umumiy muddati 10 kundan 30 kungachani 
tashkil etadi. 
Sertifikatlashtirish tizim o‘zining sertifikatlashtirish idorasiga ega bo‘lib, bu 
idora sertifikatlashtirish jarayonidagi barcha tashkiliy va rahbariy vazifalarini 
amalga oshiradi. Sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish jarayonida ishtirok 
etuvchi sifatida uchinchi tomonning hamma ishlarini bajarishi lozim.
Sertifikatlashtirish idorasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat [3]: 
– tizim doirasida sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish; 
– attestatlash va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun sinov 
laboratoriyasi tarkibidagi ishonchli vakillarining ro‘yxatini tuzish va boshqarish; 
– korxona – tayyorlovchilarning mahsulot sifatini ta’minlovchi tizimini 
baholash; 
– sertifikatlashtirish tizimlariga korxonalarni ruxsat etish qarorini qabul 
qilish; 


 – muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan mahsulotni 
belgilash (tamg‘alash) huquqiga ega bo‘lgan holda litsenzion shartnoma tuzish; 
– sertifikatlashtiriluvchi mahsulotning ro‘yxatini boshqarish; 
– sertifikatlashtirilgan mahsulotning sifati haqidagi da’volashuvini ko‘rish. 
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda sertifikatlashtirish idorasi vazifasini 
mamlakatda obro‘si baland bo‘lgan va tan olinuvchi xususiy tashkilotlar, jumladan 
Fransiyada, Buyuk Britaniyada, Amerika Qo‘shma Shtatlarida yirik sug‘urta 
kompaniyalari o‘z zimmasiga olishlari mumkin. Bu holda ularning milliy 
akkreditlash tizimlarida akkreditatsiyadan o‘tishlari maqsadga muvofiq. 
Sertifikatlashtirish ishlarini bajaruvchi va tizimning ajralmas qismi - bu 
uchinchi tomondir, uchinchi tomon sifatida esa asosan akkreditlangan sinov 
laboratoriyalari xizmat qiladi. Ularning vazifalari sinovlar o‘tkazish, bayonno-
malarni rasmiylashtirish va sinov natijalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling